O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


«McDonald’s» xalqaro restoranlar zanjiri (AQSH)


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 
«McDonald’s» xalqaro restoranlar zanjiri (AQSH) 
 
Kompaniya 1940 - yilda Dik va Mak Makdonaldlar 
tomonidan tashkil etilgan. «McDonald’s» dunyoda tez xizmat 
ko‘rsatish va har kuni 47 mln mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
119 ta mamlakatda 36000 dan ziyod shaxobchalariga ega 
bo‘lgan mashhur kompaniya xisoblanadi. «McDonald’s» 
dunyoda restoranlarining umumiy soni bo‘yicha «Subway» 
 
restoranlaridan so‘ng 2 - o‘rinda turadi. «McDonald’s» nomini eshitganimizda 
hayolimizda birinchi navbatda tez tayyorlanuvchi taomlar va tez xizmat 
gavdalanadi. Restoran taomnomasida gamburger, sendvich, qovurilgan kartoshka, 
dessert, salqin ichimliklar va pivolar o‘rin olgan. Lekin ba’zi bir mamlakatlarda 
spirtli ichimliklar sotilmaydi (Masalan, Rossiya). Kompaniyada faoliyat yurituvchi 
xodimlarning soni 2017 - yilda 2 mln. kishiga yetgan. 
8
http// www.«Subway».com


65 
 
 
 
 
3 - rasm. «McDonald’s» restorani 
taomlari 
 
 
 
 
4 - rasm.AQShda joylashgan 
«McDonald’s» restorani 
 
«Darden» xalqaro restoranlar zanjiri (AQSH) 
 
«Darden» restoranlari transmilliy kompaniyasi 
restoranlarning multibrendi xisoblanadi. Transmilliy 
kompaniyasi bir nechta restoranlar tizimidan iborat. 
Ularning asosiylari qatorida Olive Garden, Long 
Horn Steakhouse va Red Lobster restoranlari 
 
kiradi. Uning dunyoda 2107 ta restorani bo‘lib, unda 200 ming ishchi xodim 
ishlaydi. «Darden» restoranlari dunyoda mashhur bo‘lishi uchun ilk qadamni 
Uilyam Darden tashladi. U Florida shtatining Lakeland shahrida 1968 - yilda Red 
Lobster deb nomlanuvchi restoranni ochgan. Kompaniya 1985 - yilga kelib, 400 ta 
joyda restoran zanjirini tuza oldi.
Bu restoranlar dengiz mahsulotlaridan taom tayyorlovchi restoran nomi 
bilan mashhur bo‘lgan. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling