O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Xalqaro restoranlar zanjiri bu - turli joylarda joylashgan, bitta umumiy
korporativ mulk shakliga yoki franshiz shartnomasiga asoslangan restoranlar majmuasi xisoblanadi. Odatda restoranlar zanjiridagi binolar standart me’moriy yechim, standart taomnoma va xizmatlarga ega bo‘ladi. Odatda restoranlar zanjiri bir mamlakatda yoki ikki va undan ortiq mamlakatlarda joylashgan bo‘ladi. Bunday restoranlarning boshqa restoranlardan farqi shundaki, ularning hammasida bir logotip, bir xil taomlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ham bir turdagi, yagona boshqaruv tizimiga birlashtirilgan bo‘ladi. Bularning barchasi restoran menejmenti puxta o‘ylab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki restoran nomi ham mijozni o‘ziga jalb qiluvchi asosiy omillardan biridir. Bundan tashqari turist o‘zining mamlakatida mashhur brend asosida faoliyat yuritadigan restoran mijozi bo‘lsa, tashrif buyurgan mamlakatida ham 60 o‘sha brenddagi restoranni ko‘rsa, hech shubhasiz, anashu restoran xizmatidan foydalanadi. Bundan tashqari hozirgi kunda rivojlanib, soni kundan-kunga ko‘payib borayotgan restoranlarning ko‘pchiligi tez tayyor bo‘luvchi taomlarni ishlab chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, XXI asr odamlari, yoshlar qimmat restoran taomlaridan tez tayyor bo‘luvchi «Fast Food» larni ma’qul ko‘rishmoqda. Bunday omillar xalqaro restoranlar zanjirining tarkibini ko‘paytirmoqda, ularning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Oxirgi 20 yilda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va ko‘lami sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubhasiz AQSH liderlik qilmoqda deyish mumkin. Uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengayib bormoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va Amerika fuqarolari, shuningdek, AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan hamda o‘qiydigan juda ko‘p xorij fuqarolari bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot xisoblangan gamburger va pitsa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog‘ini sandvichlar tashkil qiladi. «New research» kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‘ra sendvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: «McDonald’s» restoranlarida beriladigan gamburgerlar, fransuzcha sendvichlar, «Subway»da beriladigan sandvichlar, «Taco Bell»da beriladigan «teks-meks» va boshqalar. Turistlarni taom bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Taom bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, vaucherda ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga «shved stoli» shaklida beriladi. Bu o‘z - o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binoan amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda, bufetda, restoranda yoki nomerga buyurtma berish orqali amalga oshiriladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. 61 Ovqatlantirishning «yarim pansion» shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechki ovqat belgilangan vaqtda beriladi. «To‘liq pansion»da esa ovqatlantirish 3 - 4 marta amalga oshiriladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinizm va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlantirish shakli (mustaqil) maxsus yarim tayyor mahsulot va konsentrantlardan mustaqil taom tayyorlashga asoslanadi. 5 - jadval Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling