O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Rahbarlar tashkilot resurslarini tasarruf qiladilar va ulardan foydalanish 
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladilar. Rahbarlarga turistik korxona direktori, 
restoran direktori, mehmonxona bosh menejeri, institut rektori, jamoa uyushmasi 
raisi va shu kabilar kiradi. 
Mutaxassislar ma’muriy hokimiyatga ega bo‘lmaydilar, lekin muayyan 
sohada ekspert xisoblanib, rahbarlarga qarorlar qabul qilishda yordam beradi. 
Bunday mutaxassislarga turoperator, bosh oshpaz, maslahatchi - shifokor, o‘quv 
kafedrasining mudiri va shunga o‘xshash xodimlar kiradi. 
Ijrochilar (bajaruvchilar) rahbarlar qabul qilgan qarorlarni hayotga tatbiq 
etadilar, korxona va tashkilot rejalarini bevosita amalga oshiradilar. Ijrochilar 
jumlasiga restoran ofitsiantlari, mehmonxonadagi xona bekalari, davolovchi 
shifokorlar, universitet professorlari va shunga o‘xshash kasb egalarini kiritish 
mumkin.
Tashkiliy tuzilishning muhim tarafi korxona va tashkilotning yuqori bo‘g‘ini 
bilan quyi bo‘g‘ini o‘rtasidagi masofaning katta - kichikligi va pog‘onaviyligidir. 
Rahbar bilan oddiy ijrochi o‘rtasidagi masofa qanchalik katta bo‘lsa (darajalar 
soni) tashkilotdagi pog‘onaviylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ovqatlantirish korxonalari tomonidan restoranlarni boshqarish jarayoni 
ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy mablag‘larni muvofiq ravishda moslashtirishni 
ta’minlashga qaratilgan. 
Restoran va ovqatlantirish korxonalarida bir maromda mahsulotlar 
tayyorlash, xizmatning oliy darajada bo‘lishi faqat restoranning texnik holatiga
binoning shinamligiga va zallarning texnologik jihozlanishiga bog‘liq bo‘libgina 
qolmay, balki rahbarlarning ishchanlik qobiliyatiga ham bog‘liqdir. 
Quyidagilarni bajarish ovqatlantirish korxonalarini boshqarishga kiradi: 

ovqatlantirish korxonasi va uning filiallari ustidan umumiy rahbarlik; 


78 

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni texnologik va texnik 
jihatdan tayyorlash; 

texnik - iqtisod bo‘yicha rejalashtirish; 

xisob va moliya faoliyati; 

texnik va ishlab chiqarish ta’minoti.
Boshqarishning eng muhim qismi bu - mehnatni tashkil qilish bo‘lib, unga 
xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish kiradi. Restoranlar 
boshqaruvining tuzilmasi tegishli vazifalarni bajaruvchi, bir - biriga itoat qiluvchi 
tomonlar birlashmasidir (1 - rasm). 
Bir qancha xodimlardan iborat turli guruhlar boshqaruv organi tomonidan 
boshqariladi va ularning bajaradigan asosiy vazifasi bu - iste’molchilar ehtiyojini 
qondirishdan iboratdir. Bu guruhga alohida xodim rahbarlik qiladi. U ishonib 
topshirilgan sohani (restoran, uning filiallari, bo‘limlar va h.k.) boshqaradi. 
Restoran jamoasini ma’muriyat boshqarib turadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling