O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 - Mavzu : RESTORANLAR VA OVQATLANTIRISH KORXONALARINING TASHKILIY BOSHQARUV TUZILMASI
- Mehnat resursi
Muammoni yechish yo‘llari: 1. Avval muammoni yaxshilab o‘rganib tahlil qiling. 2. Muammoning hal qilish yo‘llarini topishda har xil usullardan foydalaning. 3. Ushbu muammoning yechimini topishda biron restoran misolida ko‘rib chiqing. 75 4 - Mavzu: RESTORANLAR VA OVQATLANTIRISH KORXONALARINING TASHKILIY BOSHQARUV TUZILMASI Reja: 1. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi 2. Korxonalar faoliyatini tashkil etishda boshqaruv funksiyalarining o‘rni 3. Korxonalarda boshqaruv usullaridan foydalanish 1. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining tashkiliy boshqaruv tuzilmasi Jamiyatda mehnat qiladigan insonlar butun hayoti davomida korxonalar yoki tashkilotlarda o‘z hissalarini qo‘shib keladi. Korxona yoki tashkilotlar esa xizmat ko‘rsatadi, mahsulot ishlab chiqaradi, kishilik jamiyati ular iste’mol qilib yoki ulardan foydalanib, hayot kechiradi hamda rivojlanadi. Ular jamiyatdagi hayot tartibini belgilab beradi va bu tartibga qanday rioya etilayotganini nazorat qiladi. Korxonalar o‘z - o‘zidan paydo bo‘lmaydi, ularni insonlar o‘zlarining muayyan maqsadlarga erishish uchun vosita sifatida vujudga keltiradilar. Korxona yoki tashkilot rivojlanib borgan sari maqsad va vazifalari murakkablashib o‘zgarib boradi. Korxona va tashkilotga avvalo 3 ta omil ta’sir ko‘rsatadi: mijozlar (iste’molchilar yoki bozor); mulk egalari (korxona va tashkilotga mablag‘ qo‘shgan insonlar); xodimlar. Ba’zan bu omillarga to‘rtinchisi - rahbarlarni ham kiritadilar. Ular bir tomondan mulk egalarining vakillari bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, boshqa xodimlar singari yollangan xodimlar xisoblanishadi. 76 Mamlakatimiz va xorij olimlarining fikrlarini tahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: Xodimlar 9 - o‘zi yig‘ma ma’noga ega, malakaviy xususiyatlar bo‘yicha birlashgan korxona, tashkilot yoki muassasalarning shaxsiy tarkibini anglatadi. Kadrlar - korxona, tashkilot, muassasa yoki malakali guruhlarning asosiy tayyorlangan ishchilar tarkibini tashkil qiladi. Demak, har ikki tushunchani ham ekvivalent deb, «Inson resurslari» yoki «mehnat resurslari» ma’nosini yuqoridagi tushunchalardan ko‘ra kengroq ma’noda yoritish mumkin bo‘ladi. Mehnat resursi - mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining (ayollar 16 - 55 yoshda, erkaklar 16 - 60 yoshda) sonida o‘z ifodasini topadi. Bu yoshdagi nogironlik va boshqa sabablar bilan ishlamaydiganlar mehnat resursiga kirmaydi. Demak, mehnat resursi aholining ma’lum chegaralangan yoshdagi ishga layoqatli faol qismi tushuniladi. Tashkiliy maqsadlarga erishish korxona va tashkilot xodimlari bo‘lgan insonlarning birgalikda ishlashini nazarda tutadi. Har bir korxona va tashkilot, u xoh mas’uliyati cheklangan va bor - yo‘g‘i besh kishi ishlaydigan shirkat bo‘lsin, xoh yuzlab xodimlari bor universitet, zavod bo‘lsin, mazkur o‘zaro harakatni muvofiqlashtirishga, muayyan ichki tartib o‘rnatilgan bo‘lishiga ehtiyoj sezadi. Mazkur tartib tashkiliy tuzilish va tashkiliy madaniyat shaklida namoyon bo‘ladi. Tashkiliy tuzilish tashkilot xodimlari bajaradigan vazifalar o‘rtasidagi nisbatni (o‘zaro bo‘ysunishni) belgilab beradi. Tashkiliy tuzilish mehnat taqsimoti, ixtisoslashgan bo‘linmalar tashkil etilishi, lavozimlar pog‘onasi (iyerarxiyasi), tashkilot ichidagi tadbirlar shakllarida namoyon bo‘ladi va samarali tashkil etishning zarur jihati xisoblanadi. Chunki unga ichki barqarorlik bag‘ishlaydi va resurslardan foydalanishda muayyan tartibga erishish imkonini beradi. Tashkiliy tuzilish bu - an’anaviy ravishda mehnat taqsimotiga asoslangan tamoyil. Ayrim tashkilotlar vazifalarning funksional bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlanishi tamoyili bo‘yicha tuzilgan. Bunda har bir bo‘lim faoliyatning biron 9 Amriddinova R.S., Ibadullayev N.E., Aliyeva M.T., Abduhamidov S.A. Mehmonxonalarda xodimlar faoliyatini boshqarish. –T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti.2018 77 yo‘nalishiga - ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, moliya, xarid qilish va xodimlarga javobgardir. Bunday tashkil etish funksional tashkil etish deyiladi. Bajariladigan vazifalari nuqtai nazaridan korxona va tashkilot xodimlari an’anaviy ravishda rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarga bo‘linadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling