74
5. Go‘shtdan tayyorlangan issiq taomni iste’mol qilishda ishlatiladigan
oshxona anjomlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
A) Ovqatlanish jarayonida pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi chap qo‘lda
ushlanadi.
B) O‘ng qo‘lda sanchqi ushlanadi.
C) Chap qo‘lda pichoq ushlanadi.
D) Hech qanday oshxona anjomisiz yeyiladi.
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriqlar:
1- topshiriq: Ma’ruza mashg‘ulotida o‘tilgan «Dunyoning
mashhur
restoran zanjirlari» rejasi bo‘yicha o‘z iste’molchilarga ega bo‘lgan mashhur
zanjirli restoranlar haqida ma’lumotlar to‘plang va taqdimotini tayyorlang.
2 - amaliy topshiriq: Tasavvur qiling Siz ofitsiantsiz!
Siz faoliyat yuritayotgan restoranga tug‘ilgan kun
banketini o‘tkazish uchun buyurtma qabul qilinib, hammasi
ko‘ngildagidek tashkil qilingan. Lekin banket egalari va
mehmonlar aytilgan vaqtdan 1 soat kech kelishdi.
Buyurilgan taomlar mehmonlar
kech kelganligi sababli
boshqa mijozlarga sotilgan. Mijoz aynan shu taomni
buyurtma
qilmoqda, biroq buyurilgan taomni tayyorlashga
ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bu esa tushunmovchiliklarga sabab
bo‘lmoqda. Restoran ofitsianti
sifatida Siz bu muammoni
qanday bartaraf etasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: