O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Tashkiliy - ma’muriy usul boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu 
usullarga: 

boshqarish jihozining muayyan strukturasini tuzish; 

har bir boshqaruv bug‘inining funksiyalarini belgilash; 

kadrlarni to‘g‘ri tanlash; 

buyruqlar, farmoyishlar va qarorlar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat 
qilish; 

topshiriqlar va ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘lim va xodimlarga 
nisbatan choralar ko‘rish. 
Tashkiliy - ma’muriy usul yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning 
buysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ular ko‘pincha ma’muriy usullar deb 
yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy 
bo‘lgan tartib - qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek, buysunuvchi organlarga 
farmoyishlar beradi. Tashkiliy usullar shu yo‘l bilan boshqarish tizimida ichki 
aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi.
Tashkiliy - ma’muriy usul boshqaruv organlarining o‘zaro aloqada ishlashini
boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, bajaruvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir 
ko‘rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. 
O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’muriy boshqaruv bozorga xos bo‘lgan tartibga solish 
harakatiga to‘sqinlik qiladi. Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning 
ma’muriy usullari o‘z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo‘lganda ulardan 
foydalaniladi.
Ma’muriy usullardan: 
 iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish; 
 atrof - muhitni muhofaza qilish; 
 xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish mahsulotlarini 
chiqarib tashlashni ta’qiqlash; 
 odamlar sog‘ligiga zararli mahsulotlar reklamasini ta’qiqlash kabi 
sohalarda. 
Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usuli ikki shaklda: 


87 

tashkiliy ta’sir ko‘rsatish usullari; 

farmoyish berish usullari. 
Tashkiliy - ma’muriy usulning bu ikkala shakli birgalikda qo‘llaniladi, bir - 
birini to‘ldiradi va rivojlantiradi. Har ikkala shaklning uyg‘unlashuvi ishlab chiqarish 
sharoitlarini xisobga olgan holda optimal bo‘lishi kerak. 
Boshqarishning tashkiliy – ma’muriy usulida qo‘llaniladigan bo‘yruq berish, 
nazorat qilish, jazolash usullari ko‘p hollarda tanqid qilinadi. Lekin keyingi vaqtlarda 
ma’lum bo‘ldiki, jamoada tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi intizom, javobgarlikni 
sezish aynan shu usulni qo‘llashda namoyon bo‘ldi. Bu usulda boshqaruvning ketma 
– ketligi yoki bir – biri orqali boshqaruvchilik xususiyatlari yo‘q qilindi.
Ma’muriyat o‘z bo‘yrug‘i yoki ko‘rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir 
me’yorda ishlashini taminlaydi. Lekin bu usulning kamchiligi shundan iboratki
tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o‘z xizmat vazifalarini
vakolatlarini suistemol qilishi mumkin. 
Shuning uchun ham tashkiliy – mamuriy boshqaruv usulini qo‘llaganda 
rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va burchlari ma’muriyat hamda jamoa 
o‘rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling