O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Boshqaruvning avtoritar stili. Avtoritar stiliga boshqaruvchi idorani o‘z 
qo‘liga olishi va hamma narsa haqida faqat unga yetkazishlarini so‘rash xususiyatlari 
mosdir. Bunday menejer ishchilariga tashabbus ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘ymay, yakka 
o‘zi qaror qabul qiladi. U juda qat’iy va ba’zida odamlar bilan tezdir, har doim 
qandaydir buyruqlar beradi va hech qachon hech narsa so‘ramaydi. 
Boshqaruvning demokratik stili. Demokratik stilni qo‘llovchi menejer har 
doim ko‘proq masalalarni jamoa bilan hal qilishga, xodimlarni ish holatlari bilan 
tanishish va tajribaga to‘g‘ri munosabat bildirishi lozim. U xodimlar bilan 
xushmuomola va muloyimdir. Bunday boshqaruvchi menejer talabchan biroq 
adolatlidir. 
Boshqaruvning liberal stili. Liberal boshqaruv stilida menejer deyarli 
xodimlar faoliyatiga qo‘shilmaydi va u o‘z xodimlariga individual va jamoa 
faoliyatida butunlay erkinlik hamda mustaqillik beradi. Bunday boshqaruvchi 
menejer o‘z xodimlari bilan muloyim munosabatda bo‘ladi. Agar biron qaror uning 
mashhurligiga xavf solayotgan bo‘lsa, hattoki oldin qabul qilgan qarorini ham bekor 
qilishi mumkin. Uning o‘rnini nasihat va iltimoslar tashkil qiladi. Bu kabi menejerlar 
munozaralardan qo‘rqadi va faqat o‘z xodimlari bilan maslahat asosida ish ko‘radi. 
3. Korxonalarda boshqaruv usullaridan
foydalanish 
 
Boshqaruv usullari bu - xodimlarga va korxona tarkibidagi jamoalarga ta’sir 
ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida 
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda 
tutadi.Usullar ko‘pincha metodlar deb ham yuritiladi. 
«Metod» grekcha so‘z bo‘lib, (methodos) – «qandaydir maqsadga yetish» 
degan manoni bildiradi. Boshqaruv usullari (metodlari) orqali boshqaruvning 
faoliyatlari amalga oshiriladi. Boshqaruv usuli tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat 
qilib boradi.


85 
Boshqaruv usullari va uslubiy yondashuvlarning ko‘pligi boshqaruvning aniq 
vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini tanlab olishni qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun ham mavjud bo‘lgan barcha boshqaruv usullarini o‘z tavsiflariga 
binoan guruhlash va tartibga tushirishni talab qiladi. 
Usullarning yo‘nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni 
(firma, bo‘lim, laboratoriya, kompaniya va hokazo) boshqarishda usul tanlab olishni 
taminlaydi. 
Tashkiliy shakllar usuli ko‘p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki 
asta - sekinlik bilan o‘zgara boshlaganida qo‘llaniladi. Bu holatda ham o‘sha 
vaziyatga mos bo‘lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo‘ladi. Boshqaruv 
amaliyotida usullar asosan birdaniga ishlatiladi va ular kombinatsiyalashib ketadi. 
Shuni aytib o‘tish lozimki, xohlagan bir sohada masalan, turizm sohasida 
boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart 
talablarga javob beradigan ko‘rsatma yoki tavsiyalar yo‘q. Chunki boshqaruv bir 
maromda faoliyat ko‘rsatmaydi, bozor munosabatlariga asoslangan sohalarda aniq 
ko‘rinadi. Shu o‘rinda P.Drukerning bir fikrini keltirish mumkin: «Boshqaruv bu 
faoliyatning muhim turi, tashkillashtirilmagan odamlar guruhini samarali, maqsadli 
yo‘nalishlarga va ishlab chiqarish guruhiga aylantirishdir.
Turizm sohasi yoki ovqatlantirish korxonalari istemolchilarning xohish - 
istaklari o‘zgara borishi bilan boshqaruvda ko‘plab usullar bir - biriga qo‘shilib, bir - 
birini bazida inkor qilib, bazida qo‘llab - qo‘vvatlaydi. Bunday vaziyatlarda 
qo‘shimcha usullarni qo‘llash ham talab qilinadi.
Ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini 
taminlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, 
ananaviy tarzda qo‘llaniladi: 
 tashkiliy - ma’muriy usul; 
iqtisodiy usul
 ijtimoiy – psixologik usul. 


86 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling