O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Korxonalar faoliyatini tashkil etishda boshqaruv


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Korxonalar faoliyatini tashkil etishda boshqaruv
funksiyalarining o‘rni 
 
«Funksiya» bu - lotincha so‘z bo‘lib, biron kishi yoki narsaning ish, faoliyat 
doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
10
«Vazifa» bu - amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masala, erishilishi 
lozim bo‘lgan va ko‘zda tutilgan maqsaddir. Yoki biron - bir topshiriq xizmat, 
yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal
11
demakdir. 
«Funksiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega. 
Ya’ni, funksiya faqat o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi. «Vazifa» 
esa o‘z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. 
F.Teylor aytganidek, boshqaruv – bu eng yaxshi va arzon usullar bilan nima 
qilish va qanday bajarish kerakligini aniqlash san’atidir
12
.
Boshqaruvning umumiy ko‘rinishi asosan o‘zaro harakatdagi aniq ikki 
ob’ektning, bunda ulardan biri boshqaruvning sub’ekti, ikkinchisi esa boshqaruvning 
ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq 
vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuidir.
Demak, 
boshqaruv 
muayyan 
funksiyalar 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o‘rganish boshqaruv jarayonini 
to‘g‘ri tashkil qilishning muhim shartidir. 
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan 
kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: 
10
O‘zbek tilining izohli lo‘g‘ati. M., 1981, T., II, 308-bet. 
11
O‘zbek tilining izohli lo‘g‘ati. M., 1981, T., II, 170-bet. 
12
Пардаев О. Менежмент. Ўқув қўлланма. Самарқанд 2018 й. 


83 

loyihalash; 

konstruktorlik; 

rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi. 
Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, mahsulot tayyorlash 
texnologiyasini ishlab chiqish; 

mehnat me’yorlari, mahsulotlar sarfini belgilash; 

asbob - uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq 
funksiyalar paydo bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun: 

ishlab chiqarish vositalari texnikasi;

xomashyo; 

energiya; 

taransport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur. 
Boshqaruv stili - menejerning tajriba faoliyatidagi bir qator usullar, metodlar 
va shakllar tizimi sanaladi, ya’ni, boshqa so‘z bilan aytganda, tayyorlash va amalga 
oshirish ishlari qarorlarida menejer harakati hamda xulqi boshqarish stilidagi 
ko‘pincha u qaysi masalani o‘z oldiga qo‘yganligiga qaraydi: 

boshqarish - boshqaruvchi o‘z xodimlariga ko‘rsatma berib, o‘zi masalalar 
bajarilishini kuzatadi; 

yo‘nalish berish - menejer qarorlarni xodim bilan muzokara qiladi, taklif 
kiritishlarini va tashabbuskorlik ko‘rsatishlarini so‘raydi. 

qo‘llab - quvvatlash menejer xodimlariga ish faoliyatida yordam ko‘rsatadi 
va ular bilan birga to‘g‘ri qaror qabul qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi; 

vakillikni deligirovka qilish - menejer o‘z vakilligining bir qismini 
xodimlariga beradi va korxona maqsadlariga erishish hamda qaror qabul qilish 
mas’uliyatini beradi. 
Birinchi bo‘lib boshqaruv stili masalasini K.Levin ko‘rib chiqqan va u 
demokratik, anarxik stillarni ajratgan. 


84 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling