O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


«Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri (Yaponiya)


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

«Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri (Yaponiya) 
 
«Ringer Hut» Yaponiyada joylashgan «Fast 
Food» tayyorlashga mo‘ljallangan xalqaro restoranlar 
zanjiri nomi bo‘lib, unda Nagasakining Champon va 
Sara 
udon 
taomlari 
tayyorlanadi. 
Hamakatsu 
zanjirining asoschisi 1966 - yilda Nagasakida ochilgan 
 
«Ringer House» nomli turistik hudud nomidan «Ringer» so‘zini oldi. Shundan 
keyin «Pizza Hut» so‘zidan «Hut» so‘zini olib qo‘shdi. «Ringer Hut» 
boshqaruvida 550 ta Yaponiya, Tayvanda joylashgan va San Xose, Kaliforniyada 
100 ta Hamkatsu (Tonkassu restoranlar zanjiri) restoranlari bilan hamkorlikda 
ishlaydigan restoranlari mavjud. «Ringer Hut» restoranining ikkita asosiy Fukoka 
va Tokioda markazlari bor. 


68 
«Ringer Hut» «Champon» nomli Nagasaki uslubida pishiriladigan ugrali 
taomi bilan tanilgan. «Champon» Xitoycha taom bo‘lib, Nagasakida yashovchi 
xitoylik fuqaro tomonidan XIX asr oxirlarida o‘ylab topilgan. «Champon» to‘yimli 
va vitaminlarga boy taom xisoblanadi. Uning tarkibida 6 xil barra sabzavotlar 
(karam, sabzi, loviya novdasi, yashil no‘xat, yashil piyoz va piyoz), qisqichbaqa, 
kalamar, baliq va go‘sht, har kuni un qorishmasidan tayyorlanadigan ugradan 
iborat. Bundan tashqari ushbu restoranlarda xitoycha taom bo‘lmish «Radna»ga 
o‘xshash «Sara udon» nomli taom ham pishiriladi. «Sara udon» to‘liqligicha tabiiy 
mahsulot xisoblanadi. Unga maxsus un yuqorishmasidan tayyorlangan ugra 
ishlatiladi. Bu ugralar uchun ishlatiladigan unni dunyoning boshqa nuqtalaridan 
topish qiyin. Ingichka, qarsilloq ugra qimmat va ajoyib sirli sous bilan tortiladi. 
Ushbu sousning siri barra sabzavotlar va tovuq go‘shti xisoblanadi. 
7 - rasm. «Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoranlari 
Yuqorida dunyoga mashhur xalqaro restoranlar zanjirlarining ayrimlarini 
ko‘rib chiqdik. Ularning aksariyati rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. 
Shundan kelib chiqqan holda ushbu sohani bemalol yuqori daromad keltiruvchi 
soha deb ayta olamiz. Masalan, birgina «Yum!» brendining daromadi 2017 - yilda 
dunyo bo‘ylab sotuvlari orqali 32,45 mlrd AQSH dollariga yetganini aytish 
mumkin. Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, xalqaro restoranlar zanjiri nafaqat 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ularning ovqatlantirishga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirish, balki, mamlakatda minglab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, davlat 
byudjetiga sezilarli darajada hissa qo‘shayotganligini bemalol aytish mumkin. 


69 
Mana shu dalillarning o‘zi bunday restoran zanjirlari filiallarini yoki o‘zbek milliy 
taomlarini tayyorlashga mo‘ljallangan boshqa restoranlar zanjiri sonini 
ko‘paytirishga asos bo‘la oladi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi 
restoranlarni faqatgina Toshkent shahrida uchratish mumkin. Lekin ularning 
asosini qimmat narxdagi taomlarga mo‘ljallangan taomnoma bilan ishlovchi 
restoranlar tashkil qiladi. Ulardan biri «Bon!» kafesidir.
«Bon!» bu - uchta fransuz kafesining birinchisidir. Bu yerda kunni foydali 
nonushta bilan boshlab, hamkasblar bilan birgalikda biznes lanch yoki kechqurun 
bir finjon kofe bilan fransuzcha tayyorlangan dessertni tanovvul qilish mumkin. 
Har qanday mahsulot yoki taomni, kofeni ham mijoz o‘zi bilan olib ketishi 
mumkin. «Bon!» kafe zanjiri tarkibidagi uning Toshkent shahrida yana ikkita 
filiali mavjud.
 
 
 
 
 
8 - rasm. «Bon!» zanjiri tarkibidagi kafe 
«Bon!» zanjiridagi kafelarga mijoz atayin ovqatlantirish maqsadida yoki 
yonidan o‘ta turib yangi yopilgan fransuzcha shirin kulchalar hidiga mast bo‘lib 
tashrif buyurishadi.
Yog‘ochdan yasalgan jihoz, devor va yog‘och obligatsiyalaridan kofe 
rangidan foydalanib bezatilgan zal sokin muhitni yaratadi, uchala kofeynyada ham 
Fransiyadan keltirilgan bejirim qandillarni ko‘rish mumkin. Barcha binolar 
o‘rtacha 40 kishiga mo‘ljallangan. 


70 
Bundan tashqari 11 - iyul dunyoda «Bon!» shokolad kuni xisoblanadi. O‘sha 
kuni «Bon!» kafelarining barcha zanjirida chegirmalar bo‘ladi. 
9 - rasm. «Bon!» kafesi mahsulotlari 
Shuni aytish mumkinki, «Bon!» kafesidagi nonlar juda ham mashhur bo‘lib, 
pishirilgan yangi nonlarning yoqimli hidi eng jozibador hidlarning o‘ntaligiga 
kirdi. Shuning uchun faqat «Bon!» kafesida doim yangi pishirilgan qandolat 
mahsulotlari va chiroyli, hushbo‘y hidli nonlar taklif etiladi. Butun dunyoda 16 - 
oktabr «Xalqaro non kuni» yoki «Xalqaro oziq – ovqat kuni» nishonlanib, ushbu 
kunda «Bon!» kafesi mijozlar uchun 10% chegirmalar e’lon qiladi.
10 - rasm. «Bon!» kafesining non mahsulotlari 
«Bon!» kafesida eltib berish xizmati ham mavjud. Jumladan, mijozlarga 
qulaylik bo‘lishi maqsadida ichish uchun olingan qahvani o‘tirib ichishi yoki 
o‘zlari bilan olib ketishi, mashinasida ham iste’mol qilishlari mumkin. 


71 
Bu kafeda reklama juda kuchli bo‘lganligi uchun ham doim mijozlar bilan 
gavjum. Bunga misol tariqasida «milk shake» uchun takliflar mavjud bo‘lsa, unga 
ikkita kokteyl buyurtma qilib, uchunchisini bepul olish imkoniyati mavjud.
«Bon!» kafesida asal va mayiz bilan birgalikda bodom qo‘shilgan ushbu 
shirinlik inson immunitetini oshirish uchun eng yaxshi vosita sifatida taklif 
qilinadi. 
11 - rasm. «Bon!» kafesining asal va mayizli shirinligi 
«Bon!» kafesidagi xodimlar o‘z faoliyatini samarali olib borishidan tashqari 
xayriya ishlarida ham juda faol.
12 - rasm. «Bon!» kafesi xodimlarining xayriya ishlari 


72 
Eng qizig‘i shundaki, «Bon!» kafesining telegrammdagi saytiga obuna 
bo‘lish mumkin. Bu orqali har bir mijoz ushbu kafedagi taom va shirinliklarning 
yangi turlari, narxlari va chegirmalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib boradi. 
Xulosa. O‘zbekistonda xalqaro restoranlar zanjiri sonining kamligi unda 
asosan qimmat narxdagi taomlarni taklif qilishidir. Xulosa qilib aytish mumkinki
O‘zbekistonda arzon narxdagi taomlarni tayyorlovchi restoranlarni tashkil qilish, 
ularni bir zanjirda birlashtirish yoki chet ellardagi dunyoga mashhur restoranlar 
zanjirini milliy bozorimizga olib kirish yo‘llarini izlash lozimdir.
Bizda mamlakat yoshlarining aksariyati uyidan tashqarida ovqatlanishlarini 
xisobga olgan holda «Fast Food» tayyorlovchi zanjirli restoranlar faoliyatini 
tashkil qilishni ham tavsiya etish mumkin. Ularda tayyorlanadigan taomlarning 
arzonligi, tez tayyor bo‘lishi va dunyoga tanilgan brendga ega ekanligi ushbu 
restoranlarning faoliyati O‘zbekiston bozorida tezda moslashishi va rivojlanishidan 
dalolat beradi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling