O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Dunyoning mashhur restoran zanjirlari


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

4. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari 
 
Transmilliy kompaniyalar. BMT hujjatlariga muvofiq, transmilliy 
kompaniyalarga yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki 
undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, ularning faoliyatini boshqarib 


58 
turadigan kompaniyalar kiradi. TMK doimiy ravishda tovar eksportidan tortib, 
xorijda xizmatlarni ishlab chiqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi 
ishtirokini kengaytirib boradi va tashqi ekspansiyani amalga oshiradi. Ular 
shuningdek, ssuda pullari ham beradi va boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion 
bitimlar tuzadilar.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri qo‘yilmalar TMKlar xorijiy investor qo‘lidagi 
mablag‘ning saqlanishi ustidan nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet 
elda aksiyadorlik firmalarini ta’sis etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan 
aksiyalarning nazorat paketini sotib oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi 
(ulushlar), uning faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilishda hissasi kam bo‘lsa-da, 
filialga tegishli bo‘ladi. 
TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali 
faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yxatdan o‘tkazilsalarda, o‘z qiymatiga ega 
mustaqil kompaniya xisoblanadi. To‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga 
tegishli bo‘ladi. 
Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi 
ishtirokini kengaytirishi mumkin. U ssuda berishda qarzni to‘lagungacha ssuda 
oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi bilan unga ssuda 
foizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan shartnoma imzolaydi. 
Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng 
tarqalgan tajribadir. Bunday holda ona kompaniya korxona bo‘g‘inlarini shartnoma 
(kontrakt) asosida boshqaradi. Korxona mustaqilligini saqlaydi, turli egalar 
bo‘lishi, turli manbaalardan moliyalashtirilishi mumkin. Lekin mahsulotni yagona 
savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tizimi uning 
ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash imkonini beradi. Ularning 
hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum daromad olishni bosh maqsad qilib 
qo‘yadi. Ulardan biri kapital migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib, daromad 
me’yori va foiz stavkalari farqi xisoblanadi.
Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga to‘sqinlik qiluvchi katta yoki 
kichik darajadagi qaltisliklar mavjud. Ammo qayerda mablag‘larni erkin 


59 
qo‘yilishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki tartiblardagidek 
kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida foyda olish fondi 
cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKning mamlakatda tengsizligi 
davom etaveradi.
Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ olib kelinishi bir qator omillarga 
bog‘liq:

foiz stavkasi (yuki) hajmi; 

investitsiyaning daromadliligi; 

iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi

qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash.
Jahon bozoriga kirish va unda yashab qolishi uchun kompaniya ma’lum 
oligopolistik ustunlikka ega bo‘lishi lozim. Bu mablag‘ bo‘ladimi, texnologiya 
yoki boshqaruv mahorati bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Ular tufayli X(iks) 
mamlakatlardan kompaniya U (igrik) mamlakatdagi mahalliy firmalardan ishlab 
chiqarishda ustunlik qila oladi va yuqori daromad oladi. 
Biz bekorga birinchi o‘rinda transmilliy kompaniyalarga ta’rif berib 
o‘tganimiz yo‘q. Chunki xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi har bir restoran 
transmilliy kompaniya (TMK) xisoblanadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling