O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Ovqatlantirish korxonalarining toifalari


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Ovqatlantirish korxonalarining toifalari 
 
Ovqatlantirish korxonalari ma’lum toifalarga bo‘linadi. Ulardan «luks», 
«oliy» va «birinchi» toifali degan nomlar restoran va barlarga beriladi. Kafe, 
oshxona, tamaddixonalar toifalarga bo‘linmaydi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, restoran murakkab usullarda taomlarning 
keng assortimentini tayyorlaydigan ovqatlantirish korxonasidir. Bu kabi korxonalar 
mijozlarga buyurtma va firma taomlari, ichimliklar, tamaki va qandolat 
mahsulotlarini taklif qilib, mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak 
darajada xizmat ko‘rsatadi. 
Ular markaziy odamlar gavjum ko‘chalarda, temiryo‘l va avtomobil 
temiryo‘l larida, aeroportlar, kemalar to‘xtash joylarida, teploxod, dengiz 
kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, shuningdek, stadion, shaharlararo 
hududlarda, ma’muriy tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura 
yodgorliklari joylashgan joylarda, O‘zbekiston sharoitida katta bozorlar, 
o‘yingohlar yaqinida faoliyat yuritadi.
Restoranlarda mijozlarga restoran xodimlari, bosh ofitsiant va ofitsiantlar 
xizmat ko‘rsatishadi. Taom va ichimliklarni oliy darajadagi oshpazlar 
tayyorlaydilar.
Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan restoran ofitsiantlari bironta xorijiy 
tilni bilishi va ular bilan gaplasha olishi lozim. Restoranlar ayrim mijozlargagina 
xizmat qilish bilan cheklanmaydi va aksincha, davlat miqyosidagi katta 
anjumanlar, majlislar, konferensiyalar, seminarlar, rasmiy qabul marosimlari, 
shuningdek to‘y bazmlari, oila tantanalari, banketlar va boshqa tadbirlarga xizmat 
ko‘rsatadi. Restoranlarda mijozlarga asosan tushlik va kechki taom, katta yig‘inlar, 
konferensiya ishtirokchilariga esa taomning to‘la ratsioni taqdim etiladi. Ko‘pgina 
restoranlarda bayram kuni oldidan yoki shanba va yakshanba kunlari milliy 
taomlar ta’mini aniqlash (degustatsiya) tadbirlari ham o‘tkazilishi mumkin.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling