26
xonalarida joylashadi.
Hamma barlarda stereofonik
ovoz chiqaradigan jihozlar, televizor, o‘yin
avtomatlari ham bo‘lishi kerak. Bundan tashqari 50 nafardan ko‘p
kishiga
mo‘ljallangan raqsga tushish maydoni ham bo‘lishi mumkin.
Alkogol ichimliksiz barlar ommaviy dam olish joylarida tashkil etilib, har xil
kasb egalari, yoshlar uchrashadigan joydir. U yerda asosan alkogolsiz ichimliklarni
ichishadi. Did bilan bezatilgan, musiqa xizmatining a’lo darajada yo‘lga
qo‘yilganligi tufayli bunday barlar tezda ko‘zga tashlanadi
va dam oluvchilar
uchun qulay joy bo‘lib xizmat qiladi.
Salat barlar - maxsus peshtaxta bilan jihozlangan joy bo‘lib, asosan turli
xildagi sabzavot va go‘shtli salatlarni taklif qiladi. Bunday barlarning o‘ziga xos
jihati
shundaki, unda har bir mijoz xuddi «shved stoli» usulidek taomlarni o‘zi
idishlarga solib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: