O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ho‘l meva barlari - ovqatlantirish korxonalarining yangi bir turi bo‘lib, 
ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste’molini 
kamaytirishni nazarda tutgan maqsadda tashkil etilgan. Bu xildagi barlar o‘ziga xos 
usulda binolarda joylashgan bo‘lib, oddiy ko‘rinishda jihozlanadi. Nomidan ham 
ma’lumki, bunday barlar asosan har xil turdagi sharbatlar va ichimliklarni, bundan 
tashqari qandolat mahsulotlarini ham taklif qiladi.
Sut mahsulotlari barlari - o‘z mahsulotlar assortimenti bilan boshqa turdagi 
barlardan farq qiladi. Sut va sariyog‘ kokteyllaridan tashqari barning kundalik 
taomnomasida bir necha xil sutli taomlar, sut mahsulotlaridan tayyorlangan somsa 
va qandolat mahsulotlari hamda ichimliklar bo‘ladi.
Disko barlar - kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, kechqurun esa bar 
xizmatini o‘taydi. Disko barlar alohida binolarda yoki mehmonxonalarning yarim 
yer to‘lalarida faoliyat ko‘rsatib, bunday barlarda orkestrlar, xonandalar va 
aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari o‘tkaziladi. Disko barning 
zallari zamon talablariga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi, raqs 
maydoni, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart.


27 
Tavsiya etiladigan taomlari asosan iste’molbop va tez xazm bo‘ladigan 
taomlardir. Bundan tashqari aralash ichimliklar, gazaklar va hattoki issiq taomlar 
ham taklif qilinadi.
Ekspress barlar (tez xizmat ko‘rsatish) - savdo markazlarida, mehmonxona va 
temiryo‘l larda faoliyat ko‘rsatadi. Tik turib ovqatlanadigan bunday barlarda 
taomlar assortimenti cheklangan bo‘lib, mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga 
mos tushadi. Masalan, buterbrod, qiymalangan go‘shtli taomlar, har xil qandolat va 
sut mahsulotlari, chanqoqbosdi ichimliklarni taklif qiladi. 
Pivo barlari - maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. 
Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki bevosita maxsus avtomatlar 
orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya 
qilinadi. Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklarni ham taklif 
etadi, hattoki pivoga mos keladigan har xil tuzlangan taomlar, quritilgan baliq va 
boshqalar beriladi. 
Vino barlari - mehmonxonalar, restoran va kafelar qoshida faoliyat 
ko‘rsatib, asosan do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qurishi 
uchun yaxshi joy sifatida mashhurdir. 
Gril barlar - savdo markazlarida, dam olish va odamlar gavjum ovqatlanish 
joylarida joylashgan bo‘ladi. Gril barlarda mijozlar tansiq va noyob taomlarni 
buyurtma qilishlari mumkin. Bunday barlarda eng ko‘p tarqalgan taomlardan 
qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob va boshqalar taklif qilinadi. Gril barlarda taom 
mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi va sotuvchining o‘zi xizmat ko‘rsatadi.
Kafe - mijozlar ovqatlanishi va dam olishini ta’minlaydi. Kafelar firma va 
buyurtma taomlarini tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. 
Taomlarning assortimenti cheklangan bo‘lib, tayyorlanishi uncha murakkab 
bo‘lmaydi. Kafelarda diskoteka xizmati mavjud bo‘lib, unda to‘ylar, yubileylar
oilaviy tushliklar, yangi taom va mahsulotlar ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi. Kafelar 
mahsulot assortimenti va mijozlar tarkibiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: 

assortimenti bo‘yicha mahsulotlarni sotish - muzqaymoq kafesi, 
qandolatlar kafesi, sut mahsulotlari kafesi; 


28 

iste’molchilar tarkibi bo‘yicha - yoshlar kafesi, bolalar kafesi va b. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling