180
4. Restoranda ishlatiladigan anjomlar
Restoranlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatishda oshxona
anjomlarining asosan
to‘rt xilidan foydalaniladi. Bular oshxona, baliq mahsulotlari, gazak,
dessert va
qandolat mahsulotlari uchun ishlatiladigan anjomlardir. Bu anjomlarning har biri
o‘ziga xos xususiyatga ega. Bulardan tashqari yordamchi anjomlar ham bo‘lib, ular
xizmat ko‘rsatish jarayonida doimo kerak bo‘ladi. Asosiy anjomlar taomlarni
iste’mol
qilishda ishlatilsa, yordamchi anjomlardan ofitsiant taomlarni suzishda
hamda mijozlarga taomni berishda foydalanadi.
Oshxona anjomlari zanglamaydigan metallardan ishlangan bo‘lib, estetik
jihatdan ular kishini o‘ziga jalb qiladi. Chunki tashqi ko‘rinishi
kumush suvi
yugurtirilgan anjomlardan farq qilmaydi. «Luks», «oliy» va «birinchi» toifali
restoranlarida ishlatiladigan anjomlar melxior va kumush suvi yugurtirilgan bo‘ladi.
5-rasm. Restoranda ishlatiladigan anjomlar
18
Melxiordan ishlangan anjomlar qabul marosimlari,
banketlar va bayram
tadbirlarida ishlatiladi. Kundalik amaliyotda ko‘pincha zanglamaydigan, po‘latdan
tayyorlangan va sifati yaxshi anjomlardan foydalaniladi. Shuni ham aytish kerakki,
18
John Cousins, Dennis Lillicrap, Suzanne Weekes
Food and Beverage Service, Dynamic Learning, London, 2014.
181
har bir oshxona anjomida korxonaning belgisi bo‘lishi kerak. Ular tashqi ko‘rinishi
bilan uyda ishlatiladigan oshxona anjomlaridan farq qilib turishi lozim. Ularning bir
xil tipda bo‘lishi katta ahamiyatga ega.Ushbu 5 - rasmdagi anjomlar chapdan o‘ngga
tomon: baliq sanchqisi,
kichkina gazak sanchqisi, asosiy taom sanchqisi, baliq
pichog‘i, kichik gazak pichog‘i, asosiy taom pichog‘i,
kofe uchun qoshiqcha, choy
qoshiqchasi, sho‘rva qoshig‘i, dessert qoshig‘i, stol servirovkasi qoshiqlaridan tashkil
topgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: