O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Katta chuqur tarelka (lagancha). Bu idish shakli va hajmiga ko‘ra turlicha 
bo‘ladi. Bu idishda bir yoki bir necha mijozlar uchun garnir va qaylali ikkinchi 
taomlar uzatiladi. Shakliga ko‘ra laganchalar aylanasimon, uzunchoq va to‘g‘ri 
burchakli bo‘lishi mumkin. Hajmiga ko‘ra esa ular bir miqdorli va ko‘p miqdorli 
bo‘ladi. Bir miqdorli idishda bir kishi uchun taom uzatiladi, ko‘p miqdorli idishda esa 
ikki yoki undan ortiq mijozlar uchun uzatiladi. 
 
 
 
4-rasm. Metal idishlar 
Aylanasimon laganchalar bir miqdorli va ko‘p miqdorli bo‘lib, ularda to‘siq 
bo‘lmaydi. Bu idishda gazak va korxona uchun tayyorlanadigan taomlar uzatiladi. 
Uzunchoq laganchalar ham bir miqdorli va ko‘p miqdorli bo‘ladi. Bir 
miqdorlilar bitta to‘siqli bo‘ladi (bu idishlarda bitta garnirli va qaylali taomlar 
uzatiladi, ikkitalik idishlarda esa ikkita garnir va qaylali taomlar uzatiladi).
Ko‘p miqdorli uzunchoq laganchalar - to‘siqsiz bo‘ladi. Bularda ko‘p sonli 
mehmonlar uchun turli xildagi taomlar uzatiladi. Baliq uzatish uchun maxsus 


178 
uzunchoq laganchalar mavjud, lekin ular sal uzunroq bo‘ladi. Nimtalab pishirilgan 
qush, baliq yoki ularni butunligacha tayyorlangan taomlar uchun kattaroq 
laganchalardan foydalaniladi. 
To‘g‘ri burchakli laganchalar faqat bir miqdorli (bitta poydevorga ega) bo‘ladi. 
Miqdorli tovalar. Bular metallsimon, chuqur bo‘lmagan va ikki dastakli 
idishlardir. Bu idishlarda taomlardan asosan tuxum (ko‘pincha glazunya ya’ni oq va 
sarig‘ini aralashtirmasdan pishirilgan tuxum) pishiriladi. Bitta tuxum uchun (diametri 
140 mm), ikkita tuxum uchun (170 mm), uchta tuxum uchun (190 mm) va to‘rtta 
tuxum uchun (210 mm) miqdorli tovalar ham bo‘ladi. 
Sho‘rva uchun qopqoqsiz kosalar. Ular chuqur bo‘lmagan, aylana va yuqori 
qismida joylashgan ikki dastakli idish. Kattaroq hajmdagi kosalarda (0,3 va 0,5 litr) - 
sho‘rvalar uzatiladi, kichikroq hajmdagisida esa - ayrim taomlar uzatiladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling