O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Dam beriladigan idishlar devorlari yupqa bo‘ladi, asosan rangsiz, yaltiroq 
oynalardan yasaladi.
Presslangan idishlar devorlari puflanganga qaraganda qalin, rangsiz, rangli 
shishalardan yasalgan bo‘lib, oz miqdorda billur ham qo‘shiladi. Shishadan yasalgan 
oshxona idishlari juda ko‘p va xilma - xildir. Ular suv, vino, gazak va boshqalarda 
foydalaniladi. Billur idishlar ayniqsa kattalari, qalinlari, odatda nur sindiruvchanlik 
xususiyatiga ega. 
Restoranning kundalik xizmatida ko‘pincha shisha idishlardan keng 
foydalaniladi. Rangli shishadan yasalgan idish - tovoqlar ayniqsa qo‘l keladi. Ularning 
shakli va rangi restoran manzarasiga bezak beradi. Stol bezatishda qadah va ryumkalar 
tanlanganda ma’lum qoidalarga: ularning sig‘imi ichimlik quvvatiga mos bo‘lishi kerak, 
ichimlik qancha kuchli bo‘lsa, ryumkaning sig‘imi shuncha oz bo‘lishi lozim. Ofitsiant 
stol bezaganda ularga e’tibor berishi kerak. 
Billur va shisha idish - tovoqlarning turlari, ko‘rinishlari. Ryumkalarning 
quyidagi ko‘rinishlari bir - biridan farq qiladi: 
Turiga ko‘ra: 

uzun oyoqli ryumkalar, ular «luks», «oliy» va «birinchi» toifadagi 
restoranlarda ishlatiladi. 

o‘rtacha oyoqli ryumkalar - ulardan har xil turdagi tadbirlarda 
foydalaniladi. 

ryumka - stakanlar - uzun silindrsimon ryumkalar. 

qalin shishadan tayyorlangan ryumkalar - sovuq ichimliklar uzatishda 
ishlatiladi. 
Hajmiga ko‘ra: 

0,05 litr - kuchli spirtli ichimliklar uchun; 


171 

0,1 litr - oq vino va turli xil spirtli ichimliklar uchun; 

0,15 litr - qizil vino uchun; 

0,2 litr (uzun bokallar, qadahlar) - spirtsiz ichimliklar va shishali pivolar 
uchun; 

0,3 va 0,4 litr (bokallar) - pivoning turli xil turlari va oshxona yoki 
mehmonlar oldida tayyorlanadigan spirtsiz ichimliklar uchun. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling