O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Vazifasiga ko‘ra:
likyor uchun ryumkalar (sig‘imi 25 - 30 sm 3 ); konyak uchun ryumkalar ichi keng, og‘zi torroq, past bo‘yli bo‘lib, 25 sm 3 konyak sig‘adi. Bunday ryumkalar konyak bilan birga olib kelinadi; aroq uchun ryumkalar (sig‘imi 50 sm 3 ) - aroq va boshqa kuchli ichimliklar uchun; madryana ryumkalari (sig‘imi 75 sm 3 ) - kuchli va dessert vinolar: portveyn, madera, xeres, muskat, malag va O‘zbekitonda ishlab chiqariladigan har xil vinolar uchun; chet el mamlakatlarida ishlab chiqariladigan vinolar uchun turli xil ryumkalar; silindr shaklidagi qadahlar (sig‘imi 125 sm 3 ) - shampan va boshqa ko‘piradigan vinolar uchun; fujerlar (sig‘imi 250 - 280 sm 3 ) - ma’danli va meva suvlari uchun, pivoga ishlatish ham mumkin; pivo krujkalari (sig‘imi 250 va 500 sm 3 ) - ichi keng, og‘zi tor idishlari pivo barlarida foydalaniladi; choy ichish uchun stakanlar (sig‘imi 200 - 250 sm 3 ) ; shisha idish (sig‘imi 100 - 150 sm 3 ) - meva sharbatlari uchun; silindr stakanlar (sig‘imi 300 sm 3 ) - muz solingan viski, sodali va muz solingan ichimlik uchun; tagi qalin choy stakani (sig‘imi 200 - 250 sm 3 ) - kofe uchun; qopqoqli ko‘zacha (sig‘imi 2 litrgacha) - suv, kvas va boshqa sharbatlar uchun; kompot idishi - shirin ichimliklar uchun; kryushon idishi (sig‘imi 3 litr) - kryushon tayyorlab berish uchun; 172 rozetka (diametri 90 mm) - qiyom, shakar va limon uchun; qalin shishadan yasalgan gazak idishi - sirka, o‘simlik yog‘i, gorchitsa, tuz solingan ko‘katli salat uchun; o‘lchov stakani (100, 200 ml) - oq yorqin shishadan yasalgan, tamg‘aga ega bo‘lishi shart; tuz, qalampir, gorchitsa uchun idishlar; meva uchun guldonlar (diametri 200, 240 va 300 mm, uzunligi 200 mm) - 1, 2, 3 kg gacha meva solinadi. Ular har xil rangda: ko‘k, sariq, qizg‘ish, binafsha rangli uzun va past bo‘yli bo‘ladi; gullar uchun guldonlar (balandligi 10 - 15 sm); qiyom uchun oyog‘i yo‘q guldonlar; shirinlik va konfet uchun bo‘yi uzun guldonlar; tort va shirinliklar uchun o‘rta bo‘yli guldonlar; uzunchoq guldon - meva va yangi sabzavotlar uchun; sirka, kunjut, kungabaqor yog‘i uchun; qopqoqli grafin (sig‘imi 0,25, l va undan ko‘p) - aroq, vino, konyak va alkogolsiz ichimliklar uchun. 0,2 litr, 0,5 litr, 1,0 litr va 2,0 litrli ko‘zachalar - ular har xil vinolar, soklar va gul shiralarini uzatishda ishlatiladi; Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling