O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
ikradonlar - ular tagliklardan iborat bo‘lib, unga ikralar solinadi; salat idishchalari
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha idishlar bilan ishlash qoidasi.
- Shisha idishlar 17
- Ryumkalrni patnislarda tashish
ikradonlar - ular tagliklardan iborat bo‘lib, unga ikralar solinadi;
salat idishchalari - ular chinni shakliga ega bo‘lib, salat va sovuq qaylalarni uzatishda ishlatiladi; kompot idishlari - metallsimon shaklga ega bo‘lib, kompot uzatishda qo‘llaniladi; shisha idishlar - asal va jem uzatishda ishlatiladi; shisha guldonlar - oddiy yoki billur, shakli va ko‘rinishiga ko‘ra ular turli xilda - pastroq, uzunroq, silindrsimon va konussimon bo‘lib, ularda zalni bezatish uchun gullar qo‘yiladi. 173 Shisha idishlar bilan ishlash qoidasi. Ryumkalarni qo‘lda tashiganda quyidagi variantlar qo‘llaniladi: oyoqsiz ryumkalarni tashish. Chap qo‘lda uchtagacha ryumka olib kelish mumkin. O‘ng qo‘lda ryumka tashilmaydi, chunki o‘ng qo‘l ishchi qo‘l bo‘lib, stoldagi mijozlarga biron narsani uzatish uchun bo‘sh bo‘lishi kerak; 3-rasm. Shisha idishlar 17 oyoqli ryumkalarni tashish. Ko‘p miqdordagi bunday ryumkalarni sochiqcha bilan chap qo‘lda tashish mumkin. Ryumkalarning pastki qismini barmoqlar orasiga olib tashish ancha qulayroq bo‘ladi. Bu variantlar faqatgina ryumkalrni servantdan yoki qo‘shimcha stoldan to servirovka qilingan stolgacha olib borishda ishlatiladi. Ryumkalrni patnislarda tashish: ryumkalar (faqat bir ko‘rinishda - vino va aroq uchun) metall patnislarda olib boriladi. Patnislar chap qo‘lda bo‘lib, o‘ng qo‘l bilan ryumkalar stolga qo‘yiladi. 17 http.www.lingvoznaika.ru 174 Restoranda ishlatiladigan shisha idishlarining turini o‘rganganimizda uning tarixi va ishlab chiqarilgan vaqti haqida ham bilishimiz lozim. Chunki mehmonlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida ushbu idishlardan foydalaniladi. Bokal shakli vinoning ta’mi, mazasi, balansi va uni iste’mol qilingandan so‘ng xushtamligiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqida Professor Claus Josef Riedel birinchi bo‘lib, o‘tgan asrda aniqlagan edi. U o‘zining dastlabki kuzatuvlarida bir turdagi vinoni turli xildagi bokallarda iste’mol qilganda turlicha ta’mni aniqlagan. Farq shu darajada bo‘lganki, hatto vinoning yuksak degustatorlari ham bir xildagi vinolarni ichib, ularga turlicha baho berishgan. Professor Riedel o‘z kuzatishlari bilan jiddiy shug‘ullanib, bokal shakli alkogol ichimlikning nafaqat ko‘rinishi, balki mazasiga ham ta’sir ko‘rsatishini ilmiy asoslab bergan. Biologik tushuntirishlar ro’yxatorlar joylashuviga qarab asoslanadi: shirinliklarni tilning yuza qismida sezish mumkin, achchiq mahsulotlarni tilning balandligi-240mm, hajmi-800 ml dimog‘ga yaqin qismida, nordon mahsulotlarni esa tilning yonbosh qismlari bilan, sho‘rlangan mahsulotlarni esa tilning markaziy qismi bilan his qilish mumkin. balandligi-192mm, hajmi-600ml Idish shaklining sig‘imi yordamida (vino bokali) biz ichayotgan ichimlikni qulaylik bilan iste’mol qilishimiz yoki uni kam sezgi organlari joylashgan joyga yuborishimiz mumkin. Keng va ochiq shakldagi vino bokali bizga boshimizni pastga eggan holda vino ichishga imkon yaratsa, tor hajmli vino bokali esa bizga boshimizni ozgina orqaga tashlagan holda ichishni taqozo etadi. Bu holatda suyuqlik bosim natijasida oqadi. Vino xushta’mligiga ta’sir etuvchi eng katta omil bu uni og‘iz bo‘shlig‘i bilan dastlabki ta’siridir. Bunda bokal devorlarining qalinligi, uni diametr kengligi va unga 175 ishlov berilish uslubi inobatga olinadi (u kesilgan va polirovka qilingan yoki dumaloq shaklda bo‘lishi mumkin).Vino mazasidagi farqqa kimyoviy baho berish quyidagicha: bokal shakli vino tarkibidagi fenollar miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi (vino mazasi va ko‘rinishiga ta’sir etuvchi xushta’m birlashmalar). Masalan, og‘zi keng ko‘rinishdagi bokalda havo bilan bokal yuzasi o‘rtasida aloqa ko‘proq bo‘ladi va fenollar tezlik bilan efirga aylanadi hamda vinoga quruq xushta’m maza bag‘ishlaydi. Professor Riedel aniq bir turdagi uzumdan tayyorlangan vinoning xususiyatlarini ochib berish uchun maxsus bokal shakllarini ishlab chiqdi. Riedelning dastlabki vinolari 1961 yillarda sotuvga chiqarildi va zodagonlar tomonidan e’tirofga sazovor bo‘ldi. Vino uchun bokal yaratishda uning nafaqat o‘z vazifasini yaxshi bajara olishi, balki uning ko‘rinishi ham inobatga olinadi (ko‘rkam, chiroyli va oddiylikni uyg‘un qilgan holda). Riedel bokallari yupqa devorli bezaklarsiz bo‘lib, dizayn minimum holatda ya’ni yuqori qismi, oyoqchasi va asosi. Riedelning vino bokallari dunyoning mashhur degustatorlari tomonidan o‘z ish jarayonlarida samarali foydalaniladi. 1973 - yilda SOMMELIERS vino uchun balandligi-235mm, hajmi-405ml bokallari butunjahon ommasi e’tirofiga sazovor bo‘ldi. VINUM chizig‘i 1986 - yilda tanishtirildi, u mashina yordamida ishlab chiqilgan va alkogol ichimliklar iste’mol qiluvchi ixlosmandlarga taqdim etilib, dastlabki narx - sifat xususiyatiga ega bokal xisoblanadi. Keyinchalik boshqa turdagi idishlar ham taqdim etildi. VINUM seriyasidagi bokallar vinoga baho berishni boshlamoqchi bo‘lgan kishilarga bag‘ishlangan. Odatda, bokal shaklining farqiga bormaydigan kishi uning hajmidan dastlab xavotirga tushadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bokal hajmi undagi vino miqdoriga ta’sir o‘tkazmasligi lozim. Sababi ichimlik bokalga hech qachon to‘ldirib qo‘yilmaydi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling