O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Fayans idishlar. Fayansdan yasalgan idishlarning mexanik kuchi va termik 
turg‘unligi kam, shuning uchun ular chinnidan qalin bo‘ladi. Fayans idish - tovoqlar oq, 
o‘ziga nam singdira oladigan, yupqa qatlami ham nur o‘tkazmaydigan, rangsiz bo‘yoq 
bilan bo‘yaladigan xususiyatga ega. Chetiga chertilganda past, tund, tez so‘nuvchi ovoz 
chiqaradi, chunki fayans uncha yuqori bo‘lmagan haroratda ko‘ydiriladi. Fayans qattiq va 
yumshoq bo‘ladi. Yumshoq fayansdan tayyorlangan idishlarning mexanik mustahkamligi 
va termik turg‘unligi uncha yuqori emas. Bunday idishlarning mustahkamligi chinniga 
qaraganda 15 - 25% kam. Fayans idishlar chinnidan ancha yyengil. Ulardan oshxonada 
foydalanish mumkin (miska, ko‘zacha, sut idishi, sochiluvchi mahsulotlar soladigan 
bankalar, tuzlash uchun idishlar va b.).
2-rasm. Fayans idishlar 
Fayans idishlar non, ikki tomoni qovurilgan non (tost), qandolat mahsulotlari uchun 
ishlatiladi: 
1. Somsa solinadigan tarelkalar (diametri 175 mm) yakka mijozlarga xizmat 


166 
qilganda non, qovurilgan non, somsa va boshqa turli xil taomlar solishda ishlatiladi. 
2. Non tarelkalari, kichik oshxona tarelkalari (diametri 24 mm) guruh bo‘lib kelgan 
mijozlarga xizmat qilishda, maxsus guldonlar bo‘lmaganda gazak tarelkalarda beriladi. 
Oshxonaning mayda tarelkalari ikkinchi taom go‘shtli, baliqli, sabzavotli taomlar, shuningdek 
gazak uchun ham ishlatiladi. 
Chinni va farfor - fayans idish - tovoqlarning turlari va ko‘rinishlari 
quyidagicha: 
Tarelkalar. Ular turli xil hajmda bo‘lib, taom va dessertlarni berishda 
ishlatiladi. Farfordan ishlangan tarelkaning sifati ovqatlantirish korxonalarining 
kategoriyasiga bog‘liq. «Luks» toifali restoranlarda ishlatiladigan tarelkalar yupqa 
farfor suvi yugurtirilgan va korxona tamg‘asi bo‘lishi kerak. Hamma tarelkalar tekis 
qirrali bo‘lishi shart. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling