O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

 


162 
8-Mavzu: RESTORANLAR VA OVQATLANTIRISH KORXONALARIDA 
ISHLATILADIGAN IDISH - TOVOQLAR VA ANJOMLAR 
 
 
 
 
 
 
Reja: 
1. Chinni va farfor - fayans idish - tovoqlar  
2. Billur va shisha idishlar  
3. Metall idishlar  
4. Restoran oshxonasida ishlatiladigan anjomlar  
5. Restoran oshxonasida ishlatiladigan sochiq va 
dasturxonlar  
6. Mijozlarga 
sovuq 
gazaklarni 
berishda 
ishlatiladigan idish - tovoqlar  
7. Stolga birinchi va ikkinchi taomlarni berishda 
ishlatiladigan idish - tovoqlar  
8. Mijozlarga dessertni berishda ishlatiladigan 
idish - tovoqlar 
1. Chinni va farfor - fayans idish - tovoqlar 
 
Idish - tovoqlar va anjomlar ovqatlantirish korxonalarining shunday vositasiki, 
u restoranning butun manzarali bezagi, ofitsiant va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning 
yaxshi muomalasi va xizmatidan qolishmaydi. Mijozlar restoranga faqat taom 
iste’mol qilish uchun emas, balki uning chiroyli manzarasidan bahra olish uchun ham 
tashrif buyurishadi. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarida turli xil idish - 
tovoqlardan foydalaniladi: chinni, fayans, shisha, billur, sopol, metall, yog‘och, 
plastmassa idishlar va b.
Oshxona idish - tovoqlari assortimenti va miqdori ovqatlantirish korxonasining 
turi, sig‘imi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimenti va miqdori, ish tartibi
xizmat ko‘rsatish shakliga qarab belgilanadi.


163 
Iste’mol xususiyatiga qarab idish - tovoqlar har bir kishi uchun uch, uch yarim, 
ba’zan to‘rttadan iborat bo‘ladi, ya’ni ikkitasi restoran zali va taom suziladigan 
bo‘limda harakatda bo‘lsa, uchinchisi - yuvish xonasida, to‘rtinchisi - servantda 
bo‘ladi. Ana shu miqdordagi idish - tovoqlar iste’molchilarga uzluksiz va sifatli xizmat 
ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratadi. 
Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarida eng ko‘p ishlatiladigan idishlardan biri 
chinnidir. Ishlab chiqarilayotgan chinni va farfor - fayans idish - tovoqlar shaklining 
oddiyligi, noyobligi, yuksak gigiyena talablariga javob berishi bilan farq qiladi. 
Bunday idishlarda o‘tkir burchaklar bo‘lmaydi, shuning uchun ham sanitariya 
ishloviga qulay xisoblanadi. Chinni va fayans idishlar issiqni uzoq saqlaydi va yuqori 
kislotabardoshlik xususiyatiga ega.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling