124
2.
Taxlil qilishda ishlatiladigan optik asboblar
.
3.
Dorivor o‗simliklar tuzilishi va va ishlash prinsipi bo‗yicha
ko‗nikmalarga ega bo‗lish.
Dorivor o‗simlik mahsulotlarining makro (morfologik)
va mikro
(anatomik) tahlil qilishda quyidagi optik va yordamchi asboblardan foydalaniladi:
lupa, turli mikroskoplar (biologik, sterio, polyarizatsion, lyuminissent va
boshqalar),
yorituvchi asbob, ob‘ektiv va okulyar mikrometrlari,
rasm chizadian
apparat, mikrotom va boshqalar.
Lupadan asosan dorivor o‗simlik mahsulotlarini morfologik (sirtdan
ko‗rinishini) tahlilida foydalaniladi. Uningyordamida mahsulotlarda tuklar, efir
moyli
bezlar
bor-yo‗qligi
ainqlanadi
hamda
mayda
mahsulotlar
(soyabonguldoshlar mevasi, mayda gullar va boshqalar) ko‗riladi.
Oddiy lupalardan tashqari binokulyar mikroskopdan
ham shu maqsadda
foydalaniladi.
Steriomikroskoplar ham asosan dorivor o‗simliklar mahsulotini
morfologik
tahlilida
qo‗llaniladi. Steriomikroskopning
asosiy mohiyati
tekshirilayotgan mahsulotni hajmli qilib ko‗rsatishdadir. Bu esa mahsulotni
tekshirishni ancha osonlashtiradi va mukammallashtiradi.
Odatda tahlil uchun
MBS-1, MBS-2 va MBS-3 steriomikroskoplaridan foydalaniladi.
Biologik mikroskoplar dorivor o‗simliklarning qirqilgan (kesilgan),
maydalangan, poroshokka (kukunga) aylantirilgan
mahsulotlarni hamda ulardan
tayyorlangan briketlar, granulalar va boshqalarni tahlil
qilishda ishlatiladigan
birdan-bir
asosiy
optik
asbobdir.
Biologik
mikroskoplar
yordamida
mahsulotlarning anatomik tuzilishi o‗rganiladi. Bu maqsadda MBR-1, MBR-1A va
MBR-3 universal biologik mikroskoplardan foydlaniladi.
YOritgichlar (yorituvchi asboblar) mikroskop ostida kuzatilayotgan
mikropreparatni tabiiy nur yordamidi ko‗rishning iloji bo‗lmagan
hollarda
qo‗llaniladigan moslamalar. YOritgichlarning nur manbai sifatida elektrolampalar
xizmat qiladi. Mikroskopda ko‗pincha ztkazuvchi nur bilan yorituvchi OI-9 va OI-
31 yoritgichlari hamda qaytariluvchi nur bilan yorituvchi OI-21 yoritgichlari
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: