O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti


YOg‘ochning materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarini bartaraf


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/44
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1780930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)

YOg‘ochning materiallaridagi kamchilik va nuqsonlarini bartaraf 
qilish. 
YOg‘och materiallarning asosiy nuqsonlari deb chirishiga va yonishiga aytiladi. 
CHirish, bu yog‘ochning buzuvchi zamburug‘lar ta’sirida emirilishidir. 
Zamburug‘lar esa ta’sir sharoitiga qarab o‘rmon, ombor va hokazoa turlarga 
bo‘linadi. Zamburug‘lardan himoya qilish uchun ximiyaviy va konstruktiv 
usullardan foydalaniladi. 
Konstruktiv usul deb, har xil usullar bilan materiallarga ta’sir qilayotgan 
namlikdan himoya qilishga aytiladi. Masalan, yog‘och ustunning poydevor bilan 
birikishi qo‘yidagicha himoyalanadi. 
4.5-rasm. Ustunning poydevorga o‘rnatilishi. 


Tom yopmasidagi yog‘och materiallarning devor bilan birikishi esa quyidagicha 
amalga oshiriladi. 
4.5-rasm. To‘sinning devorga o‘rnatilishi. 
Bundan tashqari, chirishidan saqlash uchun materiallar yuqori haroratda qayta 
ishlanishi kerak. Konstruktiv usuldan tashqari himoyada kimyoviy usul ham keng 
qo‘llaniladi. Bu usulda yog‘ochlar zaharli kimyo birikma antiseptiklar bilan 
shimdiriladi. Antiseptiklar suvda eriydigan va yog‘li bo‘ladi. Suvda eriydigan 
antiseptiklar rangsiz va hidsiz bo‘lib odamlar uchun zararsizdir. Masalan, ftorli 
natriy va kremney ftorli natriy shular jumlasiga kiradi. 
YOg‘lik antisepiklar esa ba’zi minerial yog‘li birikmalardir. Masalan, slansli, 
antratsenli, toshko‘mir kreozit yog‘laridir. Bu birikmalar suvda erimaydi. 
Zambururlar uchun zaharli va o‘tkir hidlidir. Bundan tashqari, insonlar salomatligi 
uchun xam zaharli hisoblanadi. Bu turdagi birikmalar yog‘ochga oddiy usulda va 
bosim bilan shimdiriladi. Ayniqsa 14 MPa bosimda yog‘ochga shimdirish katta 
samara beradi, chunki birikma ashyolar ichkarisigacha singib ketadi. 
Konstruksiyalar tayyorlashda oddiy vannalarda shimdirish kam xarajatli 
hisoblanadi, Bundan tashqari, har xil daraxtni kemiruvchi qo‘ng‘izlar va 
emiruvchilar ham yog‘ochni buzuvchilar hisoblanadi. Bu turdagi kemiruvchilar 
yuqori chastotali quchlanish va yog‘ochni 80 
0
S dan yuqorigacha qizdirish 
natijasida yo‘qatiladi. 
YOnishdan himoya qilish uchun esa materiallar antiperenlar bilan shimdiriladi. 
YOg‘ochga surtilgan bu turdagi birikmalar alangalanish jarayonida yog‘och bilan 
kislorod orasida qobiq vazifasini bajaradi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling