3.8. rasm. Turistik korxonani raqiblarning afzalliklarini aniqlash
Moddiy seziladigan aktivlar – bu korxonaning jismoniy va moliyaviy resurslari (asosiy fondlar, pul mablag‘lari va boshq.).
Nomoddiy (sezilmas) aktivlar – bu, odatda, korxonaning sifat tafsilotlari: korxona obru-etibori, xodimlar malakasi va h.k.
Raqobat afzalliklarni aniqlayotganda iste’molchilar talabiga buysunish kerak va mijozlar raqib afzalliklarni zarur deb qabul qilishida ishonch hosil qilishi kerak. Ko‘p hollarda qo‘yidagi vaziyat sodir bo‘ladi: korxona aniq raqobat afzalliklarga ega bo‘lsa, ham, ammo ular to‘g‘risida iste’molchilar bilimga ega emas, deb fikr yuritadi.
Raqobat afzalliklari raqobatbardoshlikning omillari, ya’ni boshqa korxonalar bilan raqobat kurashida qatnashish qobiliyati bo‘lib xizmat qiladi.
Marketing imkoniyatlarni aniqlash uchun SWOT – tahlil (ingliz so‘zlardan tashkil topgan qisqartiruv: strength, ulaknesses, opportunities, threats, ya’ni – kuch imkoniyat, sustlik, tahdid) nomini olgan ya’ni tashkilotning kuchli va sust tomonlari, imkoniyat va tahdidlarning tahlili demakdir.
Usul matritsasidan foydalanishni nazarda tutadi. U qo‘yidagicha izohlanadi. U «KIM» maydoni tashqi muhitda vujudga kelgan imkoniyatlardan foyda ko‘rish uchun korxonaning kuchli tomonlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi ijobiy marketing imkoniyatlarni ochib beradi.
«SLI» maydoni vujudga kelgan imkoniyatlar hisobidan korxonaning sust tomonlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Tahdidlarni yo‘q qilishda korxonaning quvvatidan foydalanish imkoniyatini «KTA» maydoni tahmin va nihoyatda, korxonaning holati uchun «SAT» maydoni jozibasiz va qo‘rqinchli bo‘ladi, chunki tahdidlar ta’siri ostida korxona o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin.
Matritsadan foydalanganda imkoniyatlar va tahdidlarning boshqa tomonga o‘tishini ham hisobga olish kerak. Shunday, ishga solinmagan imkoniyat, agarda uni raqib ishlatsa, tahdidga aylanishi mumkin. Aksincha, bartaraf etilgan tahdid firmaga qo‘shimcha kuchli tomonga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |