O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Download 1.81 Mb.
bet37/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

Tayanch iboralar: marketing muhiti, sub’ekt, strategiya, mikromuhit, makromuhit, boshqarish, moliya, madaniyat, mijoz, demografik omil, urbanizatsiya, iqtisodiy omil, tabiiy omil, fan-texnikaviy omil.


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:



    1. Marketing muhiti deganda nimani tushunasiz?

    2. Marketing ichki muhiti, uning qanday yo‘nalishlari tahlil etiladi?

    3. Ichki muhitni tadqiqot qilishdan maqsad nimada?

    4. Korxona (firma) madaniyati o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi?

    5. Tashqi muhit omillari nimalardan iborat?

    6. Demografik omillarning tafsilotini ayting.

    7. Iqtisodiy omillar muhimligi nimada namoyon bo‘ladi?

    8. Tabiiy omillar mohiyati va ahamiyatini tushuntiring.

    9. Fan-texnikaviy omillar tahlilini ifodalang.

    10. Makromuhit omillar tadqiqotini o‘tkazayotganda ularning qaysilariga e’tibor berish mumkin?



Mavzu 6. Turistik bozorni segmentlash
Reja:
6.1. Segmentlashga yondashuv va undan maqsad
6.2. Segmentlarning mezonlari
6.3. Maqsadli bozorlarni aniqlash


6.1. Segmentlashga yondashuv va undan maqsad

Turistik firmaning resurslari chegaralangan bo‘lganligi uchun barcha mijozlarni qoniqtiradigan tovarlarni yaratish va ishlab chiqarish murakkab vazifadir. Shuning uchun ham firma o‘z harakatlarini bozorning ayrim segmentlariga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiradi. Ular qanday kompaniya samarali xizmat ko‘rsatish holatini ta’minlash uchun bozorda o‘ziga eng ma’qul bo‘lgan segmentlarni aniqlashi zarur. Ammo firmalar bunday siyosatga doimo bo‘ysunishmaydi. Bu borada uch asosiy yondashuv mavjud bo‘ladi:


1. Ommaviy marketing — barcha iste’molchilar uchun qandaydir tovarni ommaviy ishlab chiqarish, taqsimlash va sotuvni rag‘batlantirish. Bunda eng katta, salohiyatli bozor shakllanadi.
2. Mahsulot (tovar) bo‘yicha tabaqalashgan marketing — bunda korxona darhol xossalari, sifati har xil bo‘lgan, bir necha mahsulotlarni oldinga surishga e’tibor qaratadi. Bundan umumiy maqsad — didi turlicha bo‘lgan haridorlarning ehtiyojini qondirishdan iborat.
3. Maqsadli marketing — iste’molchilar aniq guruhlarning didi va afzalliklarga ko‘ra, bozor segmentlari o‘rtasida chegara o‘tkazish, ularni tanlash.
Firmalar ko‘proq ommaviy va mahsulot (tovar) bo‘yicha tabaqalashgan marketingdan ayni paytda mavjud bo‘lgan marketing imkoniyatlarni to‘laroq ochib beradigan maqsadli marketing texnikasiga o‘tishmoqda.
Firma o‘z marketing harakatlarini behuda sarflash o‘rniga e’tiborini tovarlarni harid qiladigan mijozlarga qaratishi mumkin. Marketingning samarali strategiyasi maqsadli bozorlarning aniq joylashuvini taxmin qiladi va faqat shu bozorlarga xizmat ko‘rsatish uchun kuch sarflaydi. Maqsadli bozor, bu — umumiy salohiyatli turistik bozorning segmenti bo‘lib, unda taklif etiladigan tovar (xizmat)lar eng jozibali bo‘ladi.
Bugungi kunda turistik xizmatlar bozorida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham turfirmalar soni ko‘payib, raqobat kuchaymoqda. Ko‘pgina turtashkilotlar cheklangan moliyaviy mehnat va boshqa xil resurslarga ega bo‘lgan kichik biznes korxonalaridir. Buning uchun ular barcha mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘z harakatlarni har tomonlama taraqqiy ettira olmaydilar, samarali va foydali faoliyati uchun to‘rt asosiy tadbirni o‘tkazishni talab qiladigan maqsadli marketing tamoyillaridan foydalaniladi. Bular:
1) bozorni segmentlashdan — segmentlash tamoyillarini aniqlash, qabul qilingan segmentlarning yo‘nalishini tuzish;
2) bozorning maqsadli segmentlarni tanlashdan — qabul qilingan segmentlarning jozibalik darajasi baholaridan, bir yoki bir necha segmentlarni tanlashdan;
3) bozorda tovarning joylashuvidan — maqsadli segmentlarning har birida tovar joylashuvining to‘g‘risi yechilishdan;
4) maqsadli segmentning har biri uchun marketing majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
Turistik marketingda birinchi qadam bo‘lib, turistlar bozorini ayrim muhim mezonlar asosida segmentlarga bo‘lish hisoblanadi.
Bozorni segmentlash — bu bozorni iste’molchilar talablarining umumiyligi bilan tavsiflanadigan qismlarga taqsimlash. Bu segmentlarning har biri maqsadli bozor sifatida tanlanishi mumkin. Undan keyin alohida tovar va berilgan segmentning majmuali marketingni ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Segment — iste’molchilar tovarga bir xil talab qo‘yadigan bozorning bir qismi.
Bozorning ayrim qismlariga iste’molchilar yetib bormasligi yoki yetib borishiga xohishi bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham kompaniyaning mavjud imkoniyatlari eng yuqori samara beradigan joyda to‘plangan bo‘lishi kerak.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling