O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
Turistik mahsulotni loyihalashtirish
Download 1.81 Mb.
|
6 Turizm marketingi (u.q.)
7.4. Turistik mahsulotni loyihalashtirish
Xizmatni loyihalashtirish asosi bo‘lib, uning og‘zaki modeli (yoki qisqacha tafsiloti) — buyurtmachi bilan kelishilgan va xizmat-larni bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga olgan, xizmatlar bozorini tadqiqlash natijasida aniqlangan talablar majmuasi hisoblanadi. Xizmatlar tafsilotlari xizmatning munosib turiga o‘rnatilgan davlat standarti talablaridan past bo‘lmasligi kerak. Loyihaga xizmatning xavfsizligini ta’minlash, xizmatlar iste’molchilari va ularning mulki, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va atrof-muhit uchun xavf-xatarni imkon boricha kamaytirish talablari kiritilgan bo‘lishi kerak. Turistlarga xizmat ko‘rsatishning har bir turiga talablarni ifodalaydigan hujjatlar quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, shakllari va uslublarning bayon etilishi; turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarning tafsilotlari; ishlatadigan jihozlar turiga, miqdori va o‘tkazuvchi qobiliyatiga bo‘lgan talablar; xizmat ko‘rsatishning shartnomaviy ta’minoti; turistlarga xizmat ko‘rsatish kafolatlari; rekreatsion resurslar egalari, sanitariya-epidemiologik nazorati organlari, yong‘in xavfsizligi nazorati va boshq. bilan kelishuvlar. Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yilgan aniq talablar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablaridan past bo‘lmasligi kerak. Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmatni taqdim etishning ayrim bosqichlari va ularning har biri uchun texnologik haritalar majburiy holda tuzish bilan amalga oshiriladi. Turistik xizmatni loyihalashtirish natijasi bo‘lib, texnologik hujjatlar (texnologik haritalar, qo‘llanmalar, qoidalar, cheklanmalar va boshq.) bo‘ladi. «Turistik sayohat» kabi xizmatni loyihalashtirish ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: 1) «turistik sayohat» xizmatiga kiritiladigan har bir turni turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga mos ravishda loyihalashtirish; 2) «turistik sayohat» xizmatini butunligicha loyihalashtirish. Turist talablariga binoan xizmatni loyihalashtirishda korxona-xizmat bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga olish zarur. «Turistik sayohat» xizmatining qisqacha bayoni aholi talablari va to‘lov qobiliyatini, turistik sayohatlar turlariga bo‘lgan talab hamda aniq tumanda rekreatsion resurslar imkoniyatlarini o‘rganish asosida tuziladi. U turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturining loyihasida aniq ko‘rinish beradi. Xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda quyidagilar aniqlanadi: sayohat yo‘nalishi; turistik korxonalari — xizmatlar bajaruvchilarning ro‘yxati; har bir korxona — xizmatlar bajaruvchilarning taqdim etadigan xizmatlar ro‘yxati; ekskursiya va diqqatga sazovor ob’ektlarning tarkibi; turistik sayohat va aylanishlarning ro‘yxati; bo‘sh vaqtni o‘tkazish tadbirlar majmuasi; yo‘nalishning har bir to‘xtash joyida saqlash muddati; sayohatda ishtirok etuvchi turistlarning soni; ichki tashish transport turlari; gid, sayohatga boshlovchi, chet el vakillari, yo‘riqchi, tarjimon hamda ularni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj; transport vositalarining zaruriy miqdori; reklama, axborot materiallarni tayyorlash tartibi, turistik yo‘llanmalarning ma’lumot varaqlari uchun sayohatning bayon shakli va ular miqdori. Turni loyihalashtirish natijasi quyidagilarning to‘g‘ri mazmuni bo‘ladi: a) turistik sayohatning texnologik haritasining; b) korxona — xizmatlarni yetkazuvchining band etish jadvalining; v) turistik yo‘llanmasi axborot varaqasining; g) turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturlarining. Turistik xizmatga bo‘lgan talablar majburiy va tavsiya qilinadiganga ajratiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling