O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
Download 1.81 Mb.
|
6 Turizm marketingi (u.q.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 8. Turistik mahsulot iste’molchilari
- 8.1. Turistik mahsulot iste’molchilari
Tayanch iboralar: turistik faoliyat, turistik resurslar, hayot sikli, o‘sish, yetuklik, o‘sish bosqichi, pasayish, muammo, litsenziya, rejalashtirish, istiqbol, imkoniyat, tahdidlar, loyihalashtirish.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: Turistik faoliyat nimada namoyon bo‘ladi? Turistik mahsulot tushunchasini izohlang. Turmahsulotning tarkibiy qismlarini ayting. Turmahsulotning hayot sikli bosqichlarini sanab o‘ting. Turmahsulotni tatdiq etish bosqichining mazmunini tushuntiring. O‘sish bosqichining muhimligi nimadan iborat? Yetuklik bosqichining belgilarini aniqlang. Pasayish bosqichi nimada aks etadi? Turistik korxona nimalarni amalga oshiradi? Firmaning kuchli tomonlari nimalardan iborat? Kuchsiz tomonlari-chi? Ularni izohlang. Firma imkoniyatlari nimadan iborat? Firma faoliyatiga nimalar tahdid soladi? Rejalashtirishda ishtirok etish muammosi nimalardan iborat? Loyihalashtirish qanday amalga oshiriladi? «Turistik sayohat»ni loyihalashtirish bosqichlarini ayting. Hurmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda nimalar aniqlanadi? Turistik xizmatga bo‘lgan talablar qanday ajratiladi? Sifat nazoratini loyihalashtirish nimalardan iborat bo‘ladi? Mavzu 8. Turistik mahsulot iste’molchilari Reja: 8.1. Turistik mahsulot iste’molchilari 8.2. Turistik mahsulotning harid jarayoni. turmahsulot haridi jarayonida ishtirok etuvchilar 8.3. Turxizmatdan foydalanuvchilar ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari 8.1. Turistik mahsulot iste’molchilari Marketing jarayonida yakun yasash iste’molchilarni (hozirgi va kelajakdagi) tanlash, ularning xohishlari va ehtiyojlarini aniqlashdan boshlanadi. Ular xohishlari va ehtiyojlari turistik mahsulotni iste’mol qilishda namoyon bo‘ladi, ya’ni turistik xizmatlari, ishlar va tovarlar iste’molchilari bu turistlar hisoblanadi. Bu shubhasiz haqiqat bo‘ladi va buni esdan chiqargan yoki hisobga olmagan turistik markaz turizmdan rejalashtirgan daromad ololmaydi. Aksincha, turist xizmati uchun barcha narsani harakatga keltirgan va turistik sanoatning hamma tarmoqlari barkamol rivojlangan turistik markazlari boy bo‘lib, turizm industriyasini rivojlantirishga katta mablag‘lar sarflashi mumkin. Turistik mahsulot iste’molchisi bo‘lib turistlar, ekskursantlar va yakka holda yoki guruh bo‘lib mustaqil yoki reja asosida turistik markazga boshqa keluvchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, ularga o‘z tavsifiga ko‘ra, turistik turkumiga kirmaydigan, masalan, mahalliy aholi kiradi. Turistik mahsulot iste’molchisiga aylanish uchun u quyidagi chizmada ko‘rsatilgan bosqichlardan o‘tishi kerak: Turist – tashrif buyuruvchi, ya’ni uning odatdagi muhit tashqarisida joylashgan hududlarida, safar muddati 12 oydan ko‘p bo‘lmagan, tashrif buyurgan xudud manbalaridan qoplanadigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Barcha turistlarni quyidagicha guruhlash mumkin (jadval 8.1.) Turistlarni hayot tarziga nisbatan guruhlash turlarini aniqlash yanada takomillashgan yondashuvni taqozo etadi, chunki odam va uning xulqi alohida emas, balki uning hayotdagi o‘rni, xilma-xil narsalarga va uning xohishlariga bog‘liq bo‘lgan holda ko‘rib chiqiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling