O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
Turxizmatdan foydalanuvchilar ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari
Download 1.81 Mb.
|
6 Turizm marketingi (u.q.)
8.3. Turxizmatdan foydalanuvchilar ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari
Dam olishga bo‘lgan munosabat asrdan asrga o‘zgarib kelgan. Shunga binoan ish haftasi ham ahamiyatli qisqargan. XIX asrning 50-yillarida ish haftaning o‘rtacha davomiyligi 70 soatni tashkil qilgan. U qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ish vaqtidan ham ko‘p bo‘lgan. 1920 yilga kelib, ish haftasi 50-soatgacha qisqargan. O‘rtacha ish kunining davomiyligi 12 soatdan 8 soatgacha qisqardi. Ish kunlar soni 7—5 kungacha kamaydi. Iste’molchilar ijtimoiy ruhiyati muhim o‘zgarishlarga duch keldi. O‘tgan asrning 50—70-yillarida iqtisodiyot ko‘proq ishlab chiqarishga, iste’molchi esa ko‘proq iste’mol qilishga tayyor edi. Mehnat qilish inson hayotining asosiy tarkibiy qismi bo‘lsa dam olish esa kelajakda mehnat qilish uchun kuchni qayta tiklash omili deb hisoblangan. Hozir kishilar dam olishga bo‘lgan huquqni hayotning eng muhim tomoni deb qarashadi. Hayot quvonch keltirishi kerak, dam olish — bu shaxsning o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat, ish esa hayotga munosib darajasini saqlash uchun zaruriy vositadir. Yangi iste’molchi, ilgarigidek, ko‘proq iste’mol qilishga intiladi, lekin eng avvalo e’tiborini dastlabki ehtiyojlarni qondirishga qaratadi. U e’tiborini ko‘proq taassurot, dunyoni bilish, rohatlanish, o‘z-o‘zini ko‘rsatishga va kamroq darajada moddiy ne’matlarga qaratadi. Ko‘pgina mamlakat bozorlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda yangi, quyidagi ruhiy-xulqiy xususiyatlar bilan farq qiluvchi iste’molchilar shakllangan: axborot olishning yuqori darajasi; shinamlik va xizmatlar sifatiga yuqori talabchanlik; mustaqillik; ong ekologizmi (atrof-muhit nozikligini va uning inson bilan uzluksiz yagonaligini sezish); echimlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi; chaqqonlik; dam olishdagi jismoniy va aqliy faollik; hayotda tez-tez o‘zgaradigan taassurotlar olishga intilish. Ko‘p marotaba chet elda bo‘lgan va sifatli xizmat ko‘rsatish haqida taassurotga ega bo‘lgan chiniqqan, axborotga boy, talabchan, taklif etiladigan tovar va xizmatlarga tanqidiy yondashgan, chet eldagi serobgarchilikdan taltaygan, taassurot va huzur-halovatlarga intilgan turmahsulotning yangi iste’molchisi — turistik bozorda ham o‘zini boshqacha tutadi. Yuqorida aytib o‘tilgan ijtimoiy ruhiyatdagi o‘zgarishlar turistik xizmatlar bozorida iste’molchilarning yurish-turishlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. G‘arb mamlakatlarida keyingi 30 yil ichida, O‘zbekistonda esa oxirgi o‘n yillikda turizmning gurkirab rivojlanishi sayyohlarning o‘zini tutishida o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. 1. Turistik sayohatlar asoslanishida dam olishning faol shakllari ta’siri kuchaymoqda va segmentlash chuqurlanishi kuzatilmoqda. 2. XX asrning 50—80-yillarida mamlakat ichidagi sayohatlar ko‘p edi, faqat ayrim odamlar ish safari yoki asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar hamda yaqin xorijga borish imkoniyatiga ega edilar. 90-yillardan boshlab, turistik sayohatlar jug‘rofiyasi o‘zgara boshlab, chetga chiqish turizm yo‘nalishi kuchaydi, mamlakat ichidagi turlar kamaydi. Chetga chiqish turizmi ichida «uzoq sayohatlar» segmentdagi janubiy-sharqiy Osiyo, Indoneziya, Yaponiya, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga bo‘lgan talab osha boshladi. Bunda chetga chiqish turizmning masofasi va chetda bo‘lish muddati qisqarishi kuzatildi. 3. Yangidan paydo bo‘ladigan yo‘nalish turistik sayohatlar soni, shu jumladan, qisqa muddatli dam olishlarning ko‘payib borishidir. Ayrim turistlar qisqa muddatli, ammo tez-tez bo‘ladigan dam olishlar yoki bayram kunlari — yangi yilni kutib olish, diniy bayramlarni o‘tkazish kabi sayohatlarni afzal ko‘rishadi. Qisqa muddatli, ammo tez-tez bo‘ladigan sayohatlar iste’molchilarning turmarkazni tanlab olish yechimning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi, samarali, taassurotlarga boy dam olish talablariga javob beradi. Qisqa, lekin samarali dam olishlar asosiy ta’tildan turmarkazda bo‘lish bir kunlik harajatlari oshishi, turistlarning katta faolligi va harakatchanligi bilan farq qiladi. Aholi turmush tarzining o‘zgarishi. Turmush tarzi — inson faoliyati, manfaatlari va ishonchlarida o‘z ifodasini topgan, uning dunyoda yashashi barqaror shakllari. Turmush tarzi bu odamning harakatlari va atrof-tevarak bilan bo‘lgan uzviy munosabatlarning to‘liq sur’ati. Bu ma’lum ijtimoiy sinf yoki shaxs turiga mansub bo‘lishdan ko‘pdir. Insonning u yoki bu ijtimoiy sinfga mansubligi to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish asosida uning taxminan o‘zini tutishi xususida ma’lum xulosa chiqarish mumkin, ammo uni yakka holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson shaxsi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmoq uning farqli ruhiy tavsiflar to‘g‘risida xulosa qilish mumkin, lekin uning faoliyati, manfaati va ishonchlarini bilib bo‘lmaydi. Tovar (xizmat) marketing strategiyasini ishlab chiqarishda menejerlar tovar (xizmat) va hayot ma’lum tarzi o‘rtasida uzviy alohani topishga harakat qiladi. Odamlarni sarguzasht maqsadida uyushtirilgan sayohatlar, yangi sezgilarni olish, sog‘lom dam olish va h.k. o‘ziga jalb qiladi. Ular hayot yangi uslublarini sinash va dam olishni o‘tkazish yangi turlarini o‘rganib, o‘z fikrini ifodalash va o‘z-o‘zidan qanoatlanishga qiziqadilar. Dam olayotganda ular vaqtni o‘zini bilishga sarflashadi. Zamonaviy jamiyat esa bu xoslikni, o‘zini hurmat qilishni va o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan qiziqishni ma’qullaydi. Hayot uslublari, dam olish kunlari, erkak va ayollar teng huquqligi, xotin qizlar erkinligi bilan olib borilgan tajribalar turizmga iste’molchilarning yangi guruhlarini yaratib berdi. Moda, urf-odatlar, an’analar ham turistik xizmatlar iste’molchilari fe’l atvori va bevosita talabiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Demak, iste’mol bozoridagi vaziyatni hisobga olgan holda quyidagi yo‘nalishlarni ko‘rish mumkin: shaharlar roli oshishi; an’anaviy narx-navoning yangilanishi va, shu jumladan, dam olishga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi; maqsadga, mavqeiga erishishda yoshlar harakatchanligi; ishlaydigan ayollarni turmushga jalb qilinishi, xalqimizda boshqa mamlakatlar xalqlariga bo‘lgan qiziqshining ortishi. Shunday qilib, mamlakatimizda iste’molchilar tomonidan turistik xizmatlarga bo‘lgan talabning o‘sib borishiga yaxshi sharoit yaratilishining ko‘pgina ob’ektiv omillari vujudga keladi. Turfirma rivojlanishni boshqarishi marketing tadqiqotlarni yuritish orqali o‘z mijozlarni o‘rganish, ular bilan doimiy o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlash, agressiv marketing dasturlarni tashkil etish orqali maqsadli bozor ehtiyojlari o‘zgarishiga doimiy kuzatish zaruratini talab qiladi. O‘zgarishlarga faqat mutanosib ravishda javob berish emas, balki ularni to‘g‘ri boshqarish kerak. Kelajakda kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bozorda omon qolishi uchun firmalar o‘z iste’molchilariga ular uchun jozibali bo‘lgan xizmat-larni taklif etishi zarur. Odamlar o‘z tanlovida talabchan bo‘lib, eng avvalo, tovar (xizmat) sifati va mazmunini afzal ko‘rishadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling