Tayanch iboralar: motiv (dalil), ehtiyoj, iste’molchilar xulqi, nazariya, foyda, xavf-xatar, kurort, obro‘-e’tibor, e’tirof, nufuz, jozibali mahsulot, naflik, taassurot, resurs, milliy park.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Turistik dalillar nimalardan iborat?
Ehtiyoj nimaga bo‘lgan talab?
Dalillashtirish qanday jarayonlardan iborat?
Mijozda xohishni uyg‘otish uchun nimalarni bilish zarur?
Dalillashtirishning qanday nazariyalari mavjud?
D.Shvars nazariyasiga binoan qanday dalillar ma’qul deb qabul qilinadi?
Hissiyot dalillari nimalardan iborat?
Jozibali turistik mahsulotni yaratishda turoperatorning o‘rnini aniqlang.
Turistik mahsulotning iste’mol xossalarini ajratib bering.
Mehmondorchilik tushunchasining tarkibiy omillari nimalardan iborat.
Turistik taassurotlar nimani anglatadi?
Turistik resurslar nima?
Mavzu 10. Turizm korxonasi marketing xizmatini tashkil etilishi va faoliyati
Reja:
10.1. Turistik korxonada marketing xizmati
10.2. Marketing xizmatining tashkiliy tarkibi
10.1. Turistik korxonada marketing xizmati
Tarixiy shunday bo‘lib kelganki, necha un yillik mobaynida marketing bo‘limi sotish bilan shug‘ullanuvchi oddiy bo‘limdan kompaniya faoliyatining muhim funksional sohasiga aylangan.
Marketing firma ichidagi rivojlanishida odatda uning oltita bosqichga ajratiladi:
1 bosqich. Sotish bilan shug‘ullanuvchi oddiy bo‘lim. Dastlab korxonalarda savdo xodimlarini boshqarish vazifasini o‘taydigan rahbar lavozimi kiritiladi. Agar korxona marketing tadqiqotini yoki reklama kompaniyasini o‘tkazish niyatida bo‘lsa, u boshqa kompaniyalarning mutaxassislariga murojaat qilar edi (rasm 10.1.).
Do'stlaringiz bilan baham: |