O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


chizma. Firma obro‘-e’tiborining shakllanishi


Download 1.81 Mb.
bet75/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

13.2. chizma. Firma obro‘-e’tiborining shakllanishi.

Turistik korxona maqsadli auditoriya ongida yaratilgan obrazi mutaxassislar bilan yaratilgan obraziga muvofiq bo‘lishiga intilishi kerak. Bu umumiy qoida bir qator xulosalarni yaratadi. Ularni firmaning ijobiy obro‘ - e’tiborini shakllantiruvchi qoidalar, deb atash mumkin:


1. Mutaxassislar bilan yaratilgan obraz firmaning haqiqiy afzalliklariga asoslangan bo‘lishi kerak, bevosita mutaxassislar bilan kiritilgan tavsiyalari esa firmaning haqiqiy afzalliklardan kelib chiqishi kerak.
Tushunarliki, agar firma mijozlar oldida o‘z vazifalarini va majburiyatlarini bajara olmasa, u o‘z obro‘-e’tiborini ham, ishonchini ham umuman yo‘qotishi mumkin.
2. Obro‘-e’tibor aniq manzilga ega bo‘lishi kerak, ya’ni ma’lum bir auditoriyani o‘ziga jalb qilishi kerak.
3. Obro‘-e’tibor faqat o‘ziga xos asl nusxada bo‘lishi, boshqa firmalardan ajralib turishi va osongina tanilishi kerak.
4. Obro‘-e’tibor oddiy va tushunarli bo‘lishi, ortiqcha ma’lumotsiz, osonlik bilan yodda qolishi kerak hamda yanglishishlar iloji boricha kamroq bo‘lishi kerak.
5. Obro‘-e’tibor egiluvchan bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, maqsadli auditoriyalar ongida o‘zgarmasdan qolib va taniqli bo‘lib, u iqtisodiy, ijtimoiy, ruhiy vaziyatlarda, modada ro‘y beradigan o‘zgarishlar hamda maqsadli auditoriyalar ta’sirida tezkor o‘zgarishi mumkin.
Maqsadli auditoriya turistik korxona va u tavsiya etadigan xizmatlarning bir qatori bilan yaqin tanish bo‘lgan vaqtda, uning bu korxona va xizmatlarga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tibor beriladi. Bunday tadqiqotning nisbiy natijalari firma va (yoki) uning xizmatlariga bo‘lgan hayrixohlik munosabatini shakllantirishdan iborat kommunikatsiya yo‘llarining maqsadini belgilaydi. Bundan tashqari, yoqimsiz munosabatlarning sabablarini o‘rganib, ularni yo‘q qiladigan chora-tadbirlardan foydalanish kerak. Bunda, balki firma va (yoki) uning mahsuloti to‘g‘risida bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Agar firmaga bo‘lgan ishonchsizlik haqiqatda ro‘y bersa, bunda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.
Firma va uning mahsulotlariga hayrixohlik munosabatlari yaratilgan auditoriyaga nisbatan kommunikatsiya yo‘llarining maqsadi, odatda, turistik korxona va xizmatlarning OBRO‘-e’tiborini tasdiqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadga erishish mijozlarda afzal ko‘rish tuyg‘usini shakllantirish uchun qulay asos yaratadi.
Maqsadli auditoriyada afzalliklarni yaratishga yo‘naltirilgan marketing kommunikatsiya yo‘llari muvaffaqiyatga erishgan holatda iste’molchilarning ongida raqiblar mahsulotlaridan turistik korxona o‘zi va uning mashulotlari ahamiyatli ustun bo‘ladi, degan fikrni tug‘diradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, iste’molchilarning hurmatiga ega bo‘lish, hali yetuk degani emas. Buning uchun maqsadli auditoriya aniq firmaga, aniq mahsulot uchun murojaat qilish zaruratiga ishonchini shakllantirish kerak. Bu yerda salohiyatli iste’molchilarni tanlash to‘g‘riligiga ishontirish kerak.
Firmaga muhim xizmat uchun murojaat qiluvchi va azaldan uning zaruratiga astoydil ishongan iste’molchilar, ayrim sabablarga ko‘ra bu yo‘nalishda harakat qilolmasligi ham mumkin. Bunday vaziyatda mahsulotni olishga istak (xohish)ni uyg‘otish uchun kommunikatsiya yo‘llari maqsadi ko‘rib chiqiladi. Firma buning uchun bu auditoriyaga mashulotni arzonroq taklif etishi, turistik mashulotni sotib olishga qiziqishni uyg‘otish uchun boshqa imtiyozlarni taklif etishi mumkin. Agar maqsadli auditoriya aniq bir mahsulot uchun murojaat qilsa, ammo turistik korxonaning xohishiga qarshi kam murojaat qiladigan bo‘lsa, marketingning kommunikatsiya yo‘llari oldida sotuv hajmini oshirish kabi maqsad qo‘yilishi mumkin.
Nihoyat, kommunikatsiya yo‘llarining maqsadli sifatida maqsadli auditoriyani xulqini o‘zlashtirish g‘oyasi oldinga surilishi mumkin.




    1. Download 1.81 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling