O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Download 1.81 Mb.
bet76/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

Turizmda reklama



Reklama - tovar va xizmatlar turlariga talabni yaratish maqsadida ularning iste’mol qiymatlari to‘g‘risida ma’lumot o‘zatish, ularni ommaviylashtirish. Reklama maqsadi - turistik korxonada qabul qilingan marketingning umumiy strategiyasi va uning kommunikatsion strategiyasi bilan belgilanadi. Maqsadlarning xilma-xilligini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin:

  • sotuv sohasidagi maqsad, ular sotishlar hajmi sezilarli qo‘shimcha o‘sishiga olib kelishi kerak yoki iste’molchilarni turistik xizmatlarni sotib olishga undashi kerak;

  • kommunikatsiya sohasidagi maqsadlar – uzoq vaqt davomida sotishlar hajmining o‘sishiga undaydigan aniq g‘oyalarni o‘zatish, korxona obruyini shakllantirish va iste’mol odatlarni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Lekin o‘sha vaqtni o‘zida oldinga surilgan g‘oyaning tasnifini aniqlash qiyin kechadi. Bu yuqorida ko‘rsatilgan guruhlar o‘rtasida aniq belgilangan tafovutlar yo‘qligida namoyon bo‘ladi. Reklama faoliyatini amalga oshirganda ko‘p holatlarda ularning kombinatsiyasiga murojat qiladi.

Kommunikatsiyalar sohasida reklama axborot berish va eslatish vazifalarni bajaradi, sotish sohasida esa asosan ko‘ndirish (ishontirish vazifasi)ga qaratilgan bo‘ladi. Bu uchta vazifani hisobga olgan holda reklamaning eng ko‘p uchraydigan maqsadlarini quyidagicha ajratish mumkin (13.1. jadval):

Jadval-13.1.


Reklamaning ko‘p uchraydigan maqsadlari



Reklama vazifalari

Reklama maqsadlari

Axborot o‘zatish

Ishontirish

Eslatadigan



  • mahsulotga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish;

  • mahsulotni sotib olishga undash;

  • sotish hajmini ko‘paytirish;

  • raqobatga bardosh berish;

  • obruyini tasdiqlash;

  • xabardorlik va talabni qo‘llab-quvvatlash.

Reklama maqsadlarini amalga oshirish uchun reklama jarayonini o‘rganib chiqish kerak, chunki uning yordamida marketing yo‘nalishlarni va turistik korxonaning tijorat siyosatini oshirish mumkin.


Reklama jarayonini tushunish uchun uning asosli texnologiyasini aniqlash kerak va alohida unsurlarga ajratish kerak (13.2- rasm).




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling