O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Download 1.81 Mb.
bet79/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

Turmahsulotni o‘tkazish

Turizmda turistik mahsulotni iste’molchiga yetkazish bo‘yicha tadbirlarga katta ahamiyat berilmoqda. Turistik mahsulotni ilgari surish — turistik mahsulotni realizatsiyasiga qaratilgan tadbirlar majmuasiga — reklama, maxsuslashtirilgan ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etish, turistik mahsulotni sotish bo‘yicha turistik axborot markazlarni tashkil etish: katalog, buklama reklamalarni nashr etish va h.k. kiradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, turmahsulotni ilgari surish salohiyatli iste’molchilarga mahsulot afzalliklari to‘g‘risida axborotni yetkazish bo‘yicha faoliyatning har xil turlarini amalga oshirishni va ularda shu mahsulotni sotib olish uchun xohishning paydo bo‘lishini raQbatlantirishni ko‘zda tutadi.


Turmahsulotni o‘tkazish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:

  • reklama kompaniyasi;

  • sotishni raqbatlantirish;

  • shaxsiy sotuvlar;

  • jamoat bilan aloqalar orqali.

  • Bajaradigan vazifalarga binoan reklamani quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • axborot yetkazib beradigan;

  • undaydigan;

  • eslatadigan.

Axborot yetkazib beradigan reklama dastlabki talabni yaratish maqsadida iste’molchilarni yangi turlar bilan tanishtiradi.
Undaydigan reklama inson hissiyotiga ta’sir etib, uni harid qilishga undaydi.
Eslatadigan reklama yaxshi tanish bo‘lgan turning borligi to‘Qrisida iste’molchini xabardor qilish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi.
Reklamaning asosiy vositalari quyidagilardir:
1. Sayohatlarning kataloglari — ular turistik tovar va xizmatlar to‘Qrisidagi ma’lumotlardan, rasmlar va narxlardan iborat bo‘ladi. Turoperator va turagentlar kataloglardan tur dasturlarini tavsiya etish paytida foydalanadilar. Katalog har xil yo‘nalishlarning suratlar bilan bezatilgan rang-barang tasvirlarini, sayohat dasturlari, transport xizmatlari va jo‘nash vaqtlarini o‘z ichiga oladi.
2. Risola va ma’lumotnomalar — kichik hajmdagi nashrlar bo‘lib, turistik dam olish joylar ro‘yxati, joylashish o‘rinlar to‘Qrisida to‘laroq ma’lumotlar, narxlar, transport jadvali va boshqalar to‘Qrisida ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Turistik firmalar ulardan salohiyatli mijozlarni mavjud bo‘lgan turxizmatlar bilan tanishtirishda va sotish jarayonida yordamchi vositachi sifatida foydalanadi. Ma’lumotnomalar, odatda, bitta bezatilgan betda chop etiladi, ularni ishlab chiqarish oson va arzon bo‘ladi. Ular eng ko‘p tarqalgan reklama vositasi bo‘lib hisoblanadi.
3. Harid xatlari taxminiy qiziqishlari ma’lum bo‘lgan salohiyatli mijozlar, maqsadli guruhlarga jo‘natiladi. Ular yordamida «zudlik bilan sotiladigan turpaketlar» yoki axborotni tezda yetkazish mumkin. Harid xatlari mustaqil holda yoki risola va ma’lumotnomalar bilan birgalikda ishlatiladi.
4. Ommaviy axborot vositalarida reklama — bu nashr, televideniye, radio, ko‘chadagi reklamalar. Uning bosh xususiyati — katta miqdordagi odamlarga reklama axborotlarni yetkazish imkoniyati. Ommaviy reklama axborotlarni yetkazish imkoniyati. Ommaviy axborotning har xil vositalarida reklama qiymati ham har xil. Ommaviy axborot vositalarni tanlashda aniq reklama axborotiga va uni o‘tkazishga ajratilgan mablaQ miqdoriga e’tibor beriladi.
5. Ko‘chadagi reklama ma’lum joylashuvga, axborotning kichik hajmiga ega bo‘lib, ko‘pincha belgilar va rasmlardan iborat bo‘ladi. Ko‘chadagi reklamaning bu sifatlari kam vaqt ichida e’tibor berilishiga asoslanadi. Odatda, u ommaviy axborot vositalari reklamasiga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi.
6. Harid joyida reklama — turlarni sotilishi amalga oshiriladigan xonalarning devorlari va derazalarida joylashtirilgan plakatlar, lavhalar, afishalar, reklama taxtachalarda o‘z ifodasini topadi. Bu reklama iste’molchilarni qaror qabul qilayotganda boshqa axborot vositalarida uchragan reklama to‘Qrisida eslatma berish maqsadiga qaratilgan bo‘ladi.
Raqobatlantiruvchi tadbirlar turistik xizmatlarni sotishini yengillashtirish va tezlashtirish maqsadida kommunikatsiyaning boshqa vositalariga ko‘maklashishga qaratilgan. RaQbatlantiruvchi tadbirlar, odatda, ikki guruhga bo‘linadi. Ulardan birinchisi xodimlarga, ikkinchisi esa, mijozlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Birinchi guruhga turagentlarda dadillashtirishni oshirishga, turmahsulot to‘g‘risida bilim doirasini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar: tanishuv turlari, risolalar, ma’lumotnomalar, ko‘rgazmali materiallar va h.k.lar kiradi. Risola va ma’lumotnomalarni turoperatorlar sotish uchun yordamchi vosita sifatida ishlatadilar. Ko‘rgazmali material turistik agentlikning ofisida afisha, stendlar, mahallliy ijod buyumlari va slaydlarni ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, turistik yo‘llanmalarni sotib olish jarayonida ko‘maklashadi.
Ikkinchi guruhga mijozlarga yo‘naltirilgan tadbirlar: to‘Qri aloqa — bo‘lajak mijozlar nomiga yuborilgan risola va ma’lumotlar qo‘shilgan harid xatlari; maxsus takliflar — bir turdagi guruhlar (talabalar, nafaqaxo‘rlar) uchun aviachiptalar narxini vaqtinchalik pasaytirish, gavjum bo‘lmagan mavsum paytida mehmonxonalar xonalariga pasaygan narx o‘rnatish; sovrin sifatida sayohat taklif etiladigan konkurs va lotereyalar. Rag‘batlantiruvchi tadbirlar harid jarayoniga ko‘maklashadi va turistik xizmatlarni harid qilishning qisqa muddatli o‘sishiga olib keladi (13.2-rasm).


Rag‘batlantirish bilan

Rag‘batlantirmasdan




Rag‘batlantirish natijasida
olingan vaqt yutug‘i



Vaqt

Shaxsiy sotishlar tovar va xizmatlarni og‘zaki tavsiya etishdan iborat bo‘ladi. Jamoat bilan aloqalar (Public Pelation) har xil davlat va ijtimoiy tuzilmalar bilan yaxshi munosabatlarni yaratish orqali turistik kompaniyaning ko‘ngildagidek obro‘sini shakllantirishni ko‘zda tutadi.


Turmahsulotni Public Pelation yordamida oldinga siljitish vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Matbuot uchun axborot gazeta, jurnallar va boshqa nashrlarga taklif etiladi. Unga o‘zgarishlar kiritilmaydi va sharhlar berilmaydi, axborotni yuborgan tashkilotni nomi ko‘rsatiladi. Matbuot orqali ish olib borish jamoat bilan aloqa yuritishning eng samarali va muvaffaqiyatli aloqa vositalaridan biridir. Jamoat munosabatlari vositalariga radio va televideniye orqali turfirmaning xizmatlarini emas, balki uning ijtimoiy sohadagi, muhit-atrofni asrash faoliyatida yutuqlarini reklama qilish ham kiradi.
2. Axborot anjumanlari oldindan ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshiriladi. Odatda, bu reja quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • yangi turistik mahsulotni mehmonlarga tavsiya etishdan;

  • firma vakillarining turfirmani yaratish tarixi, uning faoliyati to‘g‘risida hikoyasi bilan birgalikda anjumanga kelganlarning savollariga javob berishdan;

  • yengil ichimliklar va do‘stona kechki ovqat sharoitida yiQilganlarning o‘zaro munosabatda bo‘lishidan.

3. Rasmlar bilan bezatilgan hikoyalar — bosma nashrda turfirma faoliyati to‘g‘risida eng to‘la axborot berishning tavsiya etish usuli.
4. Yarmarkalar va boshqa tashkiliy tadbirlar. Jamiyatga ta’sir o‘tkazishning bu usuli bir joyda salohiyatli mijozlar ko‘p soni to‘planishi bilan belgilanadi. Bu milliy va xalqaro savdo yarmarkalari, xalqaro anjuman va kongresslar, yirik magazinlarda turistik mahsulotni tavsiya etish kabilardir. Bunda reklamaning barcha usullari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, slaydlarni ko‘rsatish, filmlarning qismlaridan foydalanish, mahalliy hunarmandchilik buyumlarini tavsiya etish va h.k. Reklamaning muvaffaqiyatli usulini tanlash bu tadbirlarning muhim garovidir.
5. Homiylik va xayr-sahovat — pul mablag‘larning notijorat faoliyatiga rejalashtirilgan qo‘yilmalari, ularning natijasida firma obro‘sining yaxshilanishi va turistik xizmatlar hajmining ko‘payishi kutiladi. homiylik va xayr-sahovat ishlari uchun tadbirlarni va ob’ektlarni tanlashning bosh mezoni bo‘lib, ularning ijtimoiy muhimligi va taniqligi hisoblanadi. Madaniyat, sport, fuqarolarning salomatligini qo‘llab-quvvatlash obro‘li, deb hisoblanadi.
Mana shu xatti-harakatlar va choralarning hammasi iste’molchini tarbiyalashga, unda firmaga kerakli haridorlik raqobatni belgilaydigan o‘rganish-odatlar, did, talab va ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgandir.
Firma o‘z faoliyatini marketing tamoyillari asosida olib borar ekan, tovarlarni o‘tkazish, sotish bilan shug‘ullanadigan bo‘limlarning tuzilishi va vazifalarini o‘zgartirishi zarur bo‘ladi. Xizmatlarni o‘tkazish, sotish bo‘limining xodimlari buyumlarni bajaruvchi kishilargina bo‘lib qolmasdan, balki tijorat agentlari va vositachilariga, ulgurji va chakana savdoga texnika va iqtisodiyotga doir kerakli maslahatlarni bera oladigan, reklama ishini biladigan, ko‘rgazmalar, yarmarkalar tashkil etishni uddalaydigan, savdo zallari va vitrinalarida chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ya oladigan, xullas, xizmatlarni haridorga taqdim eta oladigan, servis xizmati ko‘rsatishga yordam bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, marketing sharoitlarida sifatli xizmatlar ko‘rsatish kerak. Sotuv jarayoniga ta’sir o‘tkaza bilish lozim. Bu o‘rinda hamma narsa: bir talay o‘xshash xizmatlar orasida o‘z firma xizmatini sotib olishni ma’qul ko‘radigan haridor talabini shakllantirish maqsadida alohida tashkil etilgan majmuali tadbirlar: tijorat vositachilari va sotuvchilarni moddiy raQbatlantirish choralari; iste’molchilar bilan ishonchli aloqalar o‘rnatish uchun har xil uchrashuvlar, kompaniyalar o‘tkazish, firma obro‘sini joriy etish, xizmatlar, homiylik, xizmatga yo‘ldosh bo‘ladigan maxsus reklama va axborot doiralarini kengaytirish juda muhim.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling