13.1.- rasm. Reklama jarayonining mutanosib chizmasi.
Turistik firmalar reklama jarayonini tashkil etilishiga har xil yondashadi. Kichik firmalarda reklama agentligi bilan aloqada bo‘ladigan marketing bo‘limi xodimlaridan birontasi shug‘ullanadi. Yirik turistik firmalar, odatda reklama chora-tadbirlarni amalga oshiradigan reklama xizmatlarni tashkil etadi. Keng ko‘lamli reklama aksiyalar uchun ko‘p hollarda reklama agentliklarning mutaxassislari jalb qilinadi. Shu vaqtning o‘zida marketing tamoyillarini amalga oshiruvchi ko‘pgina firmalar oldida savol tug‘iladi: o‘zining reklama xizmatini yaratish (kengaytirish) kerakmi yoki ixtisoslashgan tashkilotlar (reklama agentligi) xizmatlaridan foydalansa bo‘ladimi? o‘z reklama xizmatini yaratish savoliga yakka holda javob berish qiyin, chunki hamma narsa ish hajmi, taxmin qiladigan yo‘nalish va reklamaga ajratiladigan mablag‘larga bog‘liq. Bir narsani aniq aytish mumkinki, reklama agentligi xizmatlarsiz ishni uddalab bo‘lmaydi. Reklama bilan bog‘liq shunday ishlar borki, ular mutaxassislar tajribasiga muxtoj bo‘ladi yoki maxsus jihozdan foydalanishga (masalan, radioroliklarni, reklama taxtalarni, esdalik sovg‘alar reklamasini tayyorlash) majbur bo‘ladi.
Reklama agentligi reklama beruvchilarning buyurtmasiga binoan reklama materiallari bilan bog‘liq ijodiy va bajaruvchi vazifalarni amalga oshiradi, reklama asl nusxasini tayyorlaydi, majmuali reklama kompaniyalarni va alohida reklama chora-tadbirlarni o‘tkazadi, reklamaning uzatish vositalari bilan aloqa o‘rnatadi, majmuali marketing tadqiqotlari bo‘yicha xizmatlarni amalga oshiradi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, u yoki bu agentlikning xizmatlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Nigel forstar o‘zining «Reklama ishida o‘z yo‘lingni top» kitobida reklama agentliklar faoliyati to‘g‘risida quyidagini yozgan: «Kimga o‘z pulimni to‘lasam, ulardan qo‘rqaman». Reklama agentligini tanlashda xavf-xatar darajasini kamaytirish uchun, quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘lardi:
agentlikni yaratish vaqti va ish tajribasi;
zaruriy mutaxassislarning yetarli qiziqtiradigan yo‘nalish bo‘yicha ixtisosligi;
tavsiya etadigan xizmatlarning qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |