O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 60.68 Kb.
|
Hakimov Shahzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Kadrlar qo`nimsizligi omillari
1.Kadrlar qo`nimsizligiga ta’rif
Umuman olganda, har qanday tashkilotning samaradorligi ushbu tashkilotni tashkil etuvchi shaxslarning sifatiga bevosita bog'liqdir. Tashkilot a'zolarining bilimlari, ko'nikmalari, qobiliyatlari va majburiyatlari birgalikda ish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, mahsulot va xizmatlarni etkazib berishda eng muhim omil hisoblanadi. O'z xodimlarining to'liq majburiyatlarisiz tashkilot o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Binobarin, menejmentning kadrlar funktsiyasi bo'lgan xodimlarni jalb qilish, tashkil etish, rivojlantirish va rag'batlantirish bosh direktordan tortib birinchi darajali rahbargacha bo'lgan boshqaruvning barcha darajalarida markaziy mas'uliyatdir. Bozor iqtisodiyotida qobiliyatli xodimlarni ishga olish birinchidan kichik biznes korxonasining samarali ishlashini ta’minlaydi, ikkinchidan esa raqobat tavakkalchiligini kuchaytiradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, yangi, tez rivojlanayotgan korxonalar faoliyatning birinchi yilida o‘z xodimlarining yarmini yo‘qotadi. Uchinchi yilning oxiriga kelib qo‘nimsizlik 25% ga kamayadi, beshinchi yilga borib bu ko‘rsatkich 10% ni tashkil etadi. Birinchi yilda qo‘nimsizlik yuqori bo‘lishining sababi-xodimlar korxonani kelgusidagi istiqbollarini(imkoniyatlarini) to‘la tushunmasligi, shu jumladan o‘zining kelajak istiqbolini to‘la tasavvur eta olmasligidir. Tasodifiy ishchilarni ishga olish kichik biznesda juda ham xavfli bo‘lib, bu korxona uchun zarar keltirishi mumkin. Ishchilarni to‘g‘ri tanlash uchun ikki xil ichki va tashqi chegara mavjud.Ichki chegara bu korxona tomonidan qabul qilingan va tadbiq qilingan me’yordir.Tashqi chegara bu o‘z ichiga qonunlashgan me’yorlarni, xujjatlarni oladi, masalan, mehnat va mehnatning sanitariya normalari. 2.Kadrlar qo`nimsizligi omillari Kadrlar qo`nimsizligiga quyidagi omillar ta`sir qiladi: ishchilarni ishga yo`llashdagi poraxo`rlik holatlari va mehnat rezervlarini saqlash bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mutaxassislarni mas’uliyatli mansabga tanlashdagi kamchiliklar, ishchilarni mansabga yo`llashda xodimni malaka darajasini hisobga olinmasligi xodimlarni vaziyatini o`rganmay turib ularni nohaq va asossiz ishdan bo‘shatish. Tanlash.Bu tashkilot ariza beruvchilar roʻyxatidan ishga va tashkiliy talablarga eng mos keladigan shaxsni tanlashda tanish bilish qarindoshchilik jarayonlari hisoblanadi. Tanlov jarayonining asosiy maqsadi ish uchun munosib deb topilganlarni saralashdir. Download 60.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling