O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


Download 233.38 Kb.
bet10/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

8-ma’ruza: Bahs yuritish san’ati
2 soat
Reja
1.Nutq ta’sirchanligshini oshiruvchi vositalar.
2.So‘z san’atkorlarining til boyligidagi o‘rni.
3. Kaykovus so‘z qo‘llash haqida.
4. A.V.Koni nutq ta’sirchanligini oshirish haqida.
Tayanch so‘zlar: So‘zlash odobi, til birligi, til me’yori, lison, lisoniy ta’limot, lingvistik, umumiste’mol, hissiy ta’sir, leksik ma’no, ko‘chma ma’no.
Notiqning qo‘lida yagona qurol bo‘lib, uni biz so‘zda ko‘ramiz. Ammo bu shunday qurolki, uning yordamida o‘likka jon kiritish, tirikni esa o‘ldirish mumkin. So‘z tanlashni va uni o‘z o‘rnida ishlatishni bilgan notiqning «otgan o‘qi» nishonga tegishi tabiiydir.
Kishilik jamiyatida so‘z, so‘zlash va qanday so‘zlashish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ota- bobolarimiz ana shuning uchun ham o‘zlarining ko‘pdan ko‘p maqollari orqali avlodlarga so‘zlash odobi yuzasida qimmatli maslahatlar, nasihatlar aytib qoldirishgan. Quyida ularning ba’zilarini keltiramiz: «Taom lazzati-o‘zida, odam lazzati-so‘zida», «xusn-so‘zda, uyat-ko‘zda» «so‘z qilichdano‘tkir», «kuch yutmaganni so‘z yutar» va hokazo.
Nutq san’atlari mohiyat e’tibori bilan til va nutqning o‘zi singari ijtimoiydir. Nutq san’atdan mohirona foydalanuvchi so‘z ustalarining asosy manbai ham xalq nutqidir. So‘z ustasi, ya’ni notiq xalqdan va boshqa so‘z ustalaridan o‘rgangan san’atlarini sezilarli darajada boyitish mumkin. Hatto ularning yangi va go‘zalroq namunalarini ham yarata oladi. Bir misol keltiraylik. Kishilar o‘tin yaxshi yonishi uchun uni yaxshilab qalash kerakligini o‘z tajribalari orqali bilib olishgani ma’lum. Ular bu ishni ayrim tajribasi yo‘q kishilarga o‘rgatishlari ham aniq. Bunda albatta «qalovini topsang o‘tin yaxshi yonadi» degan jumlani ko‘p ishlatishgan. Bu gapda albatta hech qanday kamchilik kuzatilmaydi. Zotan u sementik jihatdan ham bekam-u kust. Biroq inson til birliklaridan foydalanishi jarayonida har doim so‘zga sayqal berishga harakat qiladi. Bu orqali birinchi galda nutqning ta’sirchanligini oshirishga va tinglovchining e’tiborini o‘ziga qaratishga intiladi. SHu talab bilan o‘tin so‘zini «qor» so‘zi bilan almashtiradi va «qalovini topsang qor yonadi» degan jumlani «ixtiro» qiladi.
Bu jumlani ta’sirchan qilgan narsa birinchidan, «qor» so‘zining «qalov» so‘ziga uyg‘unligi, tovushdoshligi, ikkinchidan, qorning olovga zidligi, uchinchidan esa, bo‘rttirish, ya’ni mubolag‘a borligidir.
YUqoridagilar bilan bir qatorda shuni ham aytish lozimki, notiq o‘z nutqida qo‘llaniladigan so‘zlarning tushunarli bo‘lishiga va shu bilan birga, ularning til me’yorlariga mosligiga ham e’tibor qaratmog‘i darkor. Bu o‘rinda biz darkor so‘zini ishlatayapmiz. Bu so‘z fors-tojik tilidan qadimgi davrlardayoq o‘zlashtirilgan va adabiy tilimiz me’yorlariga to‘liq mos keluvchi iste’moldagi birlikdir. Ammo har qanday o‘zlashma so‘zni ham me’yoriy deb bo‘lmaydi. Masalan, hozirgi paytda lison (arab) so‘zi nutqimizda ko‘p kuzatilmoqda. Uni olimlarimiz til so‘zining o‘rnida ishlatishmoqda. Eng achinarlisi shundaki, ba’zi tilshunoslar hatto «til va nutq» deb ataluvchi chiroyli birikma o‘rniga «lison va nutq» degan birikmadan foydalanishmoqda. Ular buning tilimiz sofligi uchun naqadar zararliligini bilisharmikan? Ba’zilar «lingvistik ta’limot» birikmasining o‘rniga «lisoniy ta’limot» birikmasini qo‘llab guyo o‘zlashma lingvistik so‘zini o‘z qatlam so‘zi bilan almashtirmoqda.
Aftidan, ular lingvistika so‘zi jaxon tillarining barchasi uchun umumiy ekanligini bilishmaydi.
Nazarimizda, bunday islohotlar tilimizni bulg‘ashdan boshka narsa emas...
Nutq taqazosiga ko‘ra, tilimizda mavjud so‘zlarning bir qismidangina foydalana olamiz. Konkret biror ma’ruza yoki maqola egasi, yoxud ilmiy asar yoki badiiy asar muallifi, shuningdek, har qanday shaxs ham tilimizning barcha so‘z boyliklaridan, grammatik vositalaridan, imlo va talaffuz imkoniyatlaridan to‘lig‘icha foydalana olmaydi. Hatto eng mashhur va ulkan yozuvchining ijodida ham tilning boy imkoniyatlari amalda qismangina ishga solinadi. Ana shu ma’noda tilning barcha imkoniyatlari jamoa davrasida, shu jumladan notiqlar nutqida ham hechqachon to‘liqliligicha ishga solinmaydi.
Lekin shuni ham aytish kerakki, tinglovchiga axborot etkazishning ta’sirchan va to‘zli bo‘lishi ko‘p so‘z ishlatish bilan amalga oshmaydi, balki oz so‘z ishlatib ko‘p xabar ifodasini berish imkoniyatini topa bilish lozim. Bundan tashqari, nutqda dabdabali, mubolag‘ali so‘zlardan ham o‘rni bilan foydalanish kerak. Oddiy umumiste’moldagi so‘zlar bilan ham xabar ifodasini ta’sirchan va sermazmun qilish mumkin. Masalan, urush yillarida nemis bosqinchilariga qarshi Uyg‘un tomonidan yozilgan she’rning quyidagi ikki qatorginasining o‘zi ham kishiga ruhan ta’sir qilishini ko‘uramiz:
Tumshug‘ingga tepib alla qilaman,
Mozoringa chiqib yalla qilaman.
Bunday vaziyatni ko‘pgina shoir va yozuvchilarimiz asarlarida kuzata olamiz. So‘z ustasi Abdulla Kahhorning "Sinchalak" povestida kolxoz raisi Qalandarovning «Men kolxozni elkamga opichlab katta qilganman» degan so‘zlarining to‘liq mazmunini ochib berish uchun kamida 2-3 sahifa kerak bo‘ladi. Bu o‘rinda yozuvchi umumiste’moldagi oddiy so‘zlardan foydalangan bo‘lsa ham nihoyatda katta mazmun ifodasini bera olganini ko‘ramiz. SHu bois Abdulla Qahhorni so‘z san’atkori deb atashganlar. Taniqli yozuvchi Said Ahmad rus yozuvchisi A.P.Chexovning til mhorati haqida gapirganida shunday deb yozgan edi: «So‘zni u xuddi mix qilib qoqib qo‘ygandek ombir bilan sug‘urib ololmaymiz. Qopqog‘i bilan qoqib ombir tishlamaydigan qilib qo‘yadi».
Abdulla Qahhor ham so‘zni ana shunday mix qilib qoqib qo‘yadigan yozuvchi bo‘lgan.
G‘afur G‘ulom ham ana shu toifadagi so‘z ustalaridan edi. Uning she’rlarida ham, nasriy asarlarida ham buning to‘liq guvohi bo‘lamiz. Fikr isboti uchun uning «Mening o‘g‘rigina bolam» voqeiy hikoyasidan bir parcha keltiraylik: «Oshxonaning yonidagi tutdan sirgg‘lib pastga tush, o‘tinimiz yo‘q. Oshxonada bir zamonlar bog‘dan kelgan 1-2 ta yong‘oq to‘nka bor, boltani olib, shuning bir chekkasidan ozgina uchirib ber, qumg‘on qo‘yaman. Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini olib qo‘yganman, birgalashib choy ichamiz.
-Yo‘g‘-e, buvi, - dedi o‘g‘ri, - to‘nka yorib-ku berarman, ammo choy icholmayman, chunki kun yorishib qolsa, meni tanib qolasiz. Juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo‘q, andisham bor, uyalaman.
-Voy o‘lay, qutlug‘ uydan quruq ketasanmi, bolam? Bir nima olib ket. Olib ketsang, ha, darvoqe, oshxonada bitta yarim pudlik qozon bor. … shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratasan, o‘g‘rigina bolam.
Keltirilgan misolda qo‘llanilgan parchada so‘zlar keng iste’moldagi til birliklarini taqozo etadi. Ammo yozuvchi ulardan shunday ustalik bilan foydalanganki, bunda biror so‘zning o‘rnini o‘zgartirib yoki uni boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi. YUqoridagi ibora bilan aytganda, bularning barchasi mixlangan.
So‘z qo‘llash masalasida Kaykovus shunday degan edi: “Gar so‘zni , hunarni yaxshi bilsang ham, hech bir so‘zni sindirmagil, to‘g‘ri ta’rif qilgil va uni bir rangda aytgil: xosga xos, omiyga omiy so‘z degil, toki u hikmatga muvofiq bo‘lsun va eshitgan kishiga og‘ir kelmasin, yo‘qsa so‘zingni dalil va hujjat bila ham eshitmagaylar” (Kaykovus. Kobusnoma. – T., Meros, 1992, 35- b.).
Ravshanki, biz o‘zaro muloqot jarayonida og‘zaki nutqdan ko‘p foydalanamiz. Ruhshunos olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, hozirgi zamon kishisi o‘zaro muloqotga sarf qiladigan vaqtning uchdan ikki qismi og‘zaki, jonli muloqotga to‘g‘ri keladi. Rus olimi A.F.Koni bu xususda shunday degan edi: “So‘z – insonning buyuk qurollaridan biri. O‘rnida sidqidildan va o‘z vaqtida aytilgan oddiygina so‘z qudratli va engilmas kuchga aylanadi”.
Til fikr anglatish quroli bo‘lishi bilan birga mukammal hissiy ta’sir qilish vositasi hamdir. Tilning bu xususiyatidan inson o‘z fikrinni o‘tkir va ta’sirchan qilib ifodalashidan tashqari, kishilar bir - birlarini hissiy jihatdan lazzatlantirish, zavqlantirish maqsadida ham foydalanadilar.
Nutqiy ta’sirchanlikni faqat ijobiy holat, chiroylilikdan iborat deb bilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ba’zan jamiyatda jirkanch ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (o‘g‘rilar, qalloblar, chaqimchilar, terrorchilar, zo‘ravon va muttaham shaxslar, vatanfurushlar, bosqinchlarga qarshi nafrat, g‘azab bilan so‘zlangan nutqlar ham bo‘ladi. (Bu haqida ma’ruzamizning boshlanish qismida ham eslatib o‘tgan edik ). Bunday vaziyatda, albatta, notiq o‘z nafratini ifodalash uchun dag‘al, qo‘pol so‘zlardan foydalanadi. Ammo bunday so‘zlar ham axloq – odob doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
Nutqning go‘zalligi va ma’no ta’sirchanligi uning turli ma’no ga ega bo‘lgan so‘z va iboralarga boyligi bilan belgilanadi. CHunki mazkur birliklar nutqda biror tushuncha ifodalashdan tashqari, jo‘shqin his – tuyg‘ularni, ichki kechinmalarni ham izxor qiladi.
So‘z va grammatik shakllardagi bo‘yoq turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ayrim so‘zlarning leksik ma’nolarining o‘zida his – hayajon, voqealarga munosabat ifodalanib tursa, ba’zi so‘zlarga turli xil erkalash, kichraytirish, sevish shakllarini qo‘shish orqali ta’sirchanlik hosil qilinadi: ona – jon, qiz – gina, bola – cha, yasha, ofarin, rahmat va hokazo.
Nutqiy ta’sirchanlikning yuzaga kelishida ko‘chma va ko‘p ma’noli so‘zlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular notiqqa kinoyali nutq, so‘z o‘yinlari, o‘xshatishlar hosil qilishda qo‘l keladi.
Nutq ta’sirchanligini oshiruvchi notiqning qurollaridan yana biri ma’nodosh so‘zlardir. Sinonim so‘z va iboralar so‘zlovchi muhim hisoblagan va urg‘u berayotgan fikrga tinglovchining diqqatini yanada ko‘proq jalb etishga yordamlashadi. Chunki bir sinonimik qatordagi so‘zlar belgi darajasi va hissiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turadi. Nutq jarayonida biror voqea – hodisani izohlashda ko‘pincha bir sinonimik so‘zning o‘zi ojizlik qiladi. Bunday hollarda ularni juft yoki yonma – yon qo‘llab, ma’no kuchaytiriladi: ohi zor, faryodu fig‘on, zavqu shavq va hokazo. Ba’zan notiq bunday vaziyatda zid ma’noli so‘zlardan ham foydalanadi: O‘lib tirilib mehnat qildik. Til shohu gadoga birday xizmat qiladi.
Albatta, notiqlik san’atining so‘zdan boshqa vositalari (imo – ishoralar, urg‘u, talaffuz) mavjud. Lekin ular ichida so‘z eng yuqori pog‘onada turadi.


Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling