O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi


Download 233.38 Kb.
bet6/35
Sana24.04.2023
Hajmi233.38 Kb.
#1394024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
нутқ маданияти Majjmu

4-ma’ruza: O‘rta Osiyo notiqlik san’ati
2 soat
Reja:
1. Markaziy Osiyoda nutq madaniyati va notiqlik san’ati
2. Markaziy Osiyoda voizlik san’ati
3. Va’zlarning turlari
4. Nutqning go‘zalligi va ma’no ta’sirchanligi


Tayanch so‘z va iboralar: So‘zlash odobi, til birligi, til me’yori, lison, lisoniy ta’limot, lingvistik, umumiste’mol, hissiy ta’sir, lekisik ma’no, ko‘chma ma’no.
Markaziy Osiyoda nutq madanyati va notiqlik san’ati uzoq tarixga ega bo‘lib, qadimdanoq so‘z san’ati, uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratilgan.
Notiqlik san’ati musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. “Va’z” so‘zi arabcha targ‘ib qilish, pand-nasihat degan ma’nolarning muqobilidir. “Voiz” so‘zi esa va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs ma’nosini bildiradi. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etish mahoratidan saboq beradi.
Garchi voizlik san’atining shakllanishi o‘lkamizga islom dinining kirib kelishi va “Quron”ni targ‘ib etish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ritorika tarixi uzoq o‘tmishdan boshlangan. Xususan, eramizdan avvalgi VII asrda mansub “Avesto” kitobi, qadimda shakllanib,bizgacha etib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalari, V-VI asrlarga doir O‘rxun – Enasoy yodgorliklari nomini olgan tosh bitiklar va yana ko‘plab manbalarda nutq odobi, bahs yuritish san’ati, da’vat etish mahorati, muomila madanyatiga oid qimmatli fikrlar va namunalarni uchratish mumkin. Masalan, “Avesto”ning tarkibiga kirgan “Zandedod” asosan Axuramazda bilan Zardo‘shtning savol – javodlari shaklida yozilgan bo‘lib, suhbat bahs yuritish san’atning namunasini ifodalasa, “YAsna” , “YAsht” va boshqa kitoblarda xudoning mathiyasi – gotlarini o‘z ichiga olgan va ularni “tantanali notiqlik ” namunalari sifatida o‘rganish mumkin. Umuman, Zardo‘shtiy ta’limotining asosini uch axloqiy katigoriya: “gumantu” – ezgu, o‘y, “gutka” – ezgu so‘z va “gvarshita” – ezgu amal tashkil etgan. Zardo‘shtning “Math etaman o‘y, ezgi so‘z, ezgu amalni, jami ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amalgam bag‘ishlanaman, jumla yovuz o‘y, yovuz so‘z va yovuz amallardan yuz o‘giraman ” – degan so‘zlari har qanday davrda notiq uchun amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalarni o‘zida aks ettiradi.
IX asrgacha SHarqda voizlik vazifasini shoxlar, xalifalar o‘taganlar. Ular juma kunlari, hayit va boshqa bayramlarda jamoani yig‘ib, davlat siyosati, fuqarolarning burchlari, mudofaa masalalari haqida va’z so‘zlaganlar. Vaqt o‘tishi bilan va’z san’atiga qo‘yiladigan talablar mukammallashib borgan va shu tariqa notiqlik kasbga aylangan.
Dastlab Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibin Sino, Al – Xorazmiy, YUsuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Zamaxshariy kabi allomalar o‘zlarining turli mazmundagi asarlariga til, nutq, notiqlikka oid fikrlarni singdirganlar. Jumladan, Beruniy shunday yozadi: “YAxshi nutq tuzish uchun nahv (grammatika), aruz (she’r), mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi.Ularning birtasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzulishi qolgan ikktasiga ta’sir qilmay qolmaydi.”
Farobiy ham til haqidagi ilm grammatika va mantiqning ahamiyati haqida alohida fikr bildiradi. Xorazmiy ham o‘z asarlarida notiqlik san’ati masalalariga jiddiy e’tibor bergan. Kaykovus esa “Qobusnoma” asarida notiqlik va nutq odobi masalalari talqiniga alohida boblar ajratgan.
Markaziy Osiyoda voizlik san’ati xazinasiga dast avval Bahovuddin Baland (XII asr), Jaloliddin Rumiy (XIII asr), Xusayn Koshifiy, Muin Vois (XV asr), Alisher Navoiy kabi so‘z ustalari g‘oyat katta hissa qo‘shganlar.
Tarixchi, shoir, hadisshunoslarning asrlarida voizlik san’ati namoyondalari haqida fikr va mulohazalar ham keltirilgan. Jumladan, Alisher Navoiy “Maxbub – ul qulib” asarida haqiqiy voizlik ustasining fazilatlari quyidagicha bo‘lishi lozimligii qayd etadi: “Voiz Haq so‘zini targ‘ib qilishi payg‘ambarlar so‘zlaridan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o‘zi Haq va payg‘mbarlar yo’liga kirishi so‘ng esa nasihat bilan elni ham shu yo‘lga solishi lozim ”. Asarning yana bir erida shunday deydi: “Va’zxon shunday bo‘lishi kerakki, uning majlisiga kirgan odam to‘lib chiqsin, to‘la kirgan odam esa engil tortib, xoli qaytsin”.
O‘rta asrlarda voizlik san’atining, asosan uch ko‘rinishini ajratish mumkin: dabirlik, xatiblik va muzakkirlik. Dabrlik davlat maqomidagi yozishmalarini yozma bayon etish va qiroat bilan o‘qib berishni taqozo etsa, juma kunlari peshin namozi oldidan xutba o‘qish xatiblik deb yuritilgan, muzakkirlik esa juma kunlari hayit va boshqa tantanali kunlardagi anjumanlarda xatibdan keyin diniy, axloqiy, huquqiy masalalarni sharxlab berishdan iborat.
Va’zlar ham uch turli bo‘lgan: yuqori tabaqaga mansub a’yonlar va zodogonlarga mo‘ljallangan va’z sultoniyot deb atalgan. Bunda hukumdorlar maqtalgan. Urishdan oldin lashkarlarning jangovor ruhini ko‘tarish uchun so‘zlangan nutq jihodiya nomi bilan, oddiy fuqorolarga mo‘ljallangan va’z esa g‘aribona deb nomlangan.
Yuqoridagilardan tashqari, madrasalarda suxandonlikdan ham saboq berilgan. Hozir ham madrasalarda bu fan o‘qitilmoqda. Ammo bu davrda jangovarlik va farmonbardarlik etakchi bo‘lgan. Shu bois va’zlar ijtimoiy harakter kasb etgan va mafkuraviy qrolga aylangan. XX asr boshlarida yurt ozodligi ostida orzusida harakat qilgan ziyolilarimiz millatni isloh qilish yo‘lida yomon illatlarga barham, xalqni ezgulik sari otlantirishda va’zning ahamyatini yaxshi his etganlar. Jumladan, “Biz Turkiston musulmonlari orasinda xilofi shariat odatlarining ko‘pligi har kimga ma’lumdir. Muning daf’u isloxini kim etar?”. Behbudiy buning uchun muqaddas masjitga so‘ylagan va’z har bir mo‘min qalbina du balo ta’sir teishini aytadi.
Sharq voizlik san’atining o‘ziga xosligi shundaki, unda nutqning mazmunigagina emas, balki tasvir, qiyoslash, majoz, va o‘xshatishlarga ham alohida e’tibor beriladi. SHuning uchun ham mashg‘ur matafakkirlarimiz voiz baland martabaga ega bo‘lmog‘i uchun boshqa ilimlar qatori Qur’onni Karimni, hadislarni yaxshi bilishi, shariat ilmidan boxabar bo‘lishi, badiy usullardan ustalik bilan foydalanishi zarurligini alohida takidlaganlar.
Qur’on va hadislar davlat siyosatini, olib ketsang, ha, darvoqe, oshxonada bitta yarim pudlik qozon bor. … shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratasan, o‘g‘rigina bolam.
Keltirilgan misolda qo‘llanilgan parcha so‘zlar keng iste’moldagi til birliklarini taqozo etadi. Ammo yozuvchi ulardan shunday ustalik bilan foydalanganki, bunda biror so‘zni o‘rnini o‘zgartirib yoki uni boshqasi bilan alashtirib bo‘lmaydi. Yuqoridagi ibora bilan aytganda bularning barchasi mixlangan.
So‘z qo‘llash masalasida Kaykovus shunday degan edi: “Gar so‘zni hunarni yaxshi bilsang ham, hech bir so‘zni sindirmagil, to‘g‘ri ta’rif qilgil va uni bir rangda aytgil: xosga xos, omiyga omiy so‘z degil, toki u hikmatga muvofiq bo‘lsun va eshitgan kishiga og‘ir kelmasin, yo‘qsa so‘zingni dalil va hujjat bila ham eshitmagaylar” (Kaykovus. Kaykovusnoma. – T., Meros, 1992, 35- b.).
Ravshanki, biz o‘zaro muloqot jarayonida og‘izaki nutqdan ko‘p foydalanamiz. Ruxshunos olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, hozirgi zamon kishisi o‘zaro muloqotga sarf qiladigan vaqtning uchdan ikki qismi og‘zaki, jonli muloqotga to‘g‘ri keladi. Rus olimi A.F.Koni bu xususda shunday degan edi: “So‘z – insonning buyuk qurollaridan biri. O‘rnida sidqidildan va o‘z vaqtida aytilgan oddiygina so‘z qudratli va engilmas kuchga aylanadi”.
Til fikr anglatish quroli bo‘lishi bilan birga mukammal hissiy ta’sir qilish vositasi hamdir. Tilning bu xususiyatidan inson o‘z fikrinni o‘tkir va ta’sirchan qilib ifodalashidan tashqari, kishilar bir - birlarini hissiy jihatdan lazzatlantirish, zavqlantirish maqsadida ham foydalanadilar.
Nutqiy ta’sirchanlikni faqat ijobiy holat, chiroylilikdan iborat deb bilish to‘g‘rib bo‘lmaydi. Ba’zan jamiyatda jirkanch ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (o‘g‘rilar, qalloplar, chaqimchilar, terrorchilar, zo‘ravon va mutaham shaxslar, vatanfurushlar, bosqinchlar) ga qarshi nafrat, g‘azab bilan so‘zlangan nutqlar ham bo‘ladi. (Bu haqida ma’ruzamizning boshlanish qismida ham eslatib o‘tgan edik ). Bunday vaziyatda, albatta, notiq o‘z nafratini ifodalash uchun dag‘al, qo‘pol so‘zlardan foydalanadi. Ammo bunday so‘zlar ham axloq – odob doirasidan chiqib ketmasligi kerak.
Nutqning go‘zalligi va ma’no ta’sirchanligi uning turli ma’no ta’sirchanligiga ega bo‘lgan so‘z va iboralarga boyligi bilan belgilanadi. CHunki mazkur birliklar nutqda biror tushuncha ifodalanishdan tashqari, jo‘shqin his – tuyg‘ularni, ichki kechirmalarni ham izxor qiladi.
So‘z va grammatik shakillardagi bo‘yoq turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ayrim so‘zlarniong leksik ma’nolarning o‘zida his – hayajon, voqealarga munosabat ifodalanib tursa, ba’zi so‘zlarga turli xil erkalash, kichraytirish, sevish shakillarini qo‘shish orqali ta’sirchanlik hosil qilinadi: ona – jon, qiz – gina, bola – cha, yasha, ofarin, raxmat va hokazo.
Nutqiy ta’sirchanlikni yuzaga kelishida ko‘chma va ko‘p ma’noli so‘zlar ham muhim ahamyat kasb etadi. Ular notiqqa kinoyali nutq, so‘z o‘yinlari, o‘xshatishlar hosil qilishda qo‘l keladi.
Nutq ta’sirchanligini oshiruvchi notiqning qurollaridan yana biri ma’nodosh so‘zlardir sinonim so‘z va iboralar so‘zlovchi muhim hisoblagan va urg‘u berayotgan fikrga tinglovchining diqqatini yanada ko‘proq jalb etishga yordamlashadi. Chunki bir sinonimik qatordagi so‘zlar belgi darajasi va hissiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turadi. Nuitq jarayonida biror voqea – hodisani izohlashda ko‘pincha bir sinonimik so‘zning o‘zi ojizlik qiladi. Bunday hollarda ularni juft yoki yonma – yon qo‘llab, ma’no kuchaytiriladi: ohi zor, faryodu fig‘on, zavqu shavq va hokazo. Ba’zan notiq bunday vaziyatda zid ma’noli so‘zlardan ham foydalanadi: O‘lib trilib mehnat qildik. Til shoxu gadoga birday xizmat qiladi.
Albatta, notiqlik san’atining so‘zdan boshqa vositalari (imo – ishoralar, urg‘u, talafuz) mavjud. Lekin ular ichida so‘z eng yuqori pog‘onalarda turadi.
Mavzuga doir savollar

  1. Notiqning yagona qurolini nimada ko‘ramiz?

  2. Nutqning ta’sirchanligini qanday vositalar yordamida oshirish mumkin?

  3. Nutqda qo‘llanadigan so‘zlarning til me’yoriga mos bo‘lishini qanday izohlaymiz?

  4. Biz so‘zlashuv jarayonida tilimiz boyligidagi barcha so‘zlardan foydalana olamizmi?

  5. Nutq ta’sirchanligini oshirish uchun maxsus bo‘yoqdor so‘zlardangina foydalanamizmi?

  6. So‘z ustalarining san’at korligi nimalarda ko‘riladi?

  7. So‘z qo‘llash borasida Kaykovus nimalarni ta’kidlagan?

  8. Nutqining ta’sirchanligini oshirish bobida aytilgan rus olimi A.F.Koniyning fikrini izohlang.

  9. Nutq ta’sirchanligini oshirish uchun qo‘llanilgan so‘zlar faqat ijobiy ma’no berishi kerakmi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Rustamov A. So‘z xususida so‘z. – Toshkent, 1987.

  2. Saidov U. Nutq madanyati va notiqlik san’ati. – Toshkent, 2007.

  3. Begmatov E., Jiyanova N. Nutq madanyati asoslari. – Toshkent, 2006.

  4. Mirtojiev M., Maxmudov N. Til va madanyat – Toshkent, 1992.

  5. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. – Toshket, 1987.

  6. Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati. – Toshkent, 1967.



Download 233.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling