O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti til nazariyasi va adabiyotshunoslik kafedrasi
Download 233.38 Kb.
|
нутқ маданияти Majjmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
7-ma’ruza: Notiq va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotni tashkil etish usullari
2 soat Reja: 1. Muloqot jarayonining vazifasi. 2. Nolingvistik vositalarning muloqotdagi o‘rni. 3. P.Buast “notiqlik san’ati “ haqida. 4. Nutq turlari. 5. Notiqqa qo‘yiladigan asosiy talablar. Tayanch so‘z va iboralar: Bevosita va bilvosita axborot uzatish ,internet tarmog‘i, auditoriya , himoya nutqi, ayblov nutqi, siyosiy arbob, professional notiqlik, imperativ usul , liberal nutq, bir martalik nutq, davomiy nutq, ruhiy psixologik va fiziologik holatlar, shaxs sifatlari. Muloqot jarayoni aslini olganda odamlar o‘rtasidagi axborot almashuvi bo‘lib, uning asosiy maksadi uzatilayotgan va kabul kilinayotgan axborotlarning tushunarliligini taminlashdar. Axborotni bevosita va bilvosita uzatish mumkin. X,ozirgi davrda ommaviy axborot ositalari, xususan, radio, televidenie, internet tarmogi orqali har kanday malumotni darxol "sovutmasdan" dunyoning istalgan burchagiga etkazish mumkin bo‘lgan holda notikqa, ya’ni odamlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxsga ne ehtiyoj? Nima uchun axborot tarqatish vositalari o‘ta taraqqiy etgan bugungi kunda ham notiqlikning, jonli nutqning ahamiyati yo‘qolmay, aksincha, hayotdagi o‘rni va mavqei ortib bormoqda! Og‘zaki nutqning kuchi va uning boshqa muloqot turlaridan ustunligi bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Jumladan, notiq nutqida til vositalaridan tashqari eng nozik fikr va tuyg‘ularni ifoda etish imkoniyatini beruvchi nutq ohangi, uning hissiyot bilan omuxta bo‘lishi, qo‘l va tana harakatlari, yuz ifodasi (mimika) kabi nolingvistik vositalardan foydalanishi hamda konkret auditoriya (tinglovchi) xususiyatlarini hisobga olishi bilan tasirchan qilishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, har qanday jonli muloqot til, xarakat, mimika, ohang va yana bir qator omillarning harakatchan va rangdor omuxtasidir. SHuning uchun ham kishi, masalan, televidenie yoki internet tizimi orqali olgan axborot bilan qoniqmaydi va eshitgan voqea-hodisalar haqida o‘rtoqlari, oila azolari, hamkasblari yoxud qo‘ni- qo‘shnilari bilan fikrlashiishga, o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashishga, ularni o‘z fikrlariga sherik qilishga oshiqadi. Ruhshunos olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, hozirgi zamon kishisi o‘zaro muloqotga sarf qiladigan vaqtining uchdan ikki qismi og‘zaki , jonli muloqotga to‘g‘ri keladi. Notiq uchun eng muhim va uning mahoratini nomoyon etuvchi xususiyat tinglovchilar bilan muloqot o‘rnata olishdir. Albatta, nutqning mazmundorligi, amaliy natijalarga qaratilganligi birlamchi ahamiyatga ega. Ammo notiqning gaplariga quloq solmasa, auditoriya nutq so‘zlanayotgan paytda xayoli bilan band bo‘lsa, nutq auditoriya diqqatini jalb etmasa, u mutlaqo samarasiz bo‘ladi. Fransuz tilshunosi P.Buast “Gapirayotgan odam ekadi, eshitayotgan odam hosil yig‘adi", degan edi. Demak, notiq so‘zlagan nutqdan hosil olmoqni istar ekan, konkret tinglovchilarning ongi va qalbiga yo‘l topmog‘i, jonli qiziqishni o‘ygotishi, fikrlashga turtki berishi, his- tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazib, ularni junbushga keltirishi lozim. Bunga faqat auditoriya (tinglovchi) bilan muloqot o‘rnatgan taqdirdagina ershish mumkin. SHuning uchun ham o‘tmishdagi barcha mashhur notiqlar aynan shu masalaga alohida etibor qaratishgan. Notiqlik sanati va nutq so‘zlash faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kasblar ko‘p. Masalan, prokuror va advokat. Ular o‘z kasblari bilan bog‘liq maqsadlariga, birinchi navbatda, nutq orqali erishadilar. Sudda prokuror aybnomaning asosli ekanligini isbotlashga urinadi, advokat esa sudyalarni o‘z nuqtai nazari va dalillarining adolatli ekanligiga ishontirishga harakat qiladi. Ayblov nutqida ham, himoya nutqida ham notiq o‘z nuqtai nazari va fikrini manaviy jihatdan asoslab berishi, sudda ko‘riladigan masalani va dalillarni obrazli va tasirchan, to‘g‘ri va lo‘nda ifoda etishi lozim. Bu katta mahoratni talab qiladi. Har qanday o‘qituvchi ham notiq , zero, uning faoliyati o‘quvchilarga nutq bilan murojaat etishdan iborat. O‘qituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bog‘liq malum maqsadga erishish , o‘z harakatlari bilan istaklarini ruyobga chiqarishga intiladi. Masalan , professor maruza o‘qiganda, o‘z g‘oyalarini o‘quvchilarga singd irishgaharakat qiladi va bu orqali o‘z hamfikrlarini, maslakdoshlarini tayyorlaydi, bu juda muximdir. CHunki shu orqali professorning g‘oyalari ommalashadi, yashovchanlik kasb etadi. SHuning uchun kasbi fikrlash bo‘lgan o‘qituvchi uchun qadim faylasuflardan qolgan "men shubhalanayapman , demak, men yashayapman "- degan fikr o‘ziga xos aqida vazifa sini bajaradi. Siyosiy arboblarning va har qanday rahbarlik lavozimida ishlayotgan kishning faoliyatiham notiqlik bilan uzviy bog‘liq , zotan siyosiy arbob o‘z platformasi, mafkurasi, ijtimoiy konsepsiyasi orqali odamlarni o‘ziga ergashtiradi. Siyosiy arbob uchun odamlarga xoh yozma, xoh og‘zaki shaklda murojaat etib ularni o‘z fikrlariga inontirishi , biror narsaga davat etish birlamchi axamiyatga ega . Bu borada yunon faylasufi Aflotun shunday degan edi : "Mening imonim komilki , agar istalgan shaharga notiq va tabib kelsa va xalq yig‘ini yoki boshqa biron majlisda ulardan qay birini tabib etib saylash haqida bahs boshlansa, tabibga hech kim etibor ham qilmasdi va so‘zining qudratidan foydalanishni bilgan kishiga ovoz berishar edi, u buni istasa bas. Notiq har qanday raqibga qarshi istalgan masalada bahs yuritishga va ommani har qanday mutaxassisdan ko‘ra tezroq inontirishga qodir". Aflotunning mazkur fikri dalili sifatida quyidagi misolni keltirish mumkin . Navoiyning zamondoshi Voiz Irshod so‘z qudratidan foydalanib, ko‘pgina murakkab diplomatik masalalarni hal etgani malum. Tarixchi Ali Safiyning dalolat berishicha, Husayn Boyqaro SHeroz shohi huzuriga davlat ishi bo‘yicha muzokara olib borish uchun Voiz Irshodni yuboradi. Irshod topshiriqni alo darajada mohirlik bilan ado etgach, SHeroz shhi unga o‘z fuqarolariga vaz qilgandan so‘ng javob berishini aytgan. Irshod minbarga chiqib ehtiros bilan nutq so‘zlaganda, masjidi jomega yig‘ilganlar undan tasirlanib yig‘lay boshlaganlar. Irshod ana shu tariqa ikki muxolif davlat o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etgan. Faoliyati professional notiqlik bilan bog‘liq toifa qatoriga diniy arboblar , ruhoniylarni kiritish mumkin , chunki ularning vazifalari o‘z vazlarida odamlarga ilohiy haqiqatlarni etkazish va ularni manaviy komillikka davat etishdan iborat. Umuman olganda, notiqning asosiy maqsadi o‘z oldiga qo‘ygan vazifaga odamlarni inontirishdan iboratdir. Nutqda maqsadga erishish yo‘llari esa uch katta guruhga bo‘linadi. 1.Imperativ- nutqiy tasirning kuchga tayangan usuli (yo‘li) . Bu usul avtoritar nutqning asosini tashkil etadi (buyruq, qo‘rqitish, shaxsiyatga tegish va sh .k ) 2.Inontirish-demokratik nutq asosini tashkil etadi (isbotlash, tushintirish, yo‘naltirish va sh .k) 3 .Moyillik uyhotish - liberal nutqning asosini tashkil etadi va axborot olish istagi bilan bog‘liq (bahs - munozara, so‘roqlash va sh. k). Nutqning turlari ko‘p. Xususan, ularni bir martalik va davomiy turlarga bo‘lish mumkin. Aristotel bir martalik nutqlarni maslahat (kelajakka oid), sud (o‘tmishga oid) va ifodaviy (o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi bog‘lanish haqida ) turlarga bo‘ladi. Bular qatoriga yana dialogga asoslangan nutq turlarini (suhbat, bahs, munozara va x. z) kiritadi. Doimiy nutq bir auditoriya oldida bir yo‘nalishdagi mavzuda ko‘p marotaba chiqish bilan bog‘liq bo‘lib , talim - tarbiya yo‘nalishidagi nutqlarni, diniy mavzudagi vazlarni hamda targ‘ibot- tashviqotni o‘z ichiga oladi. Har bir nutq turi va ularning tarkibiga kiruvchi nutq ko‘rinishlari notiqhikning aloxida janrini tashkil etadi. Ammo qanday janrda nutq so‘zlanayotganidan qatiy nazar, notiq auditoriya bilan uzviy munosabat o‘rnata bilmog‘i kerak. Auditoriya bilan ruhiy, hissiy, aqliy muloqot o‘rnatishning bir qator usullari mavjud. Buning uchun birinchi navbatda muloqot o‘rnatishga xalaqit beruvchi to‘siqqlarini bartaraf etish lozim. Notiqlik sanatining birinchi qoidasiga binoan notiq faqat o‘ziga maqul, hurmat qilgan kishilarigagina murojaat etishi kerak. Boshqacha aytganda, sizda yomon tuyg‘ularni o‘ygotadigan kishi nutqingizning obekti bo‘la olmaydi. Bu juda qattiq qoida bo‘lsada, unga rioya qilish shart. SHuni ham aytish kerakki, notiq har doim rost so‘zlashi lozim . Hissiyot bilan bog‘liq bo‘lgan va bevosita anglanmagan yashirin maqsad notiqnio‘zi bilmagan "sotib" qo‘yadi . Kishi yolg‘on gapirishi mumkin , ammo uning ko‘zlari haqiqatni ayon qilib qo‘yadi. Kishi o‘zi yoqtirmagan odamga murojaat etmagani maqul . Ammo shunday bo‘lsa ham kishi o‘zi suymagan odamga murojaat etishga majbur bo‘ladigan holatlardan qochib qutilish qiyin. Ayniqsa, ish jarayonida bunday vaziyatlar kuzatilib turadi. Bu esa so‘zlovchini aql bilan ish ko‘rishga undaydi. Notiq har doim o‘z nutqini ezgulikka yo‘naltirmog‘i, tinglovchida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otmog‘i kerak. Bu notiqlikning ikkinchi qoidasini taqazo etadi. So‘zlayotgan kishi o‘zgaga yomonlik keltirmaslikni o‘ylashi , har gapni andisha bilan so‘zlashi kerak. Kishi boshqa odamga murojaat etar ekan, o‘zini shu odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi , o‘ziga o‘zi "men bunday gapni eshitinshi xohlarmidim" degan savolni berishi kerak. Tinglovchilar aytilgan so‘zlarni qabul qilishi uchun notiq ularda shaxsni ko‘rishi, ular hurmati va ezgu niyatini ko‘rsatishi lozim. Notiq hisobga olishi kerak bo‘lgan tinglovchilar holatining ikki asosiy jihati mavjud: ruhiy psixologik va fiziologik. Albatta, nutqning ta’sirchan bo‘lishi uchun tinglovchilar bunga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak. Aksholda notiq hech narsaga erisha olmaydi. Bundan tashqari, tinglovchilarning nimani va kimdan eshitishni xohlayotgani va ularning ichki tayyorgarligi muhim mavqega ega.. Kaykovus tili bilan aytganda "Har kishiga so‘z aytur bo‘lsang qaragil. ul sening so‘zingga xaridormu yoki xaridor emasmu? Agarda so‘zingga uni xaridor topsang, unga so‘zingni sotgil. Yo‘q ersa, ul so‘zni qo‘yib, shunday so‘z degilki, unga xush kelsin va sening so‘zingga xaridor bo‘lsin". Tinglovchilar notiq shaxsiga, uning lavozimi , ilmiy darajasi , shaxsiy sifatlari , jamiyatda tutgan o‘rni va shu kabilarga qarab uning nutqini qabul qilishga yoki inkor qilishga oldindan moyil bo‘ladilar . Mavzuga doir savollar 1.Muloqot jarayoni qanday shakllanadi? 2. Muloqotdan maqsad nima? Z.Og‘zaki nutqining qanday afzalliklari bor? Nutkda til vositalaridan tashqari yana qanday vositalardan foydalaniladi.? Nutq uchun eng muhim xususiyat nimadan iborat? Fransuz tilshunosi P. Buast notiqlik haqida nima degan? 7.Nutq so‘zlash hamda notiqlik sanati bilan bevosita bog‘liq qanday kasblarni bilasiz? 8. Navoiyning zamondoshi Voiz Irshod haqida nimalarni bilasiz? 9.Nutqda maqsadga eshitish yo‘llarini tavsiflab bering. Nutqning bir martalik va davomiy nutq turlarini tavsiflab bering. Notiqqa tegishli bo‘lgan asosiy xususiyatlar nimalardan iborat? 12 Tinglovchilar holatining ikki asosiy jihati nimalarni taqazo etadi? Foydalanilgan adabiyotlar 1.Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.-Toshkent,2007. 2.Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati.- Toshkent,1967 3.Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –Toshkent, 2002 4.Imomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari.-Toshkent,1982. 5.Begmatov E.,Jiyanova N. Nutq madaniyati asoslari.-Toshkent,2006. Download 233.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling