O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Veterinariya Profilaktikasi va Davolash Fakulteti


Download 94.1 Kb.
bet13/14
Sana09.01.2022
Hajmi94.1 Kb.
#260549
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi metodika

UMUMIY XULOSALAR

Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari vohamizning turmush darajasini yetakchi demokratik davlatlar ko’rsatkichiga chiqarish bosh maqsadlardan biri qilib belgilangan. Ma’lumki Respublikamiz aholisining ko’pchiligi qishloq yerlarida istiqomat qilib mehnat bilan mashg’uldirlar. O’quvchilarga o’zlarining qiziqishlari asosida kasb tanlashga yo’llash bugunning dolzarb masalalaridir. Mehnat ta’limi darslari va tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’llash imkoniyatlari chegaralanganligi sababli ularni to’garak faoliyatida amalga oshirish mumkin.To’garaklarda o’quvchilarni bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib kasblarga yo’naltirish imkoniyatlari kattadir. Ishni bajarish davomida quyidagi xulosalarga keldim:





  1. Ta’lim –tarbiya jarayonida olib boriladigan kasbga yo’llash ishlarini uzviyligini ta’minlash maqsadida to’garaklar faoliyatiga bog’lagan holda ushbu ishlarni davom qildirish yaxshi natija beradi.

  2. To’garaklada bajariladigan ishlarni o’quvchilarning tabiiy fanlardan va mehnat ta’limida o’rgangan qonun qoidalarga xodisalarga bog’lab tushintirish ta’lim samaradorligini oshiradi.

  3. To’garaklarda bajariladigan ishlar rejasiga bog’lab kasbga yo’naltirish ishini mazmunini belgilash natija beradi.

  4. Qishloq xo’jalik kasblari haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni to’garakda bajariladigan ishlar bilan fan predmetlarida va mehnat ta’limidan olgan bilimlar bilan bog’lash o’quvchilarda politexnik dunyoqarashni kengaytiradi.

Bugungi kunda jaxon fani texnikasi mehnat texnologiyasi va psixologiyasi tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Yevropa, Amerika va Osiyo qit’alaridagi rivojlangan mamlakatlar 21 asrning birinchi choragida raqobatlardan kadrlar yetkazish, ularni yangi, zamonaviy, murakkab texnikalarga o’rgatish maqsadida, yangi texnologik tizim dasturini ishlab chiqarmoqdalar. Shuning uchun ham ayni damda barcha ishlab chiqarish, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi sohalarini tazkor rivojlantirish imkonini beradigan muxandis- texnik va keng tarmoqli mexanizator kadrlarni yangi avlodini tayyorlash zarurati sezilmoqda. Darhaqiqat, raqobatga bardosh beradigan muxandis, texnik, mexanizatorlar tayyorlamasdan turib, qishloq xo’jaligida raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish ham mumkin emas. Shunday qilib, 21 asr bo’sag’asida, juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi, dunyo kartasida munosib o’rin olgan mustaqil o’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohatlar boshlandi. Bu islohatlarning hammasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib,uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiyati hamda manaviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va svilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bu esa shakillanayotgan o’smir o’zining psixologik imkoniyatlarini bilishi, o’zligini anglashi, har qnday sharoitda ham turli o’zgarishlarga psixologik jixatdan tauyyor turishi, yangicha fikirlash va mulohaza qilishi, mehnat sharoitida ro’y berayotgan psixologik jarayonlarni to’g’ri idrok etishi, qobilyatini rivojlantirish kabi vazifalarni kun tartibiga qo’ymoqda. Shunday qilib, qishloq yoshlarini kasbga yo’naltirish ishlariga ilmiy jixatdan qaraganda kasb tanlash kasbiy shakillanish davrining dastlabki bosqichi bo’lib, rivojlanayotgan o’simlikning muhit va jamiyat bilan hamkorligida uzoq vaqt davom etadigan murakkab psixologik jarayondir. Boshqacha aytganda, nafaqat umumiy va maxsus qobilyatlar, shaxs xususiyatlari, balki, shu bilan birga, shaxsga moddiy va manaviy, ijtimoiy va iqtisodiy jixatdan ta’sir etuvchi tashqi muhit ham kasb tanlashga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ushbu jarayonlarda har bir o’smirda bo’lajak kasbga ongli va to’g’ri, muayyan sohaga nisbatan ozmi-ko’pmi ijtimoiy, ijobiy munosabatlar shakillanadi.Shu sababli o’quvchining kasb tanlashga tayyorligi deganda, kasbni to’g’ri tanlashga imkon beradigan kasbiy ta’limning muvaffaqqiyatini ta’minlaydigan, qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradigan shaxs rivojlanishining muayyan bosqichi yoki holati tushuniladi. Bu esa kasbga yo’naltirish faoliyatining maqsadi asosan o’quvchi yoshlarning bo’lajak kasbini ongli va mustaqil ravishda to’g’ri tanlashlariga qaratilgan bo’lishi kerak, degan fikirga kelishga asos bo’ladi.

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi bilan belgilangan. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir. Ishimizda ifoda etilgan barcha g’oyalar ana shu metodologik qoida atrofida rivojlanib boradi.

O’quvchilarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash ularda milliy g’urur, milliy ong va o’z-o’zini anglash, vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi. O’quvchida Vatanga nisbatan mehr-muhabbat g’oyalarini singdirish, millat o’tmishiga, uning qadriyatlariga bo’lgan hurmat hissini tarbiyalashdan kelib chiqadi. Ota-onani o’quvchiga, o’quvchini ota-onaga bo’lgan mehr-muhabbati Vatanga bo’lgan muhabbati bilan yo’g’rilgan bo’lishi kerak. Mustaqillik sharoitida oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga yangicha yondoshishning mohiyati ham ana shundadir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni mamlakatimizda oson kechayotgani yo’q. Ko’pgina oilalar ishlab chiqarish munosabatlarining bu yangicha shakliga turlicha yondoshmoqdalar. Ularning ayrimlari ishbilarmonlik va tijoratning mohiyatini to’la anglab yetmaganlari holda o’quvchilar tarbiyasida jiddiy xatolarga yo’l qo’ymoqdalar. Oqibatda oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyada salbiy holatlar paydo bo’lmoqda. Ularni bartaraf etish, bu holatlarni chuqurlashtirishga yo’l qo’ymaslik, buning uchun zaruriy tavsiyalarni ishlab chiqarish tarbiyaviy jarayonda zarur.

Har bir ota-ona o’z farzandi tarbiyasida, uni barkamol inson bo’lishida umuminsoniy ma’no va mazmunni ko’rmog’i lozim. O’quvchining axloqiy fazilatlari umuminsoniy tabiatga ega bo’lib, umumbashariy qadriyatga aylanishini anglab etgan ota-ona farzandlari tarbiyasidagi mas’uliyatni chuqur his qilmoqlari maqsadga muvofiqdir.

Yoshlarning milliy tiklanish yo’lidagi sa’y-harakati yuksak madaniyati, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining o’lchov mezoni bo’lib qoldi. Bu borada, albatta yoshlarga oiladagi tarbiya asosiy zamn bo’lib xizmat qiladi. Mana shu ma’noda oilada o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning tizimi, vosita va usullari, ta’sir yetuvchi omillar, imkoniyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy shart-sharoitlarni o’rganib tahlil qilish jarayonida qator ichki va tashqi omillar aniqlandi.

Bular quyidagilardan iborat:

- oilada oat-onaning obro’yi va e’tiborini yuqori darajada bo’lishi;

- oilada oilaviy muammolar va o’quvchi tarbiyasi masalasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi;

- ota-ona va farzandlar o’z burchlarini to’g’ri anglashlari;

- oilada ota yetakchilik vazifasini talab doirasida o’tashi;

- ona-mehribon, yaxshi tarbiyachi, vafoli yor, mehru shavqatli, o’tkir farosatli, tejamkor, yaxshi pazanda va nihoyat dilbar ayol bo’lishi;

- oilada milliy va islomiy qadriyatlarga to’la amal qilishi;

- milliy urf-odatlar, marosimlardan o’quvchilarni doimo ogoh qilib borish va aynan shu ruhda farzandlarni tarbiyalash;

- oilaning mahalla, qo’ni-qo’shnilar va maktab bilan yaqin aloqada bo’lishi;

- oilada muomala munosabatining to’g’ri yo’lga qo’yilishi va boshqa shunga o’xshash omillar nazarda tutilgan.



Xulosa qilib aytish mumkinki, oilaviy ta’lim-tarbiya jarayonida bu masalani hal qilish ota-onalarning ma’naviy, mafkuraviy, axloqiy tarbiyalanganligiga, hamda mana shu jihatlardan ularni o’zlarining tarbiyalanganligi darajaariga bog’liq. Shunday ekan, oila ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy instituti sifatida komil insonni etishtirib jamiyatga yetkazish uchun jamiyatning diqqat e’tiboriga muhtojdir va jamiyatning boshqa ta’lim-tarbiya institutlari bilan birgalikda oilaga ta’lim-tarbiyaning zamonaviy texnikasi va texnologiyasi bilan ta’minlashlari zarurdir. Ota-onalarni tegishli adabiyotlar bilan ta’min etish maqsadga muvofiqdir.

Bu tadbiriy ishlar har bir mahalla qo’mitasi tashkilotlari qoshida ota-onalar uchun maxsus kutubxonalarni tashkil etish, ota-onalarni ma’naviy-axloqiy bilimlari, malaka va ko’nikmalarini oshirish uchun tarbiya universitetlarini tashkil yetib unda ota-onalarni keng ma’noda jalb etishlik yo’li bilan amalga oshirilishi zarur.


Download 94.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling