3.Iqirozli vaziyat bo’limi ko’p profilli kasalxonalarda va suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaktsiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaktsiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi masalalarini echish uchun mo’ljallangan.
Bunda bo’limning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
-suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaktsiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaktsiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi;
-aholiga psixoterapevtik, tibbiy-psixologik va ijtimoiy yordamni tashkil qilish;
-og’ir klinik holatlarda differentsial-diagnostik choralar ko’rish;
-bemorlar uchun psixoterapevtik bo’lim tashkil qilish.
Suitsidal xulq-atvor profilaktikasi tuzilishi
Birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali profilaktika qilishni bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki bo’g’in jamiyatga yo’naltirilgan bo’lib, suitsidal xavf omillarini profilaktika qilish maqsadini o’z ichiga oladi. Ikkinchi bo’g’in bevosita suitsidentga yordamni o’z ichiga oladi. Uchinchi profilaktika – bu suitsidentning tanqidiy holatdan chiqqandan keyingi reabilitatsiyasi, shuningdek, suitsidentning suitsidal xavf guruhidagi yaqinlari va qarindoshlariga yordam hisoblanadi.
Tibbiy yordam koʻrsatish:
-bolalar shifokorlarining maktab oʻquvchilarini muntazam ravishda normal xulq-atvor, psixofiziologik, nevrogen xarakterdagi nuqsonlarni diagnostika qilish maqsadida dispanser koʻrigidan oʻtkazib turishi;
-oʻsmirlarni jinsiy identifikatsiya muammolarini hal qilish boʻyicha bilim berish.
Psixologik yordam tashkil qilish:
-oʻsmirlarning psixologik oʻziga xosliklarini, hayot va tarbiyasi, oʻqishga munosabati, kasbiy yoʻnalganlik, emotsional rivojlanish xususiyatlarini oʻrganish;
-oilaviy tarbiya muammolarining yuzaga chiqishi, ularni hal qilishda bolaga yordam berish maqsadida psixologik maslahatlar berish;
-xavf guruhidagi bolalar, oʻsmirlar va ularning oilalarini oʻz joniga qasd qilishdan ogohlantirish, individual va guruhiy psixologik korreksiya qilish maqsadida kuzatish;
-tanlangan profilaktika va psixokorreksiya vositalari samaradorligi tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |