O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti filologiya va tillarni o`qitish: O`zbek tili ta`lim yo`nalishi


Download 1.95 Mb.
bet4/8
Sana07.11.2020
Hajmi1.95 Mb.
#141954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmonov S. Kurs ishi


Lison ut-tayr (ma`joziy doston)
II.1. Allegoriya–ramzning bir koʻrinishi boʻlib, voqea-hodisa yoki narsa-buyumning mavhum tushunchasi oʻrnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy soʻz (obraz)ni qoʻllash, yaʻni adabiy asarda oʻquvchiga noaniq boʻlgan tushunchani koʻpchilikka maʻlum boʻlgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usuli.

Allegoriya (yun. allegoria – o‘zgacha ifodalash, kinoya, qochirim) – badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushun-cha yoki g‘oyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash. Mac, "to‘ti" so‘zining "gapdon", "bulbul" so‘zining "yaxshi qo‘shiq aytuvchi" ma’no ifodalari bo‘lsa, "bo‘ri", "tulki" so‘zlaridan "yomonlik", "yovuzlik", "ayyorlik"ni ifo-dalovchi salbiy ma’nolarda foydala-niladi. So‘z bilan obraz o‘rtasidagi aloqa o‘xshashlik yoki uyg‘unlikka asoslanadi (mas, qalb–sevgi). Sharq adabiyoti, o‘rta asrlar (Uyg‘onish davri) G‘arb adabiyotida barokko, klassitsizm ruhidagi san’atda Allegoriya vositasida yaratilgan obrazlar ko‘plab uchraydi (mas, adliya sohasida "adolat" tarozu ko‘tarib turgan ayol shaklida ifo-dalanadi). Allegoriya masal va ertaklarning ayrim tur-larida keng qo‘llaniladi.

Misol: tulki–ayyor va aldamchi kishi, boʻri–ochkoʻz, chumoli–zahmatkash kishi va hok.

Badiiy adabiyotdagi koʻpchilik majoziy obrazlar folklordan, asosan, hayvonlar xaqidagi ertaklardan olingan (boʻri–ochkoʻzlik, tulki–ayyorlik timsoli kabi). Majoz turli janrlarda, ayniqsa, masal, ramz, rivoyat, hajv, parabola va boshqalarda keng qoʻllanadi. Shu bilan birga, u realistik yoʻnalishdagi yozuvchilar (Pushkin, Gogol.Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov va boshqalar) ijodida ham uchraydi. Oʻzbek adabiyotidaHamza, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Gʻayratiy, keyinchalik Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabilar ijodida Majozning turli namunalari mavjud.

Tasviriy sanʼatda Majoz baʼzi mavhum maʼno va tushunchalarni aniq va tasavvur eta oladigan qiyofa, shakllarda tasvirlashni anglatadi. Mas, adolatparvarlik – qoʻlida tarozu kutarib turgan kuzi bogʻliq ayol; goʻzallik va nafosat – maʼbuda Afrodita qiyofasida namoyon boʻladi. Majoz tasviri uning nima maʼno yoki tushunchaga qiyos etilayotganini tushuntiradigan unsurlar bilan ifodalanadi. Jumladan, sanʼat Majoz i boʻlgan Apollonning qoʻlida arfa tasvirlangan. Majoz Yunon va Rim, Italiya Uygʻonish sanʼatida, shu sanʼat anʼanalarini davom ettirishda keng ishlatilgan. 19–20-asrlar realistik sanʼatida Majoz ijtimoiysiyosiy maʼnoga ega boʻldi. 20-asrda Majoz mahobatli haykaltaroshlik va rangtasvirda, shunin-gdek, plakat va siyosiy hajviy (karikatura) asarlarida keng tarqaldi.

Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi.

Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi:



Sichqonlar yig’ilishdi qoldirmayin iz,

Mushukvoydan yashirinib qildilar majlis.

Dedi rais: -Majlisda masala bitta,

Qolmadi hyech andisha mushuk surbetda.
Qutilish chorasin o’ylab ko’raylik,

Dunyoda u tursin, yo biz turaylik.

Qani, o’ylab topaylik bir chora,

Qachongacha yem bo’lar sichqon bechora...
Birisi unday dedi, birisi bunday,

Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday.

She’rday mag’rur kerilib turgan bir sichqon,

Mushukvoyga go’yo u qo’ygandek qopqon,
Dedi: - Mushuk chorasin men o’ylab topdim,

Aql farosat kerak bunday ishga, hmm..

Tadbir shu: kirib borib mushuk qo’yniga,

Ilmoq kerak qo’ng’iroq uning bo’yniga.
Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz,

Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz.

Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak,

Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak.
Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi?

Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi?

Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim?

Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim.
Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman,

Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.

  


Shundaylar bor maslahat berishga usta,

Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”.

II.2. Badiiy adabiyotdagi koʻpchilik majoziy obrazlar folklordan, asosan, hayvonlar xaqidagi ertaklardan olingan (boʻri–ochkoʻzlik, tulki–ayyorlik timsoli kabi). Majoz turli janrlarda, ayniqsa, masal, ramz, rivoyat, hajv, parabola va boshqalarda keng qoʻllanadi. Shu bilan birga, u realistik yoʻnalishdagi yozuvchilar (Pushkin, Gogol.Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov va boshqalar) ijodida ham uchraydi. Oʻzbek adabiyotidaHamza, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Gʻayratiy, keyinchalik Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabilar ijodida Majozning turli namunalari mavjud.

Shu ijodkorlar qatorida Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan “Lison ut-tayr”, Gulxaniy tomonidan yaratilgan “Zarbulmasal” asari ham allegoriyaning yorqin namunasidir. Quyida shu xususida ma`lumot berib o`tmoqchiman.
Zarbulmasal maqol, matal va ramzli hikoyalar asosida yaratilgan taʼlimiy hikoyalar. Bunday hikoyalar koʻpincha pand-nasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. Zarbulmasallarda majoziy maʼno, kinoya, razm yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllaniladi.
«Kalila va Dimna», «Marzbonnoma», «Sindbodnoma», «Qobusnoma», Saʼdiy Sheroziyning «Guliston»i, Muhammad Ali Habaliyning «Jome ut-tamsil» asari zarbulmasalga misol boʻladi. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari ushbu janrning mukammal namunalaridan biri hisoblanadi.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling