O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti filologiya va tillarni o`qitish: O`zbek tili ta`lim yo`nalishi


Download 1.95 Mb.
bet5/8
Sana07.11.2020
Hajmi1.95 Mb.
#141954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmonov S. Kurs ishi


Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxminan 18-asrning oxiri – Qoʻqon – 19-asrning 20-yillari) – oʻzbek mumtoz shoiri, oʻzbek adibi, masalnavis, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri Hayoti va ijodi haqida „Majmuai shoiron“ (Fazliy Namangoniy), „Tuhfat ul-axbob“ (Qori Rahmatulloh Vozeh), „Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron“ (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning „Koʻhiston mulkidan“ ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, oz vaqt hammomda oʻt yoquvchi – goʻlax vazifasida ishlagan (taxallusi shundan). Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda boʻlgan (1801–1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811) soʻng taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Oʻtli hajvlar yaratgan. Gulxaniy ijodi A.Qayumov, M. Salye, Fitrat, B. Karimov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qoʻshjonov, M. Qoʻshmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan oʻrganilgan.

„Zarbulmasal“ asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan samarali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan.

„Zarbulmasal“da „Kalila va Dimna“ da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. „Zarbulmasal“ ning bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud, ular OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan.

Boʻlajak yozuvchining bolaligi oʻzi olamga kelgan togʻ qishlogʻida oʻtadi. Bu yerda ozmi-koʻpmi oʻqib, savod chiqaradi, adabiyotga boʻlgan havasi ortadi. Sheʼriyatga oid koʻplab asarlar oʻqiydi, xalq ogʻzaki ijodini berilib oʻrganadi va asta-sekin sheʼriy mashqlari boshlanadi. U oʻz ilmini oshirish maqsadida avval Namangan, soʻngra Fargʻonaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy sheʼrlari bilan kishilar oʻrtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, gʻariblik turkumidagi ruboiy va toʻrtliklari bilan el ogʻziga tushadi. Shoir keyinchalik Qoʻqonga keladi va qiyinchilik bilan kun kechiradi. U oʻzbekcha sheʼrlariga Gulxaniy, tojikcha sheʼrlariga Jurvat deb taxallus qoʻyadi.

Gulxaniy bir necha yil Qoʻqon xoni Olimxon saroyida navkar boʻlib xizmat qilgan, janglarda qahramonlik koʻrsatgan boʻlsada, ammo ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi boʻlib qolaveradi.

Gulxaniyning “Ber menga” radifli sheʼri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. Gʻazal och qolgan kishining oʻz xoʻjayinidan non soʻrashi bilan boshlanib, lirik qahramon – navkarning qalb alamlari soʻnggi baytlarda izchil ochila boradi.

Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala – Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gap boradi. Gʻazalda lirik qahramonning qiyafasi umumlashma timsol darajasiga koʻtarilgan, chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor boʻlolmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon – navkar oʻz boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qoʻshindagi tartibsizlikni fosh qiladi. Oʻz huquqini yoqlash bilan boshqa navkarlarni ham ana shunday ish koʻrishga daʼvat etadi:

Hazratim, ochlikdan oʻldim, yegani non ber menga,

Kofir oʻlgʻayman agar desamki, bahmon ber menga.

Mosh-u bugʻdoy-u guruch berkim, shular menga kerak,

Hech aytmasman aqiq-u laʼl-u marjon ber menga.

Egnima yopiq berib, qornimni toʻygʻiz non bilan,

Senga bilo kim demasman din-u iymon ber menga.

Navkaring ochlikdan oʻlsa, nega hayfing kelmagay,

Ey tabibi hoziqim, dori-yu darmon ber menga.

Non-u toʻn ber, benavolik dardidan qutqar meni,

Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek qon ber menga…

Gulxaniyni er yigitlar toʻpidan kamsitmagil,

Foʻta ber, ot ber, toʻn-u chakmon ber menga.

Xalq zolim deb atagan Olimxondan keyin Qoʻqon taxtiga chiqqan Umarxon hukmronligi davrida ham Gulxaniy turmushida hech qanday oʻzgarish boʻlmadi.

Gulxaniy avval adashib, turmushim yaxshi boʻlarmikan, qornim nonga toʻyarmikan, degan oʻy-umidlar bilan Umarxon saroyidagi maddoh shoirlar guruhiga qoʻshiladi. Xonni maqtab qasida va gʻazallar yozadi. Qasidalarida Umarxonni koʻklarga koʻtarib maqtaydi, xonga unda boʻlmagan yaxshi xislatlarni taqadi, uni fuqaroparvar, adolatparvar, zulm va haqsizlikka xotima beruvchi kishi qilib tasvirlaydi va bu bilan xonni ana shunday ijobiy xislatlar egasi boʻlishga daʼvat etadi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, xon va uni oʻrab olgan arkoni davlat tayanchlari tomonidan xalq boshiga keltirilgan qora kunlar Gulxaniydek hassos shoirning saroy ahliga boʻlgan munosobatini oʻzgartirib yubordi: endi u baʼzan ixtiyoriy ravishda va baʼzan payrovlik qilib shohni taʼriflashdan chekinadigan boʻldi, oʻz eʼtirozlarini bildira boshladi.

Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmida vafot etdi. “Zarbulmasal” xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli oʻtkir hajviy asardir. Gulxaniy oʻzining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli soʻzlari va qochirimlaridan mohirlik bilan foydalandi. U hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yoʻli bilan oʻtkir hajv ostiga oladi. Chunki u mehnatkash xalqning ogʻir, mashaqqatli hayotini oʻz koʻzi bilan koʻrdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga boʻlishini payqadi va bunday salbiy ishlar uning koʻzini ochdi. Natijada unda saroy ahliga nisbatan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir, sharoitga koʻra, hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi “Zarbulmasal” asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni oʻrab olgan muhitga, hokim tabaqalarga boʻlgan munosobati toʻgʻridan toʻgʻri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga oʻxshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalandi. Shoir shu zaylda oʻzi yashagan zamon uchun aniq voqea-hodisalarni, ularga oʻzining munosabatini, qarashlarini tasvirladi.

Muallif oʻz masallarida majoziy qiyofalar orqali oʻsha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan oʻzaro urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.

Gulxaniy oʻz zamonida sodir boʻlgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yoʻli bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunardi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyoʻgʻli bir-biriga quda boʻlishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda toʻy bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Koʻrqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Shoʻranul, Malik shohim va Kordonlarning bir-birilariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning gʻoyaviy mazmunini ochadi.

Yapaloqqush va Boyoʻgʻli yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochkoʻz va qonxoʻr boʻri, aldamchi va shayton tulkilarga oʻxshaydi. Bularning oʻy-fikrlari, yurish-turishlari, shumlik, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishi ular uchun bayramdir.

Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulugʻladi, qoʻlingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi boʻlma, koʻr-koʻrona birovga taqlid qilib falokatga yoʻliqma, degan fikrni maymun qismati orqali koʻrsatadi.

Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy-foydali mehnat bilan shugʻullanishni har narsadan yuqori qoʻyadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini katta muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olgʻa suradi.

Mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir soʻz bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan boʻtaloq”da oʻziga xos badiiy taʼsirli qilib beriladi.

Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tutqun, erk-ixtiyorsiz, ogʻir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy timsolidir. Boʻtaloq esa ona sutiga ham toʻyolmay, ogʻir mashaqqatli hayot kechirgan, ochyalangʻochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.

Gulxaniyning “Toshbaqa va Chayon” masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda koʻp yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon doʻst timsoli. U oʻz hamrohi Chayonning suvdan oʻta olmasligini bilgach, unga yordam qoʻlini choʻzadi. Lekin Toshbaqa Chayonning xiyonatini – “sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi xoh doʻstning koʻksiga, xoh dushmanning orqasiga boʻlsin nish urishdir” degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga oʻxshagan odamlar bilan doʻst va hamroh boʻlmaslikka, kishi oʻzini va taqdirini oʻshanday kishilarga topshirib qoʻymaslikka chaqiradi.

Chayon butun umri boʻyi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir.

Gulxaniy shu zaylda hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida barakali hissa qoʻshgan qalamkashdir.

Xalq og`zaki ijodidan “Susambil” ertagini ham ma`jozning yorqin namunasi sifatida ko`rsatishimiz mumkin.

II.3. Chet el adabiyotida allegoriyaga murojat qilgan ijodkorlar asosan bolalar yozuvchilari bo`lib , bu bilan ular turli xil ramzlar vositasida jamiyatdagi illatlarni ochib berishga harakat qilishgan.

Masalan, Ezop, Krilov, Hans Kristian Andersen, aka-uka Grimmlar, Janni Rodarilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Janni Rodari



RODARI (Rodari) Janni (1920.23.10, Omenya — 1980.15.4) — italyan yozuvchisi. Qarshilik koʻrsatish harakati qatnashchisi. Ilk "Quvnoq sheʼrlar kitobi" (1951) toʻplami bolalar hayotiga bagʻishlangan. Yengil vaznli hajviy oʻynoqi sheʼrlari, nasriy asarlari folklor anʼanalari ruhida. "Chipollinoning boshidan kechirganlari" (1951) ertakqissasi ayniqsa mashhur.



Asar qahramonining afsonaviy mamlakatdagi gʻaroyib sarguzashtlari fantaziya va hajv unsurlari vositasida yoritilgan. "Fantaziya grammatikasi" (1973) kitobi muallifi. "Chipollinoning boshidan kechirganlari" (1955), "Salom bolalar" (1956), "Jelsomino yolgʻonchilar mamlakatida" (1962), "Telefonda aytilgan ertak" (1971) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling