O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti filologiya va tillarni o`qitish: O`zbek tili ta`lim yo`nalishi


Download 1.95 Mb.
bet8/8
Sana07.11.2020
Hajmi1.95 Mb.
#141954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduraxmonov S. Kurs ishi


Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi.

Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi:



Sichqonlar yig’ilishdi qoldirmayin iz,

Mushukvoydan yashirinib qildilar majlis.

Dedi rais: -Majlisda masala bitta,

Qolmadi hyech andisha mushuk surbetda.
Qutilish chorasin o’ylab ko’raylik,

Dunyoda u tursin, yo biz turaylik.

Qani, o’ylab topaylik bir chora,

Qachongacha yem bo’lar sichqon bechora...
Birisi unday dedi, birisi bunday,

Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday.

She’rday mag’rur kerilib turgan bir sichqon,

Mushukvoyga go’yo u qo’ygandek qopqon,
Dedi: - Mushuk chorasin men o’ylab topdim,

Aql farosat kerak bunday ishga, hmm..

Tadbir shu: kirib borib mushuk qo’yniga,

Ilmoq kerak qo’ng’iroq uning bo’yniga.
Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz,

Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz.

Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak,

Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak.
Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi?

Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi?

Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim?

Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim.
Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman,

Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.

  


Shundaylar bor maslahat berishga usta,

Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”.

Aytilganidek, ma`joziy va allegorik obrazlar o`rtasidagi o`xshashlik ikkalasida ham ramzlardan, ya`ni turli buyumlar, hayvonlardan foydalaniladi. Allegoriyaning ma`jozdan farqi unda simvollar orqali, asosan, jamiyatdagi illatlar kinoyaga olinadi. Buni dono xalqimiz “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” tarzidagi maqol bilan ifodalaydilar. Allegorik obrazlarda piching, kinoya qilib boshqa narsalar haqida gapirilsada, aslida tag ma`nosi boshqa bo`ladi.



III. Xulosa.

Allegoriya adabiy-badiiy usul yoki obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki mulohazani aniq bir obraz vositasida ifoda etish. Majozda 2 tushuncha orasidagi yaqinlikka asoslanib, yangi shartli ifoda yaratiladi. Maʼnaviy qadriyatlar (haqiqat, muhabbat, vijdon, imon kabi)ni anglatuvchi umumiy tushunchalar bilan birga maʼlum tipik hodisalar, harakterlar, mifologik personajlar, hatto aniq shaxslar ham Majoz oʻrnida kelishi mumkin. Majozning obrazli-predmetli va maʼ-noli kabi ikki tomoni mavjud boʻlib, maʼnoli tomon birlamchi, obrazli-predmetlisi ikkilamchidir. Chunki obrazda hamisha oldindan maʼlum boʻlgan fikr qayd etiladi. Shu tufayli ma-joziy obraz, oddiy badiiy obrazdan farqli ravishda, maxsus sharhni talab qiladi.



Majoz asarning badiiy-estetik qimmatini, taʼsir kuchini oshirishga xizmat qiladigan vositalardan. Sharq folklori va adabiyoti namunalarida Majozning turli shakllari koʻplab uchraydi. Ayniqsa, Jaloliddin Rumiy, Farididdin Attor, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil ijodida oʻta shartli majoziy va ramziy obrazlar mavjud boʻlib, ularning keng miqyosli mazmuni predmet obrazga sigʻmaydi. Koʻpmaʼnolilik va falsafiy teranlikka, umumbashariy gʻoyalar va masalalarga boylik hamda badiiy yuksaklik koʻplab mashh-ur asarlarda ana shunday majoziy obrazlar vositasida erishilgan. Oʻrta as-rlar adabiyoti va klassitsizm sanʼatida majoziy shakllar adolat, ezgulik va yovuzlik haqidagi gʻoyalarni mifologik obrazlar vositasida ifodalash uchun, 19-asr rus adabiyotida esa senzurani nazarda tutib ham qoʻllangan (mas, Saltikov-Shchedrin ertaklari va boshqalar). Manyerizm, barokko, xususan, romantizm estetikasida Majoz keng oʻrin egallagan. Yevropa adabiyoti va sanʼatiga qadimgi, didaktik harakterdagi Majoz yot boʻlib, bu yerda u, asosan, voqealikni estetik idrok etishning majoziy obrazli shakli, yaʼni adabiybadiiy usul sifatidagina foydalanilgan

Adabiyotlar:


1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 65-70-betlar.

2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 52-58-betlar.

3. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000, 17-19-betlar.

4. H.Umurov. Tahlil san’ati, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978, 73-138-betlar.

  


5. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.

6. Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. Mehrobdan chayon, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.
Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling