O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
yaSURXONDARYO TARIXI....... (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I Fanning mazmuni I.I Fanning dolzarbligi
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI – SURXONDARYO TARIXI FAN DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta‘lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar Ta‘lim yo‘nalishi: 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) Termiz – 2022 Surxondaryo tarixi fanidan o‘quv dasturi 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta‘lim yo‘nalishidagi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Termiz davlat universiteti ilmiy-metodik kengashining 2022 yil ___ avgustdagi ___ sonli bayonnomasiga asosan tasdiqlangan. O‘quv dasturi Termiz davlat universitetida tuzilgan Tuzuvchilar: Tursunov S.N. t.f.d. prof. Pardayev T.R., t.f.d. dots. Mallayev D., o‟qituvchi Raimov M., o‟qituvchi Taqrizchi: Qobilov E.A. t.f.d. prof. I Fanning mazmuni I.I Fanning dolzarbligi Xalqimiz bosib o‗tgan ko‗p ming yillik tarixni xolisona tarzda milliy istiqlol g‗oyalari asosida yoritish tarixshunoslik fanining bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi. O‗zbek xalqi va davlatchiligi tarixida Surxon vohasining ham alohida o‗rni mavjud. Chunki Surxon vohasi tarixi juda uzoq davrlarga borib taqaladigan qadim maskandir. O‗tmish tariximiz uchun nihoyatda muhim bo‗lgan arxeologik yodgorliklarning ham aksariyat qismi shu vohada joylashgan, qolaversa, voha hududi insoniyatning eng qadim ajdodlari makon tutgan zamin hamdir. O‗zbek davlatchiligining ilk tonglari ham shu zaminda qaror topgan qadim Baqtriya hududlari bilan chambarchas bog‗liqlikkasb etadi. Mamlakatimiz hududiga janubdan yov hamla qilgan davrlarda ham voha axli qalqon bo‗lgan. Yuksak falsafiy-axloqiy aqidalarga asoslangan zardushtiylik dini negizlarining yuzaga kela boshlagan ma‘naviy, ruhiy qadriyatlari shakllanishida ham vohaning munosib hissasi bor. Jahon fotixlaridan biri sanalgan Iskandar Zulqarnayn aholining jasorati va mardligiga qoyil qolgan. Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklari davrida voha axlining mahalliy madaniyati qadim ellin madaniyati bilan omuxtalashib, hatto unga ta‘sir o‗tkazgan qudratli Kushonlar saltanatining ravnaqi ham bevosita ana shu tabarruk zamin bilan chambarchas bog‗liq. Voha ahli o‗rta asrlar sharoitida ham mamlakatimiz tarixida, qolaversa, Sharq xalqlari tarixida muhim rol o‗ynadi. O‗rta asrlar mobaynida mintaqada shakllangan barcha davlatlar taraqqiyotida ana shu qadim maskanning munosib o‗rni mavjud. O‗rta asrlar davrida vohada yashagan ko‗plab allomalar diniy va dunyoviy bilimlar taraqqiyotiga o‗zlarining munosib ulushlarini qo‗shganlar. Insoniyat ma‘naviy xazinasini boyitgan islom dini ravnaqida ham zamin ilm ahlining o‗rni juda katta. Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotida ham Surxon vohasida joylashgan Boysun, Denov va Sherobod bekliklari muhim o‗rin tutgan. Mustabid Sovet tuzumi yillarida voha hududi ham kurashlar maydoniga aylandi. Hisobsiz qirg‗inlar, qatag‗onlarga qaramasdan voha ahli taraqqiyot sari intilib yashadi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida voha ahlining sabr matonati yana bir bor sinovdan o‗tdi. Urushdan keyingi tinch qurilish va tiklanish davrida sovet tuzumining zo‗ravonlik va byurokratik boshqarish tizimi ham voha ahlining bunyodkorlik salohiyatini jilovlay olmadi. Vatanimizning mustaqillikka erishuvi Surxon vohasini ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotida muhim o‗zgarishlar va yangilanishlar davrini boshlab berdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling