O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

La-Plata. Patagoniya. Bu o'lka tropik tekisliklardan janubda joylashgan 
o'lkaga Braziliya teritoriyasining bir qismi butun urugvay va Argentinaning
shimoliy-sharqda Atlantika okeani qirg'og'iga tushadi. G'arbda anchagina masofada
Kordilyera yon qirlari chegara bo'ladi. O'lka meridian yo'nalishdagi katta 
bukilmaning janubiy qismini egallagan va deyarli butun territoriyada Relyefi
tekislikdan iborat. Faqat janubda va janubiy sharqda platformaning qadimgi
asosning bir qismi yer yuzasiga chiqib sertepa qirlarni past tog'larni hosil qiladi. 
Pampa Atlantika okeani tomonidan esadigan havo massalari ta'sirida bo'ladi va
territoriyasining katta qismida sernam subtropik iqlimga ega, lekin sharqdan g'arbga
tomon miqdori sezilarli darajada kamayib boradi. Eng ko'p tarqalgan subtropik va 
o'rmon dasht o'simliklari o'rnini manaviy o'simliklari olgan chunki Pampa janubiy 
Amerika materigining aholi eng zich o'rnashgan hamda o'zlashtirgan rayonlari 
qatoriga kiradi . La-Plata janubda Pampaning yassi yuzasidan balandligi 1000 m 
dan ham oshmaydigan va kristal jinslardan tuzilgan yetilgan tog'lar ko'tarilib
turiladi. Bular umumiy nam bilan Pampa sverralari deb ataluvchi Serradela- 
Ventan, Serrade-Tantil tog'laridir. Butun o'lka uchun subtropik iqlim xos, lekin 
yog'in miqdori turli joyda turlicha territoriyaning katta qismida yog'in yil bo'yi bir 
tekisda taqsimlangan va deyarli hech qachon qurg'oqchilik bo'lmaydi. Ya'na
g'arbroqda esa yog'in yog'adi, yana g'arbda esa yog'in miqdori 500-300 mm ga 
tushib qoladi. Shu bilan birga janubi-g'arbda yog'inlar taqsimotida fasliylik vujudga
keladi, yil davomida yog'in miqdori juda noteks bo'ladi va yildan yilga ham keskin 
o'zgarib turadi. Bu g'arbiy rayonlar quruq Pampa deb ataladi. G'arbga tomon 
borgan sari yog'in miqdori kamayibgina qolmasdan iqlimning umumiy 
kontinentalligi ham oshib boradi. Butun o'lkada yoz juda issiq keladi shimoliy 
qismlarda eng issiq oyning o'rtacha harorati Q27 S Q23Q24 S . O'lkada sharqdan 
g'arbga tomon yillik yog'in miqdori kamayishiga mos ravishda tuproq o'simlik
qoplami ham o'zgaradi daraxtlardan va bambuklar ko'pchilikni tashkil etadi 
butalardan paragvay choyi tarqalgan. Hayvonot dunyosi kam saqlanib qolgan. 
Hayvonlardan tuyoqlar bilan daraxtlarning yirik qushlari ko'p bo'lgan hozirda
turli kemiruvchilar paydo bo'lgan quhlardan qizil g'oz qarqara loyxo'rak va 
boshqalar yashaydi.
Patagoniya deb janubiy Amerikaning Argintinaning joylashgan janubiy 
sharqiy qismiga aytiladi. Bu 40 janubiy kenglikda janubda joylashgan daryodagi 
yagona qirg'oqchilik o'lkadir. Patagoniyada qattiq bargli o'tlar tikanli butalar 
bilan qoplangan deyarli suv yo'q aholi juda siyrak bo'lgan bir hil plato ko'plab
kilometrlarga cho'zilgan. Patagoniya platosining qismi gorizantal yotgan yosh
cho'kindi jinslar qatlamlari va to'q rangli bazal lavalari bilan qoplagan. Bu jinslar 
yer yuzasiga yaqin joylashgan qadimgi fundamentni qoplab yotadi. Patagoniya 
qirg'oqlari okeanga balandligi 100 m yetadigan va undan ham ortiqroq bo'lgan tik 
jarliklar hosil qilib tushganda kamchilik uchun noqulay. Yer yuzasi okeandan 
uzoqlashgan sari ko'tarilib boradi va Patagoniyaning ayrim tog' massivlari 1500 m 
ga yetadi. Patagoniya platosi faqatgina sharqda tik tushmasdan g'arbda ham And 
tog'lari etagida joylashgan Andodli botig'iga ham tik tushadi. Bu botiqda muzlik 
ko'llari ko'p va yer yuzasida morena maxsulotlari uyulib yotadi. And tog'larning
tarmoqlari botiqni alohida alohida qismlarga bo'lib yurgan. Patagoniya platosining
iqlimi quruq. Bu kengliklarga yog'inni g'arbiy shamollar keltiradi lekin o'lkani bu


61 
shamollardan And tog'lari to'sib turadi And tog'lardan oshib o'tib issiydi va yog'in 
bermaydi. Iqlimning quruqligiga ikkinchi sabab janubiy Amerikaning janubiy
sharqiy qirg'oqlari yaqinidan o'tadigan sovuq folklend oqimidir. Yoz 
Patagoniyaning shamolida issiq janubida esa salqin keladi yanvarning o'rtacha 
harorati Q24 S o'simliklardan chalov betaga janubda mok lishayniklar o'sadi. 
O'lkada aholining qadimligi va uning xo'jalik jixatidan deyarli o'zlashtirilmaganligi
sababli ko'p yovvoyi hayvonlar yahshi saqlangan. Hozirgi vaqtgacha pumalar 
uchraydi qushlardan tuyaqush yirik kondorlar va kolibrilar uchrab turadi. 
Savol : 
1. 
Materikning o'lkalari orasidagi asosiy farqlar nimadan iborat? 
2. 
«Pampa» deb nimaga aytiladi? 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling