68
Ichki suvlar.
Materikning yillik suv oqimi 54003 km. Umumiy hajmiga ko'ra
Yevrosiyo va
janubiy Amerikadan keyin 3-o'rinda turadi. Materikning bosh suv ayirg'ichi uning
eng baland ko'tarilgan sharqiy chekkasidan o'tadi, oqimning 1G' 3 qismidan ko'prog'i
Atlantika
okeaniga, 1G' 6 qismi Xind okeaniga va bundan ham kam qismi O'rta
dengizga to'g'ri keladi. Materikda oqimning 1G' 3 qismi okean va dengizlarga yetib
kelmaydi va bu ichki xavzaga kiritiladi. Materikda
oqar suvlar juda noteks
taqsimlangan. Afrikada asosiy rolni yog'in suvlari tashkil etadi.
Nil daryosi : Materikda va yer yuzasida eng uzun daryo uzunligi 6671 km
xavzasining maydoni 2870 km2 . Bu daryo 2000 m2 balandlikdan boshlanadi.
Asosan sharqiy Afrika tog'laridan oqib chiqadi. Asosiy irmoqi Kagera daryosi. Nil
Viktoriya kulidan oqib chiqadi va Alberto ko'liga quyiladi. Shu masofada daryo tog'
orasidan o'tadi va ser ostona sharsharalar xosil qiladi, sharsharaning eng kattasi 40 m
balandlikdagi
Merchison sharsharasi tog' orasida Bahril jabol nomi bilan chiqib
daryo sekin oqa boshlaydi va o'zandan shahobchaga ajraladi. Shu qismda
daryo yirik
irmoq Bahriy g'azal va Sobat daryosiga quyiladi va
Oq nil nomini oladi. Hartum
shahri yaqinida Oq nil Ko'k nil bilan qo'shiladi va shu yerda Nil nomini oladi. Ko'k
nil Oq nilga nisbatan ancha qisqadir. Daryo delta xosil
qilishi bilan tugaydi va
deltaning maydoni 24000 km2 ni tashkil etadi. Daryoda doimiy ravishda suv bo'lib
turadi. Daryoga bir nechta to'g'on va suv omborlari qurilgan.
Kongo daryosi : Daryo Afrika daryolari ichida uzunligi jixatidan 2 chi o'rinda
turadi, lekin xavzasining maydoni va sersuvligi jixatdan 1 chi o'rinda, dunyoda 2 chi
o'rinda turadi. Lualobe Kongoning boshlanish qismi xisoblanadi. Daryoning uzunligi
4320 km, xavzasining maydoni esa 3,7 mln km2 Kongo daryosi dunyoda yagona
ekvatorni 2 marta kesib o'tuvchi oqimidagi o'zani 20 km gacha yetadi. Daryoda
32 ta sharsharalari bor. Daryo sohili buyi tekisligiga kengayadi va o'zan
chuqurligi
70 km gacha yetadi. Kuyulishda u tarmoqlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: