Organik dunyosi. Materikda halqlar. Materik tabiatiga inson ta'siri.
Materikning organik dunyosi o'ziga xilma- xilligi bilan farqlanadi.Afrika 3 ta
floristik oblastida joylashgan. Uning shimoliy qismi Sahroi Kabir bilan birgalikda
gallaktika oblastiga materikning ekvatoridan shimolda va janubdagi qismlari
poleotropik oblastga materikning chekka janubiy qismi Kapp oblastlariga bo'linadi.
Afrikaning shimoliy qismi florasi bilan (bir vaqtda tarkib topgan.) Janubiy Yevropa
va g'arbiy Osiyo florasi bir vaqtda bir vaqtda tarkib topgan. Paleotropik oblasti
ancha qalin bo'lib, uning tarkibida Avsraliya bilan bo'lgan aloqa o'z aksini topgan.
Yiliga 1500-2000 mm yogin yogadigan ekvatorial iqlim mintaqasida podzollashgan
va chirindiga boy bo'lgan materik tuproqlar tarqalgan. Bu joylarda sernam tropik
o'rmonlar rivojlangan. Bu o'rmonlarning balandligi 80 m ga yetadigan Fukus
daraxtlari,moyli palma, vino palmalari, bahaybat seyba,kola daraxti kabilar yuqori
yarusni tashkil qiladilar.
Mavsumiy nam o'rmonlar zonasi ekvatorial o'rmonlarda shimoliy xamda
janubiy qismda joylashgan bo'lib florasaning turligi bilan ajraladi. Bu zona o'simlik
dunyosi bir qancha yarusni xosil qilgan xolda keng maydonni egallab yotadi.
Materikning keng maydonini savanna va siyrak o'rmonlar zonasi tashkil qiladi.
Materikning keng maydonini savanna va siyrak o'rmonlar zonasi tashkil qiladi,
usimliklardan ko'proq palma daraxti va xar-xil joyda usadigan daraxt butalar xamda
o't o'simliklari keng tarkalgan. Afrika chala cho'l va cho'l zona uchun xarakterli
usimliklar endemik usimliklar xisoblanadi. Materikning shimoliy-garbi xamda
sohillarida tog' yon bag'irlarida doimiy yashil bargli butazorlar tarqalgan. Tuprog'i
jigarrang tuproq, materik janubidagi floristik oblastda Afrikaning qolgan butazorlar
va vereska gullilar oilasiga mansub o'simliklar ko'pdir. Madagaskar oroli florasi
Afrikadan farq qiladi, chunki bu orol materikdagi ancha ilgari ajralib ketgan. Orolda
endemik tur o'simliklarning 75 % tarqalgan. Orolda sernam tropik o'rmonlar savanna
va siyrak o'rmonlar va dasht o'simliklar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |