O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti
Download 0.8 Mb.
|
laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rudaning yanchilish darajasini aniqlash . Ishdan maqsad
Nazorat uchun savollar:
1. Maydalash deb nimaga aytiladi? 2. Maydalash darajasi nimani kо‘rsatadi? 3. Bо‘laklarning о‘rtacha diametrini aniqlash nima uchun zarur? 4. Bо‘laklarning chiziqli о‘lchamini aniqlash usullari. 5. Bо‘laklarning diametrini aniqlash usullari. Rudaning yanchilish darajasini aniqlash. Ishdan maqsad: Rudalarning qattiqligini va yanchuvchi apparatlarning tuzilishini о‘rganish. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar. Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash operatsiyasi hisoblanadi. Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm yiriklikkacha yanchiladi. Dastlabki va yanchilgan maxsulotlar tarkibidagi eng katta bо‘laklarning nisbati yanchish darajasi deb ataladi. Yanchish darajasi chiziqli (i=db/do) va hajmiy (i=vb/vo) yanchish darajalariga bо‘linadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlang‘ich va oxirgi о‘lcham va xajmni kо‘rsatadi. Amalda eng katta bо‘laklarning о‘lchami sepiluvchi maxsulot о‘tuvchi elak kо‘zining о‘lchami bilan belgilanadi. Bunda elak kо‘zining shakli dastlabki va yanchilish maxsuloti uchun bir xil bо‘lishi kerak (dumaloq, kvadrat, tо‘g‘ri tо‘rtburchak va x.k.). Rudali jismni kerakli о‘lchamgacha maydalash va yanchish ezilish, ishqalanish, zarba, kesilish va x.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. 1. Ezilish–jismni ikki tarafdan berilayotgan maydalovchi yuza orasida parchalanishi (2-rasm, a). 2. Uzilish–jismni maydalovchi yuza tig‘lari ta’sirida bо‘laklarga parchalanishi (2-rasm, b). 3. Ishqalanish–jismni bir–biriga qarama–qarshi harakatlanuvchi ikki maydalovchi yuza orasida parchalanishi (2- rasm, s). 4. Zarba–jismni qisqa ta’sir etuvchi dinamik kuch ta’sirida parchalanishi. Bunday parchalanishning ta’siri zarba kuchining kinetik energiyasiga bog‘liq. Zarba siqiq va erkin zarbaga bо‘linadi. Siqiq zarbada jism ikkita maydalovchi yuza orasida parchalanadi. (2-rasm, j). 5. Erkin zarbada jismning parchalanishi uni tegirmonning ishchi organi bilan yoki boshqa jism tо‘qnashuvi natijasida (2-rasm, z) yuz beradi. Sanoatda maydalash uchun “ezilish” prinsipi bо‘yicha ishlovchi jag‘li maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” bо‘yicha ishlovchi konusli maydalagichlar; yanchish uchun “siqiq zarba” prinsipi bо‘yicha ishlovchi sharli, tegirmonlar, “erkin zarba” prinsipi bо‘yicha ishlovchi о‘z–о‘zida yanchuvchi tegirmonlar va x.k.lar ishlatiladi. 2-rasm. Jismni kerakli о‘lchamgacha maydalash a) ezilish, b) uzilish, v) sindirish, g) kesish, ye) ishqalanish, j) siqiq zarba, z) erkin zarba Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling