O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti


Kerak bо‘ladigan mahsulot va dastgohlar


Download 0.8 Mb.
bet7/9
Sana10.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1087393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
laboratoriya

Kerak bо‘ladigan mahsulot va dastgohlar.
1 mm gacha yanchilgan ruda, tarozi toshlari bilan, quritish pechi, magnitli separator SEM-1. Magnitli separator SEM-1 kuchli magnitli minerallarni ajratish uchun qо‘llaniladi.

5-rasm. Trubali magnit separatori;
1-stanina; 2–shisha naycha; 3-sirpang‘ich; 4-g‘altak;
5-magnitli tutqich (dasta); 6-qabul qiluvchi idish.

Separator doimiy tokdan ta’minlanuvchi elektromagnit sistemadan iborat. Qutblar orasidagi tirqishda suv va boyitilayotgan namuna bilan tо‘ldirilgan shisha naycha о‘rnatilgan. Qutblar orasidagi masofani о‘zgartirish mumkin, о‘ramlardagi tok kuchi avtotransformator yordamida boshqariladi. Shisha naycha elektromator yordamida ilgarilama-qaytarma harakatga keltiriladi. Bunday harakat magnit qutblari orasida ushlanib qolgan magnit minerallarini nomagnit minerallardan yuvib ajratib olishga imkon beradi. Kerakli tok kuchini berib va qutblar orasidagi masofani о‘zgartirib separator magnit maydonining kuchlanganligini 0 da 100000 E gacha о‘zgartirish mumkin.


Berilishi mumkin bо‘lgan eng katta tok kuchi 2a.

Variantlar:


Ruda I-mayd. kuchlanganligi (E) 2000, 4000, 8000
Ruda II-mayd. kuchlanganligi (E) 1600, 5000, 7000
Ruda III-mayd. kuchlanganligi (E) 1000, 3000, 8000

Kerakli asbob va maxsulotlar:

1. Yanchilgan temir minerallardan biri:


2. Tarozi (toshlari bilan);
3. Voronka;
4. Filtrlovchi qog‘oz;
5. Quritish pechi;
6. Magnit separatori.
Ishni bajarish tartibi:
Shisha naycha qutblardan yuqori sathda suv bilan tо‘ldiriladi. Kutblar orasida minimal tirqish qoldiriladi. Tok ulanib ampermetr strelkasi 1ga о‘rnatiladi. Shisha naychaga 10-15 g о‘rganilaytgan ruda namunasi solinadi. Naychaning uzatmasi qisiladi. 1min dan keyin tirqishli naychadan suv o’tkaza boshlaymiz. Suvning satxi hamma vaqt qutblardan yuqori turish kerak. Namunaning magnit qismi yuvilib bо‘lgandan keyin magnit qismi ajratib olinadi va suv bilan yuviladi. Buning uchun magnitdagi va elektromotordagi tok uziladi. Naychadagi suyuqlik alohida idishga
solinadi. Naycha bir necha marta suv bilan yuviladi. Yuvindi suv ham idishga solinadi. Shunday qilib, magnitli fraksiyaning hammasi stakanda tо‘planadi. Magnitli fraksiya ustidagi suv quyib olinadi, magnitli fraksiya filtrlanadi, cho’kma quritiladi, tortiladi. Keyin tortib olingan og‘irlik va dastlabki og‘irlikdagi farqqa qarab namunaning magnit qismi foizlarda hisoblanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling