O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti
Tajriba natijalari va ularni o‘rganish uslubi
Download 0.8 Mb.
|
laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba o‘tkazish.
- Natriy volframatning suvli eritmadagi zichligi
- Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot tuzish.
- Laboratoriya ishini bajarishga ruxsat berish va unga tayyorlanish
- Laboratoriya ishini bajarish uchun nazorat savollari va hisobotining himoyasi.
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
3. Tajriba natijalari va ularni o‘rganish uslubi.
3.1. Asosiy materiallar, asboblar va uskunalar. - volfram konsentrati, - chini hovoncha 1 dona, - soda, - reaktor (aylantirgich bilan), - selitra, - shisha voronka 3 dona, - mufel pech 1 dona, - 500sm3 li stakan 3 dona, - suvli tegirmon 1 dona, - ariometr to‘plami, - texnik tarozi 1 dona Tajriba o‘tkazish. 50-100g konsentrat hamda kerakli miqdorda soda va selitra tarozida tortib olinadi. Sodaning miqdori borayotgan reyaksiyaning nazariy miqdoriga nisbatan ko‘proq olinadi (10 - 20%) WO3 + Na2CO3 = Na2WO4 + CO2 va uning miqdori quyidagi tenglama bilan topiladi. m- konsentrat miqdori, g; a- konsentratdagi WO3 ni qismi; m1- reaksiyaga kerak bo‘ladigan sodaning miqdori, g; n- sodaning ortgan qismi (1.1-1.2); 1. Selitra miqdori 100g konsentratga 2 g selitra olinadi. Hamma komponentlar suvli tegirmonda 25-30 minut aralashtiriladi. 2. Mufel pechida 850°S temperaturada 2 soat davomida kuydiriladi. Kuydirish idishi har 15 minutda aralashtirib turiladi. Keyin sovutilib, uni chini hovonchada maydalanadi va uni ishqorlash uchun yuboriladi. 3. Kuydirib maydalangan spekdan (kuydirilgan kuyindidan) texnik tarozida tortib olinadi va uni stakanga solib, ustiga Q:S = 1:4 nisbatda issiq suv quyiladi. Bu jarayon 40-50 minut davom etadi, 80-90°C temperaturada aralashtirilib turiladi. Undan so‘ng hosil bo‘lgan aralashma vakuum filtrda filtrlanadi. Cho‘kma 2 marta 25sm3 issiq suv bilan yuvib tashlanadi. Hosil bo‘lgan filtrat va sovutilgan suv qo‘shilib, eritmani zichligini ariometr bilan aniqlanadi va birinchi jadvaldan foydalanib volframning miqdori aniqlanadi. Jadval №1 Natriy volframatning suvli eritmadagi zichligi
Soda miqdorining o‘zgarishiga karab volframit konsentratning parchalanish darajasini o‘zgarishi (tajriba sharoiti: soat; selitra g, konsentrat miqdori M g, ishqorlash vaqti min) 2-jadvalda ko‘rsatiladi. Jadval №2
Volframitni kuydirish vaqtiga qarab o‘zgarish darajasi (tajriba sharoiti: soat; selitra g, konsentrat og‘irligi g, soda miqdori %). Jadval №3
Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot tuzish. Laboratoriya ishidan tuzilgan hisobot quyidagicha bo‘lishi shart. - Ishni bajarish uchun berilgan vazifa (tarkib, konsentratning og‘irligi, tortib olingan miqdor soni, tajribani olib borish parametrlari); - Tajriba bajarishning qisqacha mazmuni; - Tajriba natijalari (jadval №1,2,3); - Tajriba natijalarinin grafik tasviri; - Laboratoriya ishidan kelib chiqadigan xulosalar. Laboratoriya ishini bajarishga ruxsat berish va unga tayyorlanish Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik mashg‘ulot boshlanmasdan amalga oshiriladi va u Kamyob metallar metallurgiyasi fanini va Volfram konsentratini soda bilan parchalashdan iborat bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishini bajarish uchun nazorat savollari va hisobotining himoyasi. Asosiy materiallar, asboblar, kimyoviy idishlar; Ishni bajarish ketma-ketligi; Tajriba olib borish shartlari; Laboratoriya ishini bajarishda qanday parametrlarni o‘lchab borish kerakligi; Kimyoviy reagentlar, elektr isitgichlar, tarozilar va boshqalarni ishlatish qoidalariga rioya qilish; Volfram konsentratlariga xarakteristika; Volfram konsentratlarini parchalash usullari; Kuydirish rejim iva speklarni ishqorlash; Ishning ilmiy maqsadi; Ishlash davomida olingan natijalar va qanday bog‘lanishlar tuzilganligi haqida; Xulosa Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Umarova I.K. Foydali kazilmalarni boyitishga tayyorlash jarayonlari. Ma’ruzalar matni. ToshdTU, 2000. 2. I.K. Umarova Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash. Ma’ruzalar matni, ToshdTU, 2000. 3. I.K. Umarova Rudalarni boyitish. Ma’ruzalar matni, ToshdTU, 2000. 4. Mitrafanov S.I., Barskiy L.A., Samigin V.D. Issledovaniye poleznix iskopayemix na obogatimost. M.: Nedra, 1984. 5. Polkin S.I., Adamov E.V. Obogasheniye rud svetnix i redkix metallov. M.:Nedra, 1989. 44 6. Sidenko P.M. Izmelcheniye v ximicheskoy promishlennosti, M.: Ximiya, 1985. 7. Zverevich V.V., Perov V.A. Osnovi obogasheniya poleznix iskopayemix, M.: Nedra, 1991. 8. Kelina I.M. Obogasheniye rud. M.: Nedra, 1992. 9. Zelenov V.I. Metodika issledovaniya zolotosoderjashix rud. M.: Nedra, 1989. 10. Bogdanova O.S. Teoriya i texnologiya flotatsii rud. Pod obshey red. M.: Nedra, 1992 Mundarija 1–LABORATORIYA ISHI. Volfram elementi saqlovchi minerallarni maydalash.... 2–LABORATORIYA ISHI. Ruda bo‘laklarining o‘rtacha diametrini aniqlash......... 3–LABORATORIYA ISHI. Rudaning yanchilish darajasini aniqlash....................... 4–LABORATORIYA ISHI. Maydalangan volfram mineraliga soda qo‘shib qizdarish va keyin suv ta’sir ettirib Na2WO4 ni eritmaga o‘tkazish……………….. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling