O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti


Download 0.8 Mb.
bet8/9
Sana10.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1087393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
laboratoriya

Olingan natijani hisoblash:
Misol: dastlabki namunaning og‘irligi 8 g. Tajriba natijasida 2g magnitli mahsulot olindi. Namunadagi magnitli mahsulot miqdori: 2*100/8=25%
Nazorat uchun savollar:
1. Minerallarning magnit xususiyatiga qarab tasnifi.
2. Magnit maydonining kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?
3. Magnit seperatorlarining turlari.
4. Magnit usulida boyitishning ishlatish soxalari.
5. Magnit analizatori SEM-1 ning tuzilishi va ishlash prinsipi.
6. Konsentratning chiqishi qanday hisoblanadi?


  1. Mavzu: Maydalangan volfram mineraliga soda qo‘shib qizdirish va keyin suv ta'sir ettirib Na2WO4 ni eritmaga o‘tkazish

1. Ishning maqsadi: Soda bilan volframit konsentratini pishirish jarayonida parchalanish darajasiga soda miqdorining o‘zgarishini va tajriba o‘tkazish yo‘llarini o‘rganishdan iborat.

  1. Jarayonning maqsadi va xom-ashyo haqida qisqacha ma’lumot.

Volframit (Fe, Mn)WO4 – volfram olish uchun ikkilamchi asosiy xom ashyo bo‘lib, u temir va marganets volframitini izamorf aralashmasini tashkil qiladi. Toza volframitning tarkibida 76,3 – 76,6% WO3 dan iborat bo‘lib, ruda konsentratlarida WO3 ning miqdori 50-70% gacha bo‘ladi. Konsentratlarning asosiy chiqindilari kremnezem, pirit, kiseterit, molibden sulfidi, mishyak va boshqalarni tashkil qiladi. Sanoatda konsentratni bir necha qayta ishlab chiqarish usullari qo‘llaniladi. U yoki bu usulni qo‘llash xom ashyo turiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha texnoligik usullarda W konsentratini qayta ishlashda quyidagi bosqichlarni amalga oshiriladi.

  1. Konsentratni parchalash.

  2. Texnik W kislotasini olish.

  3. Olingan W kislotasini chiqindilardan tozalash va asosiy mahsulotni olish.

Konsentratni parchalashdan maqsad qiyin eriydigan holatdan (FeWO4) suvda oson suyuqlanadigan (Na2WO4) holatiga o‘tkazish, ya’ni ishqoriy usul – soda yordamida suyuqlantirish yoki kuydirish, sodani suvli eritmasi bilan avtoklavda qayta ishlash yoki volframitni (Fe, Mn)WO4 formasidan H2WO4 formasiga o‘tkazish usuli (kislotali parchalash) dan foydalaniladi.
Sanoatda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul volfram konsentratini soda ishtirokida kuydirish va uni suv bilan ishqorlash usulidir. Bu usul qo‘llanilganda suvda eriydigan (Na2SiO3, Na3PO4, Na3AsO4, Na2MoO4) va erimaydigan temir va marganets birikmalari hosil bo‘ladi.

2FeWO4 + 2Na2CO3 + 1/2O2 = 2Na2WO4 + Fe2O3 + 2CO2


3MnWO4 + 3Na2CO3 + 1/2O2 = 3Na2WO4 + Mn3O4 + 3CO2

Kuydirish jarayoni 800-900oS da olib boriladi.


Shixtaga Fe va Mn ni oksidlanish jarayonini tezlashtirish uchun unga 1-4% miqdorida selitra qo‘shiladi.
Soda ishtirokida kuydirilgan konsentratni suv bilan ishkorlash natijasida eritmaga Na volframat bilan birga natriy silikat, arsenat va natriy fosfat, nartiy sulfat va sodaning suvli eritmalari ham bo‘ladi. Cho‘kmada esa temir va marganets oksidlari hamda konsentratni erimay qolgan qismi bo‘ladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling