O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti


Mavzu: Volfram elementini saqlovchi minerallarni maydalash


Download 0.8 Mb.
bet2/9
Sana10.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1087393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
laboratoriya

Mavzu: Volfram elementini saqlovchi minerallarni maydalash.

Volfram ishlab chiqarish haqida qisqacha ma’lumot.
Volfram va Mo 1781-1787 yillarda shved kimyogari K.Sheyele topgan, volframni inglizlar “tungsten” – og‘ir tosh deb ataydi. Ruda: Katta konlarda 0,14 – 0,15 % W Kichik konlarda 0,4 – 0,5 % W Minerallari: Sheyelit – CaWO4 oq, kulrang, og‘ir mineral, zichligi ρ = 5,9 – 6,1 g/sm³, magnitlanmaydi.


Rangi qora-qo‘ng‘ir, og‘ir p= 7,1 – 7,9 g/sm3 kuchsiz magnitlanadi. WS2 - tungenstenit, Volfram disulfid. WS2flotatsion usulda boyitiladi; CaWO4 - gravitatsion usulda boyitiladi va ba’zan yog‘ kislotalari bilan flotatsion usulda ham boyitiladi; FeWO4 Magnitli seperatsiya usulida boyitiladi. MnWO4 Boyitmada 40-65% WO3 bo‘ladi. Uni tarkibidan toza volfran trioksidni ajratib olish uchun bir necha usullarda ishlov beriladi.


I usul: Ko‘machlash (спекание) qizdirib pishirish; 2CaWO4 + 2Na2CO3 + SiO2 = 2Na2WO4 + Ca2SiO4 + 2CO2
2FeWO4 + 2Na2CO3 + 0,5O2 = 2Na2WO4 + Fe2O3 + 2CO2
Ko‘machlash jarayoni 800-900 ͦC da quvur-aylanmali pechda yoki barabanli pechda amalga oshiriladi. Uzunligi 20 m, tashqi diametri 2,2 m, aylanish tezligi 0,4 aylana/min, qiyalik burchagi 3 ͦ, ishlab chiqarish unumdorligi 25 t/sutka.



II usul: O‘zbekistonda avtoklavlarda 200-225 ͦC da va 2,5 MPa bosimda Na2CO3 eritmasi bilan tanlab eritiladi.

Kimyoviy reaksiyasi:
Na2CO3 + CaWO4 = Na2WO4 + CaCO3
Olingan mahsulot oddiy tanlab eritiladi, so‘ng eritma tozalanadi. Tozaroq eritmaga HCl yoki HNO3 qo‘shiladi.
Na2WO3 + 2HCl = H2WO4↓ + 2NaCl
H2WO4 + 2NH4OH = (NH4)2WO4 + H2O
Sovitilib kristallanadi, shunda ammoniy paravolframat (yoki qo‘shvolframat) kristali cho‘kmaga tushadi. Keyin uni ajratib olib qizdiriladi, suvsizlantiriladi: 5(NH4)2O · 12WO3 · 5H2O
12WO3 + 10NH3 + 10H2O
Hosil bo‘lgan volfram trioksid (WO3) ni agar toza W kukuni kerak bo‘sa H2 bilan tiklanadi (vodorodotermiya), agar volfram karbidi (WC) kerak bo‘lsa uglerod bilan tiklanadi:
WO3 + 3H2 = W + 3H2O (vodorodotermiya)
WO3 + 4C = WC + 3CO (karbotermiya)




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling